Mirziyoyev: Pandemiya sharoitida ishlash va yashashga o‘rganishimiz kerak

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev provel videoselektornoe soveshanie po voprosam smagcheniya negativnogo vozdeystviya koronavirusnoy pandemii na stranu
Shavkat Mirziyoyev provel videoselektornoe soveshanie po voprosam smagcheniya negativnogo vozdeystviya koronavirusnoy pandemii na stranu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Epidemiologik vaziyat ijobiy tomonga o‘zgarganidan foydalanib, biz iqtisodiyotimizda karantin rejimini asta-sekin yumshatmasak bo‘lmaydi”, - dedi prezident.

TOShKENT, 5-may — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev videoselektor yig‘ilishi avvalida koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash doirasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ishlarga alohida to‘xtalib o‘tdi.

Mirziyoyev jahonda murakkab vaziyatdan chiqish uchun karantin choralarini asta-sekin yumshatayotgan davlatlar soni ko‘payib borayotganini qayd etdi.

Sentr Andijana - Sputnik O‘zbekiston
Andijonda karantin choralari yumshatilmoqda

Prezident bugungi kunda mamlakatda koronavirus yuqtirgan 2 ming 204 nafar bemordan 1 ming 454 nafari yoki 66 foizi to‘la sog‘ayganiga urg‘u berdi.

Ta’kidlanishicha, karantindagi aholining 83 foizi o‘z uyiga qaytdi. Ya’ni, ijobiy sur’ati kuchayib bormoqda. Shifoxonalarda qolayotgan 740 nafar bemorni davolash, salomatligini tiklab, oilasi bag‘riga qaytarish uchun barcha zarur choralar ko‘rilmoqda.

Davlat rahbari bu ishlar osonlikcha bo‘lmayotganini ta’kidladi. Hozirga qadar bunga Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasidan 2 trillion 250 milliard so‘m sarflangani va 500 million dollar xalqaro moliya institutlaridan jalb qilinganini eslatdi.

“Bugungi kunda butun dunyoda hech kim pandemiya yana qancha davom etishini bilmayapti. Shu sababli, qanchalik qiyin bo‘lmasin, xalqimiz bilan birga pandemiya sharoitida, barcha talablarga amal qilgan holda, ishlash va yashashga o‘rganishimiz kerak. Epidemiologik vaziyat ijobiy tomonga o‘zgarganidan foydalanib, biz iqtisodiyotimizda karantin rejimini asta-sekin yumshatmasak bo‘lmaydi. Chunki bu tartib iqtisodiyotimiz rivojiga va aholimiz hayotiga juda katta salbiy ta’sir qilmoqda”, - dedi prezident.

Shuningdek, u fermer va tadbirkorlarga qulaylik yaratish uchun karantin talablarini yumshatish bo‘yicha dastlabki qadamlar qo‘yilganini eslatdi.

Yangiliklar lentasi
0