Lukashenko bayonoti: ODKB, jangarilar va rangli inqiloblar haqida

Lukashenko o‘z chiqishi davomida chegarachilarga Belarus hududiga jangarilar, fitnachilar va qurol kirib kelishining oldini olish topshirig‘ini buyurgan.
Sputnik

TOShKENT, 22 avg - Sputnik. Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Grodno shahridagi miting vaqtida mamlakatdagi siyosiy vaziyat, ish tashlashlar, mitinglar haqida o‘z fikrlarini bildirdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Lukashenko hokimiyatni saqlab qolish uchun keskin harakat qiladi - Koshkin

Xususan, Belarus yetakchisi dushanbadan kundan boshlab zabastovka uyushtirayotgan korxonalarni yopishni buyurgan. "U yoqqa kimni taklif qilishni keyin hal etamiz", - degan prezident.

Lukashenko o‘z chiqishi davomida chegarachilarga Belarus hududiga jangarilar, fitnachilar va qurol kirib kelishining oldini olish topshirig‘ini buyurgan.

Shuningdek, Belarus yetakchisi o‘z chiqishi davomida agar u prezident vazifasini bajarishdan to‘xtaganida, respublikani "sindirib, parchalab, tuflab tashlagan" bo‘lishlarini aytgan.

Putin va Lukashenko Belarusdagi vaziyatni muhokama qildi

"Bugun masala Lukashenkoda emas. Men (prezidentlik - tahr.) bu nonni yeb to‘yganman. Lekin bir daqiqaga Lukashenkoni yo‘q, deb tasavvur qiling. Hozir yo‘q, deb. Tasavvur qilyapsizmi, g‘arbiy chegarada bugun kim qo‘mondonlik qilgan bo‘lishini? Tasavvur qiling, mudofaa vaziri kim oldida gerdayib turib, hisob berishini. Biz siz bilan bu maydonda xo‘jayin bo‘lmas edik, bizni sindirishardi, maydalashardi va tupurib tashlashardi", - dedi Lukashenko.

Belarus yetakchisi prezident saylovidan keyin mamlakatda yuz bergan tartibsizliklar tashkilotchilari belaruslar emas, chet elliklar bo‘lganini ma’lum qildi.

"Chegaradan har-xil odam o‘tadi... Kelishdi, bayroqlarni silkitishdi, qiy-chuv ko‘tarishdi, sizlarni tartibsizliklarga da’vat qilishdi. Tartibsizliklarni yuzaga keltirganlar - grodnoliklar, belaruslar emas. Ular u yoqda - Varshavaga, Vilnyusga yaqin joyda o‘tirishibdi", - deb bayonot qildi belarus prezidenti.

AQSh nima sababdan Belarusga qarshi sanksiyalar haqida o‘ylanib qoldi?

U shuningdek, prezident lavozimiga muqobil da’vogarlar "qayoqqa qarab qochganiga" e’tibor qaratdi. "Axir ularni hech kim siquvga olgani yo‘q, Belarusdan quvgan emas, ularning o‘zlari, ayrimlari, men ularni qutqarishimni iltimos qilgan edi. Ayrimlari RF va Ukrainani aylanib kelib, u yoqda (G‘arbda - tahr.) qo‘nim topdilar. Axir biz ko‘r emasmiz, ko‘rapmizku, nimalar bo‘layotganini?", - deb davom etdi Lukashenko.

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko ODKBga a’zo-davlatlar "respublikani tahqirlashga yo‘l qo‘ymaslik" pozitsiyasini egallaganliklarini, ammo Minsk masalani o‘zi hal etishini, biroq ko‘mak uchun minnatdorligini aytib o‘tdi.

"Men sizlarni ogohlantirish barobarida, eslatib o‘tmoqchiman: bu faqat bizning chegaramiz emas, Bu Ittifoqdosh davlat chegarasi, ODKB chegarasi. Javob ham shunga yarasha bo‘ladi", - dedi Lukashenko.

"Aybdorni topishdi: Polsha Belarusdagi protestlarda "Moskva qo‘lini" ko‘rdi

Shuningdek, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko mamlakatdagi vaziyat "rangli inqiloblar rejasi bo‘yicha" rivojlanayotganiga ishora qilgan.

"Taxmin qilganimizdek, barchasi rangli inqiloblar rejasi bo‘yicha amalga oshmoqda: mamlakat ichki siyosiy holatini qo‘zg‘atishga harakatlar bo‘lyapti. Bu yerda tashqi omillar ham ishga jalb qilingan", - dedi prezident.

Belarus prezidenti mamlakat harbiy qo‘mondonligiga, respublikaning hududiy yaxlitligini saqlab qolish maqsadida "eng qat’iy choralarni ko‘rishni" buyurgan.

Lukashenko, eng avvalo markazi Grodno shahri bo‘lgan mamlakatning g‘arbiy gavharini himoyalash zarurligini alohida ta’kidlab o‘tgan.

"Xaosni ko‘rishni xohlamaymiz": Xitoy Belarusdagi vaziyat bo‘yicha bayonot berdi

Sal oldinroq OAVlar Belarus 28-31 avgust kunlari grodno yo‘nalishida kompleks taktik o‘quvlarni o‘tkazishni rejalashtirayotgani haqida xabar berishgan edi.

Belarus bo‘ylab norozilik aksiyalari 9-avgustdan keyin, mamlakatda bo‘lib o‘tgan prezident saylovlarida oltinchi marotaba 80,1% ovoz bilan Lukashenko g‘olib bo‘lganidan so‘ng boshlangan edi. Oppozitsiya fikricha, saylovlarda Lukashenko emas, Svetlana Tixanovskaya g‘alaba qozongan. Birinchi kunlarda aksiyalar kuch tuzilmalari tomonidan bostirildi, natijalarga qarshi bo‘lgan protest ishtirokchilariga nisbatan ko‘z yosh keltiruvchi gaz, vodomet, shovqin granatalari, rezina o‘qlar qo‘llanildi. So‘ngra huquq-tartibot organlari mitinglarni tarqatishni va kuch ishlatishni to‘xtatdi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, ilk kunlarda 6,7 ming kishi qo‘lga olingan. Respublika IIV ma’lumotlariga ko‘ra, tartibsizliklar davomida yuzlab odamlar jabrlangan, ular orasida 120 dan ortiq huquq-tartibot organlari xodimlari ham bor. Uch nafar protest qatnashchilari halok bo‘lganlar.