Afg‘onistonda shariat qonuni o‘rnatilishi MO mamlakatlari uchun xavfli - ekspert

© AFP 2023 / Bulent KilicVo vremya vizita direktora Talibana po fizicheskomu vospitaniyu i sportu Bashira Axmada Rustamzaya v sportzal v Kabule
Vo vremya vizita direktora Talibana po fizicheskomu vospitaniyu i sportu Bashira Axmada Rustamzaya v sportzal v Kabule - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.09.2021
Obuna bo‘lish
Ekspertning qayd etishicha, Afg‘onistondagi vaziyat jangovar tus olishi yoki tinch rivojlanishidan qat’i nazar, Markaziy Osiyo uchun xatarlar saqlanib qoladi.
TOShKENT, 21 sen — Sputnik. Afg‘onistonda shariat qonuni o‘rnatilishi Markaziy Osiyo ning barcha mamlakatlariga xavf soladi, dedi siyosatshunos, siyosiy fanlar doktori Azamat Temirqulov. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston xabar bermoqda.
"Afg‘oniston hududida bo‘lib turgan va turli terrorchi tashkilotlar qatnashchilari sanalgan Markaziy Osiyo fuqarolari tashvishga soladi. Ularning ayrimlari Iroq va Suriyada jangovar tayyorgarlikdan o‘tgan. Ular Afg‘onistondan ham ko‘ra, Markaziy Osiyoda jangovar harakatlar olib borishdan manfaatdor", — deb aytgan Temirqulov.
Ekspertning qayd etishicha, Afg‘onistondagi vaziyat jangovar tus olishi yoki tinch rivojlanishidan qat’i nazar, Markaziy Osiyo uchun xatarlar saqlanib qoladi.
Bivshaya krupnaya baza SShA v Xoste pod kontrolem talibov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.09.2021
Yana ayollarsiz: Afg‘oniston muvaqqat hukumatida vazir o‘rinbosarlari tayinlandi
"Agar hammasi tinch kechgan taqdirda va toliblar islom amirligini o‘rnatishga muvaffaq bo‘lishgan taqdirda ham, Markaziy Osiyo uchun xatarlar yuqori darajada saqlanib qoladi. Bizning mintaqamizda islom tamoyillari, shariat qonunlari asosida hayot kechiruvchi mamlakatning mavjudligi, boz ustiga bu davlatga Qatar, Saudiya Arabistoni va boshqa arab davlatlari yordam beradigan bo‘lsa, bu ertami-kechmi bizning mamlakatlarimizga ham o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Chunki MO kelajagini shariat qonunlari bo‘yicha hayot kechiriladigan allaqanday amirlik sifatida tasavvur qiladigan fuqarolar son jihatdan ko‘pchilikni tashkil etadi. Jamiyatning bu qismi ijtimoiy va siyosiy tomondan faollashib, Afg‘onistonni o‘rnak sifatida ko‘rsata boshlashlari mumkin", - deya ta’kidladi siyosatshunos.
Avgust oyi boshida toliblar Afg‘oniston hukumat kuchlariga hujumlarni faollashtirdilar. 15-avgust kuni ular Qobulga kirib borib, urush yakunlanganini e’lon qildi. Avgust oyining oxirgi ikki haftasida amerika harbiylari qo‘rig‘ida bo‘lgan Qobul aeroportidan G‘arb mamlakatlari va ular bilan hamkorlik qilgan afg‘onlarning ommaviy evakuatsiyasi amalga oshirildi. 31-avgustga o‘tar kechasi amerikalik harbiylar Qobul aeroportini tark etishdi, bu bilan AQShning Afg‘onistondagi 20-yillik faoliyatiga chek qo‘yildi. Hukumat tepasiga kelgan toliblar Afg‘onistonda islom amirligini e’lon qilishga tayyorliklari haqida bayonot berdilar.
Yangiliklar lentasi
0