TOShKENT, 21 sen - Sputnik. O‘zbekistonda Tibbiy sug‘urta tizimini tashkil qilish boshlandi. Normativ hujjatlarni muhokama qilish portaliga Vazirlar Mahkamasining “Davlat tibbiy sug‘urtasi tizimini joriy etishga oid tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Loyihada aaytilishiga ko‘ra, dastlab Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi tashkil etiladi. Jamg‘armaning asosiy vazifasi etib quyidagilar belgilangan:
- davlat tibbiy sug‘urtasi tizimini joriy etish va boshqarish;
- aholining barcha qatlamlariga davlat tomonidan kafolatlangan tibbiy yordam ko‘rsatilishini moliyalashtirish;
- daromadlar va xarajatlar prognozi, manfaatdor vazirliklar bilan budjetni shakllantirish;
- davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar va boshqa tushumlarni jamlaydi va boshqaradi;
- sug‘urtasi dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi va ularni amalga oshirishni moliyalashtiradi;
- tibbiy xizmatlar strategik xaridlari mexanizmlarini ishlab chiqadi va davlat tomonidan kafolatlangan tibbiy yordam hajmiga kiritilgan tibbiy xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshiradi;
- davlat tibbiy sug‘urtasining yagona elektron axborot tizimi va resurslarini boshqaradi;
Qonun loyihasida 2021 yil 1-iyuldan 2022-yil yakunigacha bo‘lgan muddatda Sirdaryo viloyatida davlat tibbiy sug‘urtasi tizimini joriy etish tajriba-sinov loyihasini amalga oshirish ham aytib o‘tilgan. Bundan maqsad - tibbiy xizmatlar ko‘rsatish va sog‘liqni saqlashni moliyalashtirishning yangi moddellarini aprobatsiyadan o‘tkazish etib belgilangan.
Sirdaryo tajribasi doirasida quyidagi asosiy vazifalar belgilangan:
- sog‘liqni saqlashni moliyalashtirishning samarali mexanizmlarini hamda tibbiy xizmatlar ko‘rsatishning yangi modellarini amaliyotga tatbiq etish;
- tibbiy xizmatlar uchun to‘lovlarni jon boshiga moliyalashtirish, “davolangan holat” hamda bajarilgan ishlar natijalari bo‘yicha amalga oshirish usullarini joriy qilish;
- davlat tomonidan kafolatlangan tibbiy yordam doirasida tibbiy xizmatlar strategik xaridini amalga oshirish metodologiyasini ishlab chiqish;
- barcha darajadagi ambulator-poliklinika hamda statsionar davolash-profilaktika muassasalarida zamonaviy klinik va iqtisodiy boshqaruv mexanizmlarini yaratish;
- mutaxassislarni o‘qitish, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish orqali sog‘liqni saqlashni boshqarish, moliyalashtirish hamda tibbiy xizmatlar ko‘rsatish sohalarida kadrlar salohiyatini mustahkamlash;
- tajriba-sinov loyihasi doirasida tibbiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida integratsiyalashgan axborot tizimi va resurslarini yaratish hamda ularning uzluksiz ishlashini ta’minlash.
Loyihada kelitirilgan statistik ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda Sirdaryo viloyatida sohliqni saqlash sohasidagi vaziyat Respublika bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatgichlardan pastligi kuzatilgan. Maslan, viloyatda o‘rtacha umr davomiyligi 71,7 yilni tashkil qilgan. Respublika bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatgich - 74,6 yilni tashkil qilmoqda. Undan tashqari shifokorlar soni har 10 000 nafar aholiga nisbatan 16,4 nafarni tashkil qilgan. Respublika bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkich – 27,2 nafar.