Vazirning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan yaqin 30-40 yil ichida bunday keng ko‘lamli pandemiya bo‘lmaganini hisobga olgan holda o‘zini hurmat qiluvchi hech bir kishi bu savolga aniq javob berishni zimmasiga olmaydi.
Olimlar va JSST mutaxassislari fikriga ko‘ra, 2021 oxiriga qadar har holda koronavirus holatlari aniqlanib turadi. Lekin pandemiya jarayoni sekinlashib borishiga umid qilinmoqda.
“Aytaylik, 2021-yilning birinchi choragida ommaviy emlashni boshlaydigan mamlakatlar bor deb o‘ylamayman. Hoynahoy bu 2021-yilning ikkinchi yarmida bo‘ladi. Ommaviy emlash boshlanishi bilan esa biz dunyo tibbiyot xodimlari bosqichma-bosqich buning ustidan g‘alabaga erishamiz”, - dedi SSV rahbari Sputnik muxbiri bilan suhbatda.