Zas: toliblarning Afg‘oniston hokimiyati tepasiga kelishi MOdagi vaziyatga ta’sir qiladi

© Sputnik / Viktor TolochkoGossekretar Soveta bezopasnosti Belarusi Stanislav Zas
Gossekretar Soveta bezopasnosti Belarusi Stanislav Zas  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.09.2021
Obuna bo‘lish
KXShT bosh kotibi Stanislav Zas amerika qo‘shinlari chiqarilganidan so‘ng Afg‘onistondagi vaziyatga baho berdi
TOShKENT, 16 sen — Sputnik. KXShT a’zo-davlatlari rahbarlari Kollektiv xavfsizlik kengashi yig‘ilishi davomida Afg‘onistondagi harbiy-siyosiy vaziyatga alohida e’tibor qaratdilar, deb bayonot qildi KXShT bosh kotibi Stanislav Zas.
KXShT rahbari AQSh askarlari va NATO harbiy kontingenti chiqarilgach, Afg‘oniston respublikasidagi vaziyat keskin o‘zgarganiga e’tibor qaratdi.
Prezident RF Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.09.2021
Putin Afg‘onistondan AQSh qo‘shinlarining chiqarilishini qoraladi
""Tolibon"* radikal harakati (Rossiyada taqiqlangan terrorchi tashkilot) hujumi, Afg‘oniston hududining, jumladan, davlat chegarasi va poytaxt ham deyarli to‘liq ravishda toliblar nazoratiga o‘tishi, shuningdek, mamlakatda hokimiyatning o‘zgarishi Markaziy Osiyo mintaqasidagi vaziyatga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi", - deya ta’kidladi Zas.
Bu holat KXShT a’zolarida tashvish keltirib chiqarmoqda, deb qo‘shimcha qildi u.
Bundan tashqari, Zas ta’kidiga ko‘ra, Tojikiston Afg‘oniston bilan eng uzun chegaraga egaligini unutmaslik lozim, sababi, chegaraning asosiy qismi tog‘li, odam qadami yetishi qiyin bo‘lgan hududlardan o‘tgan.
Flagi stran-uchastnis Organizatsii Dogovora o kollektivnoy bezopasnosti: Tadjikistana, Rossii, Kirgizii, Kazaxstana, Belorussii, Armenii i flag ODKB (sprava nalevo) - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.09.2021
O‘zbekiston hozircha KXShTga a’zo bo‘lishni rejalashtirmayapti - Zas
KXShT bosh kotibi tojik-afg‘on chegarasida yangi keng ko‘lamli mashg‘ulotlar o‘tkazilishi haqida e’lon qildi. Jumladan, "Poisk", "Eshelon", "Vzaimodeystvie" va "Kobalt" deb nomlangan manyovrlarni o‘tkazish rejalashtirilmoqda.
Afg‘onistondagi vaziyat tufayli Kollektiv xavfsizlik kengashi majlisi ishtirokchilari Markaziy Osiyoda kollektiv kuchlarni operativ joylashtirish rejasiga aniqlik kiritib oldilar. Shuningdek, harbiy kontingent tarkibi va maxsus kuchlar otradlarini shakllantirish masalalari ham muhokama qilindi, dedi Zas.
Yangiliklar lentasi
0