S-500 kosmosda gipertovushli qurollarni yakson qilishi mumkin - Rossiya Havo-kosmik kuchlari

© Sputnik / Aleksey Malgavko / Mediabankka o‘tishKompleks PVO
Kompleks PVO - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
S-500 “Prometey” kosmosda gipertovushli qurollarni yo‘q qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi - Havo-kosmik kuchlar bosh qumondoni Sergey Surovikin.

TOShKENT, 3-iyul - Sputnik. S-500 “Prometey” Yerga yaqin fazoda gipertovushli qurollarni yo‘q qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi, dedi Havo-kosmik kuchlar (VKS) bosh qumondoni Sergey Surovikin “Krasnaya Zvezda” nashriga bergan intervyusida.

Avvalroq, S-500 Yerdan yuzlab kilometr masofadagi nishonni yakson qilish imkoniyatiga ega ekanligini ishlab chiqaruvchi – “Almaz-Antey” konserni bosh konstruktori Pavel Sozinov ma’lum qilgan.

Surovikinning so‘zlariga ko‘ra, S-500ni texnik xususiyatlari, uni kosmosdagi mudofaa tizimlarining birinchi avlodiga qo‘shish imkonini beradi.

“S-500 zenit raketa tizimi tarkibiga kiritilgan hususiyatlar aerodinamik va ballistik nishonlardan tashqari barcha modifikatsiyadagi gipertovushli qurollarni, shu jumladan yaqin kosmosda ham yo‘q qilishga imkonini beradi”, - dedi bosh qo‘mondon.

Shuningdek, u ushbu tizimning analoglari umuman mavjud emasligiga ishonch bildirdi.

S-500 “Prometey” (OKR “Triumfator-M”) zenit-raketa tizimlarining yangi avlodiga kiradi. Bu raketaga qarshi mudofaaning kuchaytirilgan qobiliyati uzoq masofalarda harakatlanuvchi va balandliklarda tutish imkoniyatiga ega universal kompleksdir. Ushbu istiqbolli tizim nafaqat ballistik, balki aerodinamik nishonlarni (samolyot va vertolotlar) va qanotli raketalarini ham yo‘q qilishga qodir.

Yangiliklar lentasi
0