https://oz.sputniknews.uz/20210818/aqsh-qobuldan-kotarilgan-samolyot-shassisida-odam-qoldiqlari-aniqlanganini-tasdiqladi-20121480.html
AQSh Qobuldan ko‘tarilgan samolyot shassisida odam qoldiqlari aniqlanganini tasdiqladi
AQSh Qobuldan ko‘tarilgan samolyot shassisida odam qoldiqlari aniqlanganini tasdiqladi
Sputnik O‘zbekiston
AQSh HHK Qobuldan ko‘tarilgan samolyot shassi bo‘lmasida inson tanasi qoldiqlari topilishi bilan bog‘liq holatni o‘rganmoqda 18.08.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-08-18T10:50+0500
2021-08-18T10:50+0500
2021-08-18T10:50+0500
afg‘onistonda vaziyat keskinlashuvi
afg‘oniston: 30-yil tinchlik ilinjida
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/10/20091365_66:395:3004:2048_1920x0_80_0_0_3079042a0dddc27d9c098571ea5f5394.jpg
TOShKENT, 18 avg - Sputnik. AQSh Harbiy -havo kuchlari Qobul aeroportida amerika transport samolyotining uchishi paytida odam halok bo‘lganligi ehtimolini tekshirmoqda. Tegishli bayonot Amerika harbiy havo kuchlari tomonidan tarqatildi.Tergov boshlanishiga samolyotning qo‘nish moslamasi bo‘lmasida odam qoldiqlari topilgani sabab bo‘lgan.Sal avval ijtimoiy tarmoqlar va dunyo telekanallarida Qobuldagi afg‘onlar uchish--qo‘nish yo‘lagi bo‘ylab tezlikni oshirayotgan samolyot bilan barobar yugurishayotgani, samolyot fuzelyajiga yopishib, ehtimol, katta balandlikdan tushib ketayotgani tasvirlangan roliklar namoyish etilgan va bu turli muhokamalarga sabab bo‘lgan edi.Ushbu videoroliklar bilan bir qatorda, tergovchilar, samolyot Qatardagi aviabazada qo‘nganidan so‘ng shasse bo‘lmasida aniqlangan inson tana qoldiqlari holatini ham o‘rganishadi.Dushanba kuni Qobul aeroportida bortida chet el diplomatik missiyalari bo‘lgan vertolotlarning son-sanoqsiz uchish-qo‘nishlari tufayli katta tartibsizlik hukmron edi. Afg‘onlarning aksariyati mamlakatni tark etish ilinjida aeroportga kelib, nafaqat bino, balki samolyotlarni ham shturm qila boshlashdi.AQSh javobgarlikni o‘zidan sokit qildiPentagon va Davlat departamenti rasmiylari bayonotida qayd etilishicha, amerikaliklar Kobul aeroportidagi tartibsizliklar uchun "Tolibon"* (Rossiyada taqiqlangan terrorchi tashkilot)ni ayblamaydilar, biroq o‘zlarini ham yuz bergan voqealarga aloqador, deya sanamaydilar.Harbiy idora matbuot-kotibi Jon Kirbi Qobul aeroportida dushanba kuni yuz bergan hodisalar "sharmandalik emasdi", deya qayd etdi.Davlat departamentining rasmiy vakili Ned Prays, o‘z navbatida, Qobul aeroportidagi tartibsizliklar "idoradagi barcha xodimlar qalbida achinish hissini uyg‘otganini" ta’kidladi.Afg‘onistondagi vaziyatBir necha hafta oldin, Amerika kontingenti Afg‘onistondan chiqarilishi fonida mamlakatdagi vaziyat keskin yomonlashdi: toliblar katta shaharlarga hujumni boshladi. Yakshanba kuni ular Qobulni to‘liq nazoratga oldi va mamlakatda hokimiyatni egallashdi. Mamlakatning sobiq prezident Ashraf G‘ani qochib ketdi."Tolibon"* siyosiy idorasi (Rossiyada taqiqlangan terrorchi tashkilot) matbuot-kotibi Muhammad Naim 20-yil davom etgan urush tugaganini va tez orada yangi boshqaruv shakli aniq bo‘lishini ma’lum qildi.Shu bilan birga, Afg‘oniston vitse-prezidenti Amrulla Solih prezident yo‘qligida u vaqtinchalik davlat rahbari ekanligini aytdi. Afg‘oniston armiyasining alohida bo‘linmalari toliblarga qarshi janglar olib bormoqda.AQShning "hayratlanarli" muvaffaqiyatsizliklariAfg‘oniston davlatchiligini rekonstruksiya qilishda Vashington "hayratlanarli" xatoliklarga yo‘l qo‘ydi. Bu haqda AQShning respublikani qayta tiklash bo‘yicha bosh inspektori Jon Sopko hisobotiga tayangan holda Fox News xabar qildi.AQSh hukumati davlatchilik qurilishi uchun amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar ko‘lamini yetarlicha baholay olmadi.Jon Sopko fikricha, Qo‘shma Shtatlar Afg‘onistonning "ijtimoiy landshaftini" tushuna olmagan.
https://oz.sputniknews.uz/20210817/ur-yiqit-vahima-afgonistondan-qochib-ketish-ilinjidagilar-kobul-aeroportiga-hujum-qilmoqda-20111037.html
https://oz.sputniknews.uz/20210813/afgoniston-amirlikka-aylanyapti-rossiya-va-aqshning-bunga-munosabati-farq-qilmoqda-20070478.html
https://oz.sputniknews.uz/20210816/tramp-baydenni-sharmandalarcha-istefoga-chiqishga-chaqirdi-20089214.html
https://oz.sputniknews.uz/20210817/odamlarning-samolyotdan-qulab-tushishida-amerikaliklar-aybdor-tolibon-vakili-20116252.html
https://oz.sputniknews.uz/20210817/toliblar-ommaviy-afv-elon-qildi-va-afgonlarni-ishga-qaytishga-chaqirdi-20107707.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/10/20091365_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_fcb15fe0dac36cc6716a5925f121c107.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
afg‘onistonda vaziyat keskinlashuvi, afg‘oniston: 30-yil tinchlik ilinjida
afg‘onistonda vaziyat keskinlashuvi, afg‘oniston: 30-yil tinchlik ilinjida
AQSh Qobuldan ko‘tarilgan samolyot shassisida odam qoldiqlari aniqlanganini tasdiqladi
AQSh HHK Qobuldan ko‘tarilgan samolyot shassi bo‘lmasida inson tanasi qoldiqlari topilishi bilan bog‘liq holatni o‘rganmoqda
TOShKENT, 18 avg - Sputnik. AQSh Harbiy -havo kuchlari Qobul aeroportida amerika transport samolyotining uchishi paytida odam halok bo‘lganligi ehtimolini tekshirmoqda. Tegishli bayonot Amerika harbiy havo kuchlari tomonidan tarqatildi.
Tergov boshlanishiga samolyotning qo‘nish moslamasi bo‘lmasida odam qoldiqlari topilgani sabab bo‘lgan.
Sal avval ijtimoiy tarmoqlar va dunyo telekanallarida Qobuldagi afg‘onlar uchish--qo‘nish yo‘lagi bo‘ylab tezlikni oshirayotgan samolyot bilan barobar yugurishayotgani, samolyot fuzelyajiga yopishib, ehtimol, katta balandlikdan tushib ketayotgani tasvirlangan roliklar namoyish etilgan va bu turli muhokamalarga sabab bo‘lgan edi.
Ushbu videoroliklar bilan bir qatorda, tergovchilar, samolyot Qatardagi aviabazada qo‘nganidan so‘ng shasse bo‘lmasida aniqlangan inson tana qoldiqlari holatini ham o‘rganishadi.
Dushanba kuni Qobul aeroportida bortida chet el diplomatik missiyalari bo‘lgan vertolotlarning son-sanoqsiz uchish-qo‘nishlari tufayli katta tartibsizlik hukmron edi. Afg‘onlarning aksariyati mamlakatni tark etish ilinjida aeroportga kelib, nafaqat bino, balki samolyotlarni ham shturm qila boshlashdi.
AQSh javobgarlikni o‘zidan sokit qildi
Pentagon va Davlat departamenti rasmiylari bayonotida qayd etilishicha, amerikaliklar Kobul aeroportidagi tartibsizliklar uchun "Tolibon"* (Rossiyada taqiqlangan terrorchi tashkilot)ni ayblamaydilar, biroq o‘zlarini ham yuz bergan voqealarga aloqador, deya sanamaydilar.
Harbiy idora matbuot-kotibi Jon Kirbi Qobul aeroportida dushanba kuni yuz bergan hodisalar "sharmandalik emasdi", deya qayd etdi.
Davlat departamentining rasmiy vakili Ned Prays, o‘z navbatida, Qobul aeroportidagi tartibsizliklar "idoradagi barcha xodimlar qalbida achinish hissini uyg‘otganini" ta’kidladi.
Bir necha hafta oldin, Amerika kontingenti Afg‘onistondan chiqarilishi fonida mamlakatdagi vaziyat keskin yomonlashdi: toliblar katta shaharlarga hujumni boshladi. Yakshanba kuni ular Qobulni to‘liq nazoratga oldi va mamlakatda hokimiyatni egallashdi. Mamlakatning sobiq prezident Ashraf G‘ani qochib ketdi.
"Tolibon"* siyosiy idorasi (Rossiyada taqiqlangan terrorchi tashkilot) matbuot-kotibi Muhammad Naim 20-yil davom etgan urush tugaganini va tez orada yangi boshqaruv shakli aniq bo‘lishini ma’lum qildi.
Shu bilan birga, Afg‘oniston vitse-prezidenti Amrulla Solih prezident yo‘qligida u vaqtinchalik davlat rahbari ekanligini aytdi. Afg‘oniston armiyasining alohida bo‘linmalari toliblarga qarshi janglar olib bormoqda.
AQShning "hayratlanarli" muvaffaqiyatsizliklari
Afg‘oniston davlatchiligini rekonstruksiya qilishda Vashington "hayratlanarli" xatoliklarga yo‘l qo‘ydi. Bu haqda AQShning respublikani qayta tiklash bo‘yicha bosh inspektori Jon Sopko hisobotiga tayangan holda Fox News xabar qildi.
AQSh hukumati davlatchilik qurilishi uchun amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar ko‘lamini yetarlicha baholay olmadi.
Jon Sopko fikricha, Qo‘shma Shtatlar Afg‘onistonning "ijtimoiy landshaftini" tushuna olmagan.