https://oz.sputniknews.uz/20210917/xalqaro-valyuta-jamgarmasi-afgoniston-bilan-hamkorlikni-uzdi-va-toliblarga-shart-qoydi-20531114.html
Xalqaro valyuta jamg‘armasi Afg‘oniston bilan hamkorlikni uzdi va toliblarga shart qo‘ydi
Xalqaro valyuta jamg‘armasi Afg‘oniston bilan hamkorlikni uzdi va toliblarga shart qo‘ydi
Sputnik O‘zbekiston
Afg‘oniston yangi hukumat tarkibini o‘zgartirmasa, pulsiz qoladi 17.09.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-09-17T09:52+0500
2021-09-17T09:52+0500
2021-09-17T09:52+0500
afg‘onistonda vaziyat keskinlashuvi
afg‘oniston: 30-yil tinchlik ilinjida
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/83/49/834914_0:160:3077:1890_1920x0_80_0_0_b49df3512e139980897be820d9a76aaa.jpg
TOShKENT, 17 sen — Sputnik. Xalqaro valyuta jamg‘armasi Afg‘oniston bilan hamkorlikni to‘xtatdi. Bu haqda XVJ vakili Jerri Rays bayonot berdi.Uning so‘zlariga ko‘ra, Afg‘oniston yangi hukumati qonuniyligini boshqa davlatlar tan olmagunga qadar, respublika bilan hamkorlik tiklanmaydi."Biz Afg‘oniston hukumatini tan olish borasida xalqaro hamjamiyatga qarab ish tutamiz, hozircha esa bunday ma’lumotga ega emasmiz. Shu bois, XVJning respublikadagi dasturi vaqtincha to‘xtatildi", - deb qayd etdi Rays.U shuningdek, avgust oyida mamlakatlar o‘rtasida taqsimlangan maxsus huquqlar toliblarga joriy etilmasligini eslatib o‘tdi.Rays, shuningdek, Afg‘onistondagi nostabil vaziyatdan tashvishdaligini bildirdi."Mamlakat fuqarolariga insonparvarlik yordamini ko‘rsatish va mablag‘larni, shu jumladan unchalik ko‘p bo‘lmagan mablag‘larni o‘tkazishga ruxsat berish, shuningdek, qochoqlarni qabul qilayotgan mamlakatlarga yordam ko‘rsatish ustuvor vazifaga aylanishi lozim", - dedi XVJ vakili.Ilgariroq, AQSh Afg‘oniston Markaziy banki rezervlarining kattagina qismini muzlatib qo‘ygandi. Bu o‘laroq respublika yetti milliard dollarga yaqin pullardan mahrum bo‘ldi.Mamlakat hokimiyati tepasiga kelgan toliblar, amerika valyutasi saqlab qolinishiga yo‘naltirilgan qator choralarni qabul qildilar. Dollar berishga qo‘yilgan taqiq shu choralardan biri bo‘ldi. Endilikda afg‘onlar naqd pullarni faqat milliy valyutada olishlari mumkin.Sentabr oyi boshida jangarilar yangi hukumat tarkibini e’lon qilgan edi. Bu yangilik jahon hamjamiyati orasida turli munosabatlarni yuzaga keltirdi.Radikallar shu vaqtgacha bergan va’dalarga qaramay, Afg‘oniston vazirlar kabineti inklyuziv bo‘lmadi. Unda Afg‘oniston turli siyosiy kuchlari, sobiq hukumat kuchlari va ayollar taqdim etilmagan.Davlatlarning aksariyati bunday hukumatning qonuniyligini tan olishdan voz kechdi va toliblardan hukumat tarkibiga o‘zgartirish kiritishni talab qilishdi.
https://oz.sputniknews.uz/20210916/markaziy-osiyo-mamlakatlari-nega-afgon-qochqinlaridan-voz-kechmoqda---siyosatshunos-izohi-20529989.html
https://oz.sputniknews.uz/20210916/zas-toliblarning-afgoniston-hokimiyati-tepasiga-kelishi-modagi-vaziyatga-tasir-qiladi-20522013.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/83/49/834914_172:0:2903:2048_1920x0_80_0_0_5984f878c1cb279f4b8ff812d0a77ddf.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
afg‘onistonda vaziyat keskinlashuvi, afg‘oniston: 30-yil tinchlik ilinjida
afg‘onistonda vaziyat keskinlashuvi, afg‘oniston: 30-yil tinchlik ilinjida
Xalqaro valyuta jamg‘armasi Afg‘oniston bilan hamkorlikni uzdi va toliblarga shart qo‘ydi
Afg‘oniston yangi hukumat tarkibini o‘zgartirmasa, pulsiz qoladi
TOShKENT, 17 sen — Sputnik. Xalqaro valyuta jamg‘armasi Afg‘oniston bilan hamkorlikni to‘xtatdi. Bu haqda XVJ vakili Jerri Rays bayonot berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Afg‘oniston yangi hukumati qonuniyligini boshqa davlatlar tan olmagunga qadar, respublika bilan hamkorlik tiklanmaydi.
"Biz Afg‘oniston hukumatini tan olish borasida xalqaro hamjamiyatga qarab ish tutamiz, hozircha esa bunday ma’lumotga ega emasmiz. Shu bois, XVJning respublikadagi dasturi vaqtincha to‘xtatildi", - deb qayd etdi Rays.
U shuningdek, avgust oyida mamlakatlar o‘rtasida taqsimlangan maxsus huquqlar toliblarga joriy etilmasligini eslatib o‘tdi.
Rays, shuningdek, Afg‘onistondagi nostabil vaziyatdan tashvishdaligini bildirdi.
"Mamlakat fuqarolariga insonparvarlik yordamini ko‘rsatish va mablag‘larni, shu jumladan unchalik ko‘p bo‘lmagan mablag‘larni o‘tkazishga ruxsat berish, shuningdek, qochoqlarni qabul qilayotgan mamlakatlarga yordam ko‘rsatish ustuvor vazifaga aylanishi lozim", - dedi XVJ vakili.
Ilgariroq, AQSh Afg‘oniston Markaziy banki rezervlarining kattagina qismini muzlatib qo‘ygandi. Bu o‘laroq respublika yetti milliard dollarga yaqin pullardan mahrum bo‘ldi.
Mamlakat hokimiyati tepasiga kelgan toliblar, amerika valyutasi saqlab qolinishiga yo‘naltirilgan qator choralarni qabul qildilar. Dollar berishga qo‘yilgan taqiq shu choralardan biri bo‘ldi. Endilikda afg‘onlar naqd pullarni faqat milliy valyutada olishlari mumkin.
Sentabr oyi boshida jangarilar yangi hukumat
tarkibini e’lon qilgan edi. Bu yangilik jahon hamjamiyati orasida turli munosabatlarni yuzaga keltirdi.
Radikallar shu vaqtgacha bergan va’dalarga qaramay, Afg‘oniston vazirlar kabineti inklyuziv bo‘lmadi. Unda Afg‘oniston turli siyosiy kuchlari, sobiq hukumat kuchlari va ayollar taqdim etilmagan.
Davlatlarning aksariyati bunday hukumatning qonuniyligini tan olishdan voz kechdi va toliblardan hukumat tarkibiga o‘zgartirish kiritishni talab qilishdi.