Popular Mechanics Rossiyaga kosmosdan zarba berish imkonini o‘rgandi

© Sputnik / Sergey Mamontov / Mediabankka o‘tishNatsionalniy muzey vozduxoplavaniya i astronavtiki v Vashingtone
Natsionalniy muzey vozduxoplavaniya i astronavtiki v Vashingtone - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.05.2021
Obuna bo‘lish
X-37B - kosmik samolyot Rossiyaga Janubiy yarim shar tomonidan yaqinlashib kelib shimolda joylashgan uzoq masofadan aniqlash radarlariga zarba berishi mumkin.
TOShKENT, 27-may — Sputnik. Amerikaning uchuvchisiz boshqariladigan kichik kosmik kemasi X-37B Rossiyaga kosmosdan turib zarba berish imkoniga ega, deb yozadi Popular Mechanics muallifi Kayl Mizokami.
Yer orbitasida parvoz qiluvchi samolyot X-37B hozircha faqat bir modifikatsiyaga ega va u yadroviy qurol tashishga mo‘ljallanmagan, lekin uning bortiga uchtagacha termoyadroviy jangovar bosh W80 o‘rnatilishi mumkin.
Natsionalniy muzey vozduxoplavaniya i astronavtiki v Vashingtone - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.05.2021
NATO minglab raketa va jangovar sputniklar tayyorladi – Rossiya nima bilan javob beradi?
“X-37Bning yadroviy qurol tashuvchisi sifatida foydalanishning yagona uslubi bor – kosmik bombardirovkachi Rossiyaga radioelektron razvedka qurollariga sezdirmasdan yaqin kelish imkonini beradigan orbital yo‘nalish tanlashi kerak”, - deb yozadi Mizokami.
Masalan u Rossiyaga Janubiy yarim shar tomonidan yaqinlashib kelib shimolda joylashgan uzoq masofadan aniqlash radarlariga zarba berishi mumkin. Shundan so‘ng oddiy bombardimonchilar Rossiyaga shimoli orqali kirib kelib kuchli zarba berishi mumkin. Lekin kichik-shattlni payqash ehtimoli baribir yuqori.
“Ruslar yaqinlashib kelayotgan kosmik apparatni baribir oldindan ko‘rish imkoniga ega. AQSh tomonidan Rossiyaga sezdirmasdan zarba berishning va javobdan qutilib qolishning iloji yo‘q. Hech qanday gipotetik kosmolot buning uddasidan chiqa olmaydi. X-37B kichik shatllining strategik qadriyati yo‘q”, - degan xulosaga kelgan muallif.
Eslatib o‘tamiz, bir necha kun oldin "Almaz-Antey" rahbari Yan Novikov amerikaning X-37 kosmik apparatlari oltitagacha yadroviy jangovar bosh tashishi mumkin va yadroviy zarba berish uchun foydalanilishi mumkin degan xulosaga kelgan edi.
Yangiliklar lentasi
0