Lukashenko hokimiyatni saqlab qolish uchun keskin harakat qiladi - Koshkin

© SputnikAndrey Koshkin
Andrey Koshkin - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Harbiy siyosatshunos, Rossiya iqtisodiyot universiteti siyosatshunoslik va jamiyatshunoslik kafedrasi mudiri Andrey Koshkin Belarusdagi vaziyat yuzasidan izoh berdi.

Sputnik Litva radiosi efirida u Latviya, Litva, Polsha va Ukraina asta-sekin Belarusga nisbatan o‘z tashqi siyosiy xatti-harakatlarning trayektoriyasini belgilab olishganini ma’lum qildi.

"Ko‘rinib turiptiki, bu davlatlar muxolifatni qo‘llab-quvvatlagan holda, o‘zlari aytmish "Lukashenko rejimi"ga qarshi birlashdilar. Vaziyat aslida juda jiddiy, ammo ekspertlar va siyosiy rahbarlar Belarusdagi muxolifat elementlarini yuqorida aytib o‘tilgan mamlakatlarning tegishli siyosiy kuchlari nazorat, signal berib himoya qilishayotganini aytishmoqda. Bunday qarama-qarshilikda, tabiiyki, Lukashenko hokimiyatni saqlab qolish uchun ancha keskin baxolar berib, harakatlarni amalga oshiradi", - dedi Koshkin.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya hukumati Belarusning ichki ishlariga aralashish rejalari ritorika va tayyorgarlik ko‘rish darajasida qolib ketishiga umid qilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0