Toliblarni Afg‘onistondagi ichki va tashqi hokimiyati: MO davlatlari nega hushor bo‘lsin

Tinchlik tarafdori ekanliklari haqidagi va’dalarga qaramay, Afg‘onistonning yangi hukumati Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarida ishonch uyg‘ota olmayapti, Afg‘oniston Islom Respublikasidan kelayotgan xabarlar esa dahshat va xavotirlarga sabab bo‘lmoqda.
Sputnik
Mujohidlar tomonidan Pokiston maxsus xizmati rahnamoligida tashkil topgan va allaqanday arab jamg‘armalari mablag‘lariga qurollangan "Tolibon"* harakati Rossiya va uning mintaqaviy ittifoqchilarining mafkuraviy, harbiy va konseptual raqibi edi va bundan keyin ham shunday bo‘lib qoladi. Shu bilan birga "begona” toliblar Afg‘onistonning 40 millionli aholisini katta qismini qarashlari, manfaatlari va irodasini ifoda etmay, 80 ta millat va elatlardan tashkil topgan afg‘on xalqini urush va zo‘ravonlikka mahkum etmoqda.
Afg‘onistonda shariat qonuni o‘rnatilishi MO mamlakatlari uchun xavfli - ekspert
Avgust oyida "Tolibon"* Afg‘onistonning qariyb barcha hududlarida hokimiyatni qo‘lga oldi, harakat "ciyosiy ofisi" Doha shahridan Qandahorga ko‘chib o‘tdi, va hatto afg‘on xalqining yorqin kelajagi haqidagi siyosiy dasturi ham e’lon qilindi – mamlakat o‘z kelajagini narkotiklarsiz va AQShning harbiy aralashuvisiz tasavvur qilmoqda.
Ammo bu BMT, jahon davlatlari va afg‘on xalqining aksariyati uchun tashkilotning terrorchilik mohiyatini o‘zgartirgan emas. Toliblarning "yangi tartiboti" Afg‘oniston aholisiga yillar davomida cho‘ziladigan keskin repressiyalarni, Markaziy Osiyo davlatlariga esa - uzoq muddatli harbiy-siyosiy silkinishlarni kafolatlaydi.
"Yaxshi toliblar" degan tushuncha yo‘q va jangarilar har kuni o‘z harakatlari bilan buni isbotlashmoqda – jumladan, ular bolalar attraksionlariga o‘t qo‘ymoqda, Afg‘onistonning Nangarhor va Kunar viloyatlarida Milliy bayroq sharafiga o‘tkazilgan mitinglarni o‘qqa tutmoqda, "xulq-atvor" qoidalarini buzgan ayollarni o‘ldirmoqda, Hirot, Jalolobod va Qobul shaharlarida jurnalistlarni kaltaklamoqda, maxsus skanerlar yordamida o‘zlarining siyosiy raqiblari, ya’ni amaldorlar va harbiylarni izlab, qo‘lga olmoqda, shuningdek, "dushmanlar ro‘yxatiga" tushgan shaxslarning qarindoshlarini asir olib, o‘ldirmoqda.
Zas: toliblarning Afg‘oniston hokimiyati tepasiga kelishi MOdagi vaziyatga ta’sir qiladi
Bir vaqtning o‘zida toliblar tashqi dunyo uchun o‘zlarini siyosiy jihatdan to‘g‘ri hukumat sifatida ko‘rsatib, xalqaro tashkilotlardan Afg‘onistonni tiklashga yordam so‘ramoqda.
Hozircha faqat so‘rashmoqda, biroq talab qilishlari yoki (amalda) Qobul aeroportidagi bir necha ming asir olinganlarga alishishlari ham mumkin. Amerikaliklar sanoqli kunlarda o‘n sakkiz ming afg‘on muhojirlarini samolyotlar olib chiqib ketishga muvaffaq bo‘ldilar, ammo bu son "amirlikdan" uchib ketish niyatida bo‘lganlar uchun “dengizdan bir tomchi”day gap. Pentagon soatiga bitta aviaqatnovni amalga oshirish qudratiga ega, raqamlarda bu sutkasiga to‘qqiz ming odamni chiqarib ketish degani.
AQSh Qobuldan ko‘tarilgan samolyot shassisida odam qoldiqlari aniqlanganini tasdiqladi
Boeing C-17 Globemaster harbiy samolyoti uch yuz kishiga mo‘ljallangan, lekin bortiga olti yuz kishini ham sig‘dira oladi. Biroq, muhojirlarning hammasi ham Qobul aeroportigacha yetib borishi mushkul, sababi "Tolibon"* nazorat punktlarida"vatanparvar bo‘lmagan" shaxslarni to‘xtatib, kaltaklamoqda.
AQShning bir nechta "Super Hornet" qiruvchi samolyotlari "Ronald Reagan" (Arab dengizi) aviatashuvchisi bortidan turib Afg‘oniston poytaxti ustida transport oqimlarini pana qilmoqda, shunday bo‘lsa-da, AQSh harbiy-havo kuchlari yerda hech qanday ta’sir o‘tkaza olmayapti. Ammo, kelajakda Qobul osmonida Amerika va toliblar aviatsiyasi o‘rtasida havo janglari ro‘y berishi ehtimoli yo‘q emas.

Qarama-qarshilik salohiyati

Hamma ham qochmayapti. Panjsher viloyati navbatdagi bor afg‘on Vandeyasiga aylandi.
Xalq qarshiligiga mamlakat shimolidagi juda obro‘li yetakchilar – kichik Ahmad Ma’sud, marshal Abdul Rashid Do‘stum, vitse-prezident Amrullo Solih (panjsherlik tojiklardan, Ahmad Shoh Ma’sud qo‘mondonligi ostida jang qilgan) va Balxning sobiq gubernatori Atto Muhammadi Nur yetakchilik qildi. Juda tajribali va badavlat odamlar, bu harbiy harakatlar uchun eng muhim jihatlardan biri.
Panjsherdagi Milliy qarshilik ko‘rsatish fronti jangchilari
Panjsher olmoslari va qimmatbaho toshlar konlari Ahmad Shoh Ma’sud qo‘shinlariga zarur bo‘lgan qurol-aslahalarni yetkazib berilishini ta’minlagan edi, endi esa kichik Ahmad Ma’sudga ham asqotadi. Urushning har bir kuni katta mablag‘larni talab qiladi, shunga qaramay, Ahmad Ma’sudning yaqinda G‘arb davlatlariga qilgan murojaati maqsadi - faqat yordam so‘rash emas, balki: "Amirlikni tan olishga shoshilmang, toliblar g‘alabasi hali aniq emas", degan mazmundagi bir signal edi. Mana, Afg‘onistonning qochoq statusini olgan sobiq prezidenti Ashraf G‘ani ham birgalikda kurashish uchun qaytib kelish niyatini bildirgan.
Panjsher - "Tolibon"* na 1996-2001 yillarda, na 2021-yilda egallashga muvaffaq bo‘lmagan yagona provinsiyadir. Eslatmoqchiman, bundan avval ham, 1979-1989 yillarda Afg‘oniston Demokratik Respublikasi hukumat kuchlari hatto Sovet qo‘shinlari (strategik aviatsiya) tomonidan jiddiy qo‘llab-quvvatlanishiga qaramasdan, Panjsher darasi ustidan nazorat o‘rnata olmagan.
Bunda muammo, xalq qarshiligi harakati o‘tish qiyin bo‘lgan baland qoyalarga, mohir jangchilarga va uzoq vaqt urush olib borishga yetadigan zarur qurol-aslahalarga egaligida ham emas. Toliblar o‘zlari hukmronlik o‘rnatgan hududlarda oddiy aholi ustidan kulib, mag‘rur afg‘on xalqiga qarshi repressiyalarni avj oldirgan - ya’ni ularning o‘zlari o‘zlariga qarshi bo‘lgan odamlar otradlarini shakllantirmoqda va ularning tobora g‘azab otiga minishlariga sababchi bo‘lmoqda.
Boshqa tomondan, "inqilobchilar"ning mamlakatda normal iqtisodiyotni tashkil qilish borasida no‘noqligi (oxirgi 20-yil davomida toliblar karra-karrani yod olmagan, balki qurollardan o‘q otishni mashq qilgan) yana bir katta muammoga aylanmoqda. Harakatga Xalqaro valyuta fondi resurslaridan foydalanish taqiqlangan. AQSh Afg‘oniston Markaziy banki zahiralarini muzlatib qo‘ydi, bu esa 9 milliard dollardan ko‘p mablag‘ degani.
Xalqaro valyuta jamg‘armasi Afg‘oniston bilan hamkorlikni uzdi va toliblarga shart qo‘ydi
Yuqorida aytib o‘tilgan arab jamg‘armalari 100 ming kishilik "Tolibon"* uyushmasini qo‘llab-quvvatlashi mumkin edi, lekin hatto eng boy shayxlar ham 40 million aholiga ega Afg‘onistonni ta’minlashga qodirmas.
Yaqinlashib kelayotgan gumanitar falokat ommaviy noroziliklarga va yangi fuqarolik urushiga olib kelishi muqarrar.
Afg‘oniston hududidagi bu kabi falokatlar qo‘shni Markaziy Osiyo mamlakatlarida qochqinlar oqimi keskin ko‘payishi va chegaralarda qurolli hodisalarni keltirib chiqarishi mumkin.

O‘ng qirg‘oqda

Afg‘oniston HHKning ikki yuzta jangovar samolyot va vertolotlarining qariyb 25 foizi bir hafta ichida Islom Respublikasidan tashqariga, asosan Amudaryoning o‘ng qirg‘og‘iga uchib ketdi. O‘zbekiston hukumati rasmiy vakili “Air Force Magazine” jurnaliga bergan intervyusida 22 samolyot, 24 vertolot va 585 afg‘on harbiylari havo orqali O‘zbekistonga qochganini tasdiqlagan.
Afg‘oniston hududidagi yigirmata terrorchilik tashkiloti jangarilari ham xuddi shunday harakatlanishlari mumkin. Qolgan (aerodromlarda tashlab ketilgan) uchar apparatlar qayerda va kimlarning qo‘lida ekani noma’lum. Va umuman olganda, AQSh amerika qurollaridan qanchasi terrorchilar qo‘liga o‘tgani haqida hisob yuritishga qodir emas, bu haqda AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslaxatchisi Jeyk Sallivan shu kunlarda ma’lum qilgan.
Harbiy ekspert: AQSh Afg‘onistonda o‘zidan keyin qurol, urush va xaosni qoldirdi
Afg‘onistonning strategik beqarorligi - jiddiy muammo va oxirgi 24 soat ichida Rossiya prezidenti Vladimir Putin Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Germaniya kansleri Angela Merkel bilan bu mavzuni qizg‘in muhokama qilayotgani bejizga emas, albatta. Moskvaning Toshkent, Dushanbe, Bishkek, Nur-Sulton bilan doimiy aloqalari va Afg‘oniston chegaralari yaqinida davom etayotgan qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar haqida-ku gapirmasa ham bo‘ladi.
Rossiyada 90 km masofadagi nishonlarga aniq zarba bera oladigan “Tornado-G”, “Uragan-1M” va “Tornado-S” reaktiv zalp bilan o‘t ochish tizimlari majmualarining seriyali ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yildi.
Bu orada, "Tolibon"* Afg‘oniston Mustaqilligi kuni munosabati bilan uch buyuk imperiya - Britaniya, Sovet Ittifoqi va Amerikaning qulashiga sababchi bo‘lganini rasman e’lon qildi. Ha, toliblar Sovet Ittifoqi ustidan erishilgan g‘alabani ham o‘z hisoblariga yozib qo‘yishdi, ular go‘yoki SSSRni "dunyo xaritasidan o‘chirib tashlanishiga" hissa qo‘shganmish. Ma’lumki, harbiy-diniy harakat 1994-yilda – SSSR parchalanganidan so‘ng uch yil o‘tgach tashkil etilgan va toliblar "sovetlarga qarshi bo‘lgan mujohidlarga qarshi kurashgan", ammo bu o‘rinda geosiyosiy ko‘lam va "mahkum etilgan dunyo xalqlari" manfaati uchun olib borilayotgan "ozodlik missiyasi" deb atalmish allaqanday tendensiyaning davom etayotgani muhim ahamiyatga ega.
"Tolibon"* Afg‘onistondagi davlat tuzilishini quyidagicha ko‘rmoqda: "Demokratik tuzum umuman bo‘lmaydi, chunki bizning mamlakatimizda bunga hech qanday asos yo‘q. Biz Afg‘onistonda qanday siyosiy tizimni qo‘llashimiz haqida muhokama olib bormaymiz, chunki u aniq. Bu shariat qonunlaridir".
"Tolibon"* Suxayl Shaxinni Afg‘onistonning BMTdagi doimiy vakili etib tayinladi
Xo‘sh, Markaziy va Janubiy Osiyoning alohida mamlakatlarida nega bundayin "aniq" davlat tuzilishi tarqatilmasligi kerak?
O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahrida 18-avgust kuni xalqaro terrorchi tashkilotlar faoliyatiga aloqador bo‘lgan 94 kishi qo‘lga olindi. Ehtimol, bu "sof Islom" zulmchilariga qarshi Markaziy Osiyodagi yangi ozodlik harakatlari muqaddimasidir.
Bishkek "Tolibon"ning mintaqa ishlariga aralashmaslik haqidagi bayonotlariga ko‘p ham ishonch bildirgani yo‘q. Qirg‘iziston chegara xizmati aynan Afg‘onistondagi voqealar sabab Tojikiston bilan chegarani mustahkamlamoqda.
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Tokayev Afg‘onistondagi harbiy-siyosiy vaziyatning o‘zgarishi tufayli yuzaga kelgan tahdidlar tufayli umumiy havotir bildirib, shunday dedi: "Bugungi kunda yuzaga kelayotgan xatarlar tufayli asosiy yuk - ziddiyat o‘choqlariga bevosita yaqin joylashgan Markaziy Osiyo davlatlari zimmasiga tushmoqda”.