COVID ikkinchi to‘lqini, vaksina va islohotlar: SSV yangi rahbari bilan intervyu

Noyabr boshida O‘zbekiston SSV lavozimiga tayinlangan tibbiyot fanlari doktori, professor Abduhakim Xadjibayev Sputnik muxbiriga rejalashtirilayotgan islohotlar, COVID-19 bilan bog‘liq vaziyat va Rossiyaning “Sputnik V” vaksinasi borasidagi muzokaralar haqida so‘zlab berdi.
Sputnik

TOShKENT, 1 dek — Sputnik. Mamlakatda uzoq umr ko‘ruvchilar soni ko‘payishi uchun O‘zbekiston rahbariyati qanday choralar ko‘rmoqda, respublikaning Yevropa mamlakatlariga qaraganda koronavirusga qarshi yaxshiroq kurasha olayotgani boisi nimada va dunyo COVID-19 ustidan g‘alaba qozonilgani haqida qachon gapirishni boshlaydi – bu va boshqa savollarga O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri Abduhakim Xadjibayev javob berdi.

- Abduhakim Mo‘minovich, Siz uchun SSV rahbari lavozimiga tayinlanish qanchalik kutilmagan holat bo‘ldi?

Mirziyoyev yangi SSV rahbarini tayinladi

- Ochig‘ini aytaman, kutilmaganlik holati bo‘ldi. Lekin boshqa tomondan – mening deyarli 20-yildan buyon Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbariyatiga aloqam bor. 2003-yilda sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan edim, 2007-yildan faoliyatimni Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bosh direktori sifatida davom ettirdim. 2016-yilning oxirida yana vazirning birinchi o‘rinbosari etib tayinlandim, bir necha oy o‘tib vazir o‘rinbosari – yuqorida tilga olingan markaz bosh direktori bo‘ldim.

Iyul oyi o‘rtasida, birinchi to‘lqin avjiga chiqqan pallada meni sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari, bir necha hafta ilgari esa vazir etib tayinlashdi.

Menga katta ishonch bildirildi, bu o‘ta mas’uliyatli. Shu bois vazirlik oldida turgan vazifalarni hal qilish barcha ishni qilyapman va qilaman.

Koronavirus sovuqda avj oladimi - SSV javobi

- Noyabr boshida prezident Shavkat Mirziyoyev SSV tizimini “butunlay qayta ko‘rib chiqish” bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Davlat rahbari qanday ustuvor vazifalarni belgilab berdi, qanday islohatlarni amalga oshirish ko‘zlangan?

- Ushbu tarixiy yig‘ilishdan keyin uchta qaror va bitta farmon chiqdi. Asosiy e’tibor sog‘liqni saqlash birinchi bo‘g‘ini darajasidagi ishlarni tubdan ko‘rib chiqishga qaratiladi. Ushbu muassasalar uchun fuqarolarni sog‘lom turmush tarziga jalb qilish asosiy vazifa bo‘lishi kerak. Shuning uchun hozir shifokorlar vazifalari qayta ko‘rib chiqilmoqda. Avval biz ularni umumiy amaliyot vrachlari deb atardik, endi esa ular, aslida, oilaviy vrachlar bo‘lishadi. Ularning har biri o‘z bemorining sog‘lig‘i haqidagi hamma narsani biladi.

Tibbiy sug‘urta tizimini joriy etish boshlandi: dastlab Sirdaryo

Bu yo‘nalishdagi ilk loyihani Qashqadaryo viloyatida amalga oshirishni rejalashtirapmiz. U yerda bir yarim mingta tibbiyot brigadalari tashkil etiladi, ularning har birida bitta oilaviy vrach va patronaj xizmatiga o‘qitilgan to‘rt-besh o‘rta bo‘g‘in tibbiyot xodimi bo‘ladi. Kelgusida brigadalar yiliga bir marta ularga ishonib topshirilgan hududdagi istiqomat qiluvchi fuqarolarning salomatligini tekshiradi. Ularni to‘rt guruhga ajratish rejalashtirilmoqda: birinchisi – sog‘lom kishilar (faqat sog‘lom turmush tarziga rioya qilish talab etiladi), ikkinchisi – biror bir kasallik rivojlanishiga moyil bo‘lgan kishilar (sog‘lom turmush tarziga rioya qilish, jismonan faol bo‘lish, to‘g‘ri ovqatlashish zarur va hokazo), uchinchisi – kasallik allaqachon rivojlanayotgan fuqarolar (bu yerdagi asosiy vazifa kasallik og‘irlashishini oldini olish). To‘rtinchi guruh bu kasallikning uchinchi-to‘rtinchi bosqichida bo‘lganlar va faol patronaj xizmatiga muhtojlar.

Qashqadaryoda birlamchi patronaj ko‘rigini yil oxiriga qadar o‘tkazishni rejalashtirganmiz. Jarayonni qisqa muddatda va yuqori samaradorlikda muvaffaqiyatli tashkil etish uchun u yerga shifokorlar, oliygoh o‘qituvchilari, barcha ilmiy-amaliy markazlarimizning mutaxassislarini jalb qildik. U yerda jami 700 kishidan ziyod kishi bo‘lib turibdi, hokimiyat ularni turar-joy, transport va kerakli jihozlar bilan ta’minlamoqda. Ish 1-dekabrdan boshlanadi. Yangi yildan loyihani qolgan boshqa hududlarda ishga tushiramiz. Uni yilning birinchi choragi oxiriga qadar yakunlashni rejalashtirapmiz. So‘ngra chuqur va maqsadli patronajga o‘tamiz.

Majburiy tibbiy sug‘urta 3 bosqichda kiritiladi  

Prezident bizdan talab qilayotgan ikkinchi narsa bu sog‘liqni saqlashning birinchi bo‘g‘ini muassasalari va ixtisoslashgan markazlarimiz o‘rtasida yaqin aloqalarni yo‘lga qo‘yishdir.

Toshkentda 18 taga yaqin ixtisoslashgan markazlar mavjud. U yerda asosan yuqori malakali mutaxassislar, olimlar ishlashadi. Shuningdek, sakkizta tibbiyot oliygohlari va ularning to‘rtta filiali bor. Ularning vakillari  vaqti-vaqti bilan viloyat va tumanlarga maslahatlashuv o‘tkazish va bemorlarga muolaja tayinlash uchun borib turishadi.

Shifokor o‘z ishining yuqoridan natijasidan maksimal darajada manfaatdor bo‘lishi juda muhimdir.

Natijada bu choralar davlatga juda katta iqtisodiy samara beradi.

- SSV Sog‘liqni saqlash kodeksi loyihasini ishlab chiqdi. U nima uchun lozimligi haqida so‘zlab bersangiz.

- Hozir bizda turli yo‘nalishlar bo‘yisa 16 ta amaldagi qonunlar bor. Biroq, ochig‘ini aytsak, ularning ayrimlari bir-biriga muvofiq kelmaydi. Biz bu barcha qonunlarni qamrab oladigan, ularni to‘ldiradigan, zamonaviy voqelikka moslashtiradigan, sog‘liqni saqlash sohasidagi nazoratni yaxshilaydigan kodeksni yaratmoqchimiz.

- Keling, bir necha oy ortga, koronavirus pandemiyasi boshiga qaytsak. O‘zbekiston infeksiyaning ehtimoliy tarqalishiga qanday tayyorgarlik ko‘rdi?

- Mamlakat hukumati 15-mart, bizda birinchi COVID-19 holatiga qayd etilgunga qadar chora ko‘rishni boshladi. Zero Xitoy va boshqa mamlakatlarda koronavirus shiddat bilan tarqalayotgani haqida boxabar edik. Fevral oxirida prezident Shavkat Mirziyoyev ehtimoliy pandemiya tayyorgarlik ko‘rish va unga qarshi kurashish choralari to‘g‘risidagi qarorga imzo chekdi. 16-martdan bosh vazir rahbarligida maxsus komissiya tashkil etildi va u cheklov choralarini ishlab chiqib, ular haqida e’lon qilib bordi.

Koronavirus sovuqda avj oladimi - SSV javobi

Qisqa muddat ichida karantin zonalari tashkil etildi. Birinchisi Toshkent yaqinida, u yerdagi karantin zonasi 20 ming kishiga mo‘ljallangan va barcha minimal zaruriy sharoitlarga ega edi. O‘zbekistonga kelayotgan kishilar – ham respublika fuqarolari, ham xorijliklar – bu zonada  ular bepul 14 kun shifokorlar nazorati ostida bo‘lishdi. Ular uch mahal ovqat va koronavirusga test topshirish imkoniyati bilan ta’minlandi. Agar ikki haftadan so‘ng ularda infeksiya tasdiqlanmasa, unga javob berilardi. COVID-19 tasdiqlangan fuqarolarni ixtisoslashgan, asosan yuqumli kasalliklar kasalxonalariga yuborilardi.

Kasallanganlar soni ko‘payishi bilan mamlakatda ularni davolash uchun boshqa tibbiyot muassasalari moslashtirildi. Parallel ravishda hukumat zaruriy asbob-uskunalarni, xususan, sun’iy nafas oldirish va oksigenator xarid qilish borasida katta ishni amalga oshirdi. Qisqa muddatda ular mamlakatga keltirilib, kasalxonalarga taqsimlandi.

Taxminan ikki-ikki yarim oy ichida Toshkent viloyatining Zangiota tumanida to‘rt ming kishiga mo‘ljallangan yuqumli kasalliklar shifoxonasi qurildi. Bu nihoyatda o‘z vaqtida qilingan ish bo‘ldi.

- Mamlakatdagi hozirgi epidemiologik vaziyatni qanday baholaysiz?

- Vaziyat barqaror. Bugungi kunda tasdiqlangan holatlar ikki mingdan biroz ko‘proq. Ammo biz nafaqat SOVID-19 bemorlarini, balki kasalxonadan tashqari pnevmoniyasi bor kishilarni ham kasalxonaga yotqizamiz.  Ma’lumki, yolg‘on natija ko‘rsatuvchi testlar ham bor, qolaversa, test birinchi o‘n kunda musbat bo‘lishi, keyin, hatto pnevmoniya rivojlanganda, u manfiy bo‘lishi mumkin.

Biroq barqaror vaziyat bizni xotirjam qilmaydi. Ko‘p mamlakatlar, jumladan, Rossiya tajribasiga ko‘ra, ikkinchi to‘lqin, aftidan, muqarrarligini tushunamiz. Lekin biz hozirmiz va u yengil o‘tish uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilamiz.

Mirziyoyev: Pandemiya sharoitida ishlash va yashashga o‘rganishimiz kerak

Vaziyat barqarorlashgan paytda 150 ta kasalxonadan 45 taga yaqinini ishlashga qoldirdik, qolganlarining faoliyatini to‘xtatdik. Zarur bo‘lgan paytda ular yana koronavirus bemorlarni qabul qilishlari mumkin.

Bundan tashqari, bugungi kunda aholi koronavirusga test topshirishi mumkin bo‘lgan joylar ancha ko‘paydi. Mamlakatda 152 ta laboratoriya ishlamoqda.

- Agar O‘zbekistondagi COVID-19 vaziyatini tahlil qilsak va uni Yevropadagi bilan taqqoslasak, respublika infeksiyaga qarshi kurashishning samarali uddasidan chiqayotgani haqida xulosa qilish mumkin. Sizningcha, buning boisi ne?

- Iyul oyining ikkinchi yarmi – avgustning birinchi yarmida kasallikning birinchi avj olgan pallasi bo‘ldi, Yevropa va Rossiyada esa ikki-ikki yarim oy avvalroq kuzatildi. Avj olgan pallada O‘zbekistonda 150 dan ziyod kasalxonalarda kerakli asbob-usuna va dori-darmon bilan zaxira joy tashkil etishga erishildi. Kasallikning oldini olish muhim o‘rin tutdi. Shunday qilib, pandemiya zarbasini hukumat va SSV tomonidan qabul qilingan choralar yumshatishga ko‘maklashdi. Dunyoda koronavirusdan o‘lim o‘rtacha 5 foizgacha, Yevropaning ayrim mamlakatlarida hatto yuqori. Rossiyada 1,5 foizdan 2 foizgacha, bizda taxminan 0,8-0,9 foizni tashkil etadi.

Dunyoda COVID dan o‘lim antireytingida yetakchi o‘zgardi

- Rossiya haqida. Rossiya O‘zbekistonga qanday yordam ko‘rsatdi?

- Iyul-avgust oyida respublikada Rossiya shifokorlarining ikkita brigadasi ishladi. Ular shifokorlarimiz bilan birgalikda bemorlarni davolashdi, seminarlar o‘tkazishdi. Tajriba almashindi. Bu esa shifikorlarimizga qisqa vaqtda o‘z taktikalarini takomillashtirishlariga yordam berdi.

Ha, aytgancha: bizda, Rossiyadagi kabi, COVID-19 bilan kasallangan bemorlarni davolash bo‘yicha milliy qo‘llanma ishlab chiqildi. Bir necha kun ilgari Rossiyada uning to‘qqizinchi versiya chop qilindi, biz sakkizinchisi asosida ishlayapmiz. Bu va oldingilari rossiyalik hamkasblar tajribasini inobatga holga tayyorlangan.

Rossiyalik shifokorlar missiyasi yakunlandi

- Abduhakim Mo‘minovich, pandemiya munosabati bilan O‘zbekistonda qanday davlat ko‘magi turlari paydo bo‘lgani haqida so‘zlab bersangiz.

- Hukumat 4-5 dori-darmondan iborat COVID to‘plami deb ataluvchi yordamni fuqarolarga tarqatish bo‘yicha katta ishlarni amalga oshirdi. Bunday to‘plamdan ikki milliondan ziyodi shakllantirildi. Ular bemorlar bilan muloqatda bo‘lganlar, virusning alomatsiz tashuvchilari va barcha maktab o‘qituvchilariga tarqatildi. Bu yo‘nalishdashi ishlar davom ettirilmoqda.

O‘zbekiston qachon Xitoy vaksinasini sinovdan o‘tkazishni boshlaydi - vazir Xadjibayev javobi

- Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmati respublikada xitoy vaksinasi sinovlari boshlanganini ma’lum qildi. Bu O‘zbekiston ushbu preparatni sotib olishni niyat qilganini anglatadimi?

- Butun dunyo bo‘ylab vaksina yaratish ustidan yuzdan ortiq kompaniya ish olib bormoqda, 20 gacha yaqini birinchi-ikkinchi bosqichlarini o‘tkazib bo‘lib, uchinchisini boshlamoqda. Bizga ikkita Xitoy kompaniyasi (“Anhui Zhifei Longcom Biopharmaceutical” va “Sinopharm Group” – tahr.) hamda uning ko‘magida “Sputnik V” vaksinasi yaratilgan Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi (RPFI) aloqaga chiqdi.

Yana bir guruh moskvalik shifokorlar O‘zbekistonga jo‘nab ketishdi

Xitoy kompaniyalaridan biri ("Anhui Zhifei Longcom Biopharmaceutical" – tahr.) klinik sinovlarining uchinchi bosqichini o‘tkazish uchun beg‘araz olti ming doza vaksina taklif qildi. Bu taklif qabul qilindi, preparat namunalari Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi huzuridagi Davlat markazida tekshiruvdan o‘tkazilmoqda. So‘ngra turli jins, yoshdagi fuqarolar ishtirokida sinovlar boshlanadi.

Rossiya vaksinasi haqida to‘xtaladigan bo‘lsak: hozir RFPI bilan muzokaralar olib borilmoqda. Ulardan klinik sinovlarining uchinchi bosqichini o‘tkazish uchun hech bo‘lmaganda 500 dozasini so‘radik. Agar javob ijobiy bo‘lsa, jarayon oldinga siljiydi. Agar bu yil bo‘lmasa, unda umid qilamanki, kelgusi yilning birinchi choragida klinik sinovlarni boshlash mumkin bo‘ladi. Shundan so‘ng uni xarid qilish xususida qaror qabul qilinadi.

Dunyo COVID-19 pandemiyasi ustidan qachon g‘alaba qozonadi - SSV rahbari fikri

Biz Rossiyaning koronavirusga qarshi boshqa vaksinalari borasidagi muzokaralar uchun ochiqmiz.

- Fikringizcha, dunyo bu infeksiya va pandemiya ustidan g‘alaba haqida qachon gapira boshlaydi?

- Menimcha, o‘zini hurmat qiluvchi hech bir kishi bu savolga aniq javob berishni zimmasiga olmaydi. Lekin tajribani hisobga olgan holda: o‘tgan yaqin 30-40 yil ichida bunday keng ko‘lamli pandemiya bo‘lmagan. Prognozlar, olimlar va JSST mutaxassilari fikrini inobatga olib, o‘ylaymanki, 2021-yil oxiriga qadar jarayon sustlashadi – ommaviy emlash boshlanishi bilan.