Harbiy ekspert: AQSh Afg‘onistonda o‘zidan keyin qurol, urush va xaosni qoldirdi

© Official U.S. Navy PageVoyennoslujashie NATO osushestvlyayut posadku v vertolet
Voyennoslujashie NATO osushestvlyayut posadku v vertolet - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.09.2021
Obuna bo‘lish
AQShning Afg‘onistonda qoldirgan "merosi" bilan Rossiya, Eron va Xitoy shug‘ullanishiga to‘g‘ri keladi.
TOShKENT, 1 sen — Sputnik. Harbiy ekspert, MDH mamlakatlari instituti Yevroosiyo integratsiyasi va ShHTni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i Vladimir Yevseyev Sputnik Tojikiston bilan muloqotda AQSh qo‘shinlarining Afg‘onistondan olib chiqilishi mintaqa uchun qanday tahdidlarni yuzaga keltirishi mumkinligi haqida gapirdi.
Afg‘onistondagi missiyaning muvaffaqiyatsizlikka yuz tutishi SShA hukumatiga ularning imkoniyati cheklanganligini ko‘rsatdi, deya ta’kidladi ekspert.
Vzorvanniy avtomobil v Kabule - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.08.2021
AQSh hujumi oqibatida o‘ldirilgan afg‘on amerikaliklar bilan hamkorlik qilgan
Shu bilan birga, kontingentni chiqarish bilan Shtatlar qo‘shni davlatlar: Rossiya, Xitoy va Eron uchun holatni ancha murakkablashtirishga umid qilishmoqda.
AQSh o‘zidan keyin nafaqat qurol-yarog‘ va texnikani, balki o‘ta yaxshi ta’minlangan bazalarni ham qoldirib ketdilar, deb qo‘shimcha qildi Yevseyev.
Ekspertning fikricha, Afg‘onistondan bunday qochish demokratik partiyaga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, sababi, hukumat soliq to‘lovchilar pulini maqsadga muvofiq sarflamadi, bunday holatlar esa AQShda ko‘pam yaxshi qarshi olinmaydi.
Yangiliklar lentasi
0