O‘zbekiston qachon Xitoy vaksinasini sinovdan o‘tkazishni boshlaydi - vazir Xadjibayev javobi

© RFPI i Sentr imeni Gamalei / Mediabankka o‘tishSotrudnitsa laboratorii
Sotrudnitsa laboratorii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xitoy vaksinalari namunalari hozirda O‘zbekistondagi farmqo‘mitasida zarur sinovlardan o‘tkazilmoqda, dedi vazir

TOShKENT, 28 noya - Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Xitoy vaksinalari namunalari hozirda mamlakat farmqo‘mitasida zarur sinovlardan o‘tkazilmoqda. Ushbu sinovning yakuni bo‘yicha uchinchi faza sinovlari odamlarda boshlanadi, dedi O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vaziri Abduhakim Xadjibayev Sputnik O‘zbekiston muxbiri bilan suhbatda.

Proizvodstvo vaksini ot COVID-19 na farmatsevticheskom zavode Binnofarm - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Xitoy bilan birgalikda vaksina ishlab chiqishda ishtirok etadi

"Pandemiya bilan qamrab olingan aksariyat davlatlar singari O‘zbekiston ham aholi vaksinatsiyasi borasida o‘ylamoqda. Bilamizki, dunyo bo‘yicha 100dan ortiq kompaniyalar vaksinalar ishlab-chiqarilishi ustida ish olib bormoqda. Yigirmaga yaqin kompaniyalar birinchi va ikkinchi faza tadqiqotlarini amalga oshirdilar va hozirda uchinchi faza ustida ish olib borishga tayyorgarlik ko‘rishmoqda. Xitoyning ikki kompaniyasi va Rossiyadan Sputnik V vaksinasini ishlab chiqaruvchi kompaniyasi bizga murojaat bilan chiqdi. Xitoy kompaniyalaridan biri bepul asosda bizga klinik sinovlarning 3 fazasini o‘tkazish uchun 6 000 oza preparatni taqdim etishni taklif etmoqda. Hozirda ushbu taklif qabul qilingan va Xitoy vaksinalari namunalari hozirda mamlakat farmqo‘mitasida zarur sinovlardan o‘tkazilmoqda. Ushbu sinovning yakuni bo‘yicha uchinchi faza sinovlari odamlarda boshlanadi", - dedi SSV rahbari Xadjibayev.

Eslatib o‘tamiz, ilgariroq Xitoy Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya instituti tomonidan tayyorlangan vaksina sinovining uchinchi bosqichi O‘zbekistonda o‘tkazilishi ma’lum qilingan edi.

Vaksina "Anhui ZhifeiLongcom Biopharmaceutical" kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan va ayni vaqtda O‘zbekistonga olib kelingan.

Yangiliklar lentasi
0