"Aybdorni topishdi: Polsha Belarusdagi protestlarda "Moskva qo‘lini" ko‘rdi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishProtesti v Belarusi
Protesti v Belarusi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Polsha Belarusda yuz berayotgan hodisalar tufayli Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritilishini talab qildi. Sputnik radiosi efirida MDH mamlakatlari instituti Belarus bo‘limi katta ilmiy xodimi Yuriy Baranchik ushbu taklif bilan polshalik siyosatchilar o‘zlarini fosh qilganini aytdi

Polshada Belarusda prezident saylovlaridan keyin tinmayotgan norozilik namoyishlari tufayli Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritish taklif qilindi. Ushbu tashabbus mamlakatning Yevropa parlamenti deputati Yatsek Sariush-Volskiy tomonidan ilgari surildi.

Prezident saylovidan so‘ng Minskda namoyishlar davom etmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Barrikada va shovqinli granatalar: saylovdan so‘ng Minskda tartibsizliklar avj oldi

Sal oldin YeI tomonidan Belarusda sodir bo‘layotgan voqealar munosabati bilan Minskka qarshi sanksiyalar qo‘llash imkonini ko‘rib chiqish haqida fikrlar bildirilgan edi.

"Yevropa Ittifoqi amalga oshirishi mumkin bo‘lgan ishni Polsha taklif qilishi mumkin edi, – bu sanksiyalarni Belarusga emas, Rossiyaga yo‘naltirish taklifi. Chunki bu qo‘lni emas, qilichni jazolashga o‘xshayapti. Agar Rossiya aralashuvi va hatto anneksiyasi rolini neytrallashtirsak, fikrimcha, belaruslar demokratiya qurish masalasini o‘zlari eplaydilar", deb bayonot qilgan Sariush-Volskiy Polsha radiosi efirida.

U shuningdek, Belarusdagi hodisalarga Yevropa Ittifoqi unchalik keskin munosabat bildirmaganidan taassufdaligini aytgan.

"Agar Yevropa Ittifoqida hokimiyatga ega bo‘lganlar qaysidir ma’noda bu Rossiya ta’siridagi hudud, deya Belarusdagi demokratik harakatlarni, qo‘llab-quvvatlashdan ustun qo‘ymaganida edi, Belarusda yuz berayotgan hodisalarga munosabat mutlaqo boshqacha bo‘lardi", - degan deputat.

Uning fikricha, Yevropa Ittifoqining Belarusdagi voqealarga munosabati "yetarli emas, ma’lum ma’noda sharmandali va kutilgan darajada dadil emas".

Sariush-Volskiy bildirgan fikrlarni Polsha milliy mudofaa vaziri Mariush Blashchak qo‘llab-quvvatlagan. Blashchak Belarusdagi voqealar Germaniyani "Shimoliy oqim-2" gaz quvuri qurilishiga bo‘lgan munosabatni qayta ko‘rib chiqishga undashini istamoqda.

"Umid qilamanki, Rossiya bilan biznes ozod dunyo manfaatlariga mos kelmasligini ular yana bir marta o‘ylab ko‘radi, ayniqsa, Germaniya", – deb bayonot qilgan Blashchak.

Sputnik radiosi efirida MDH mamlakatlari instituti Belarus bo‘limi katta ilmiy xodimi Yuriy Baranchik polshalik siyosatchilar ushbu taklif bilan Belarusdagi ommaviy tartibsizliklar ortida aslida kim turganini fosh qilishganini aytdi.

Kakim mi zapomnili vecher 9-avgusta? Video protestov v Minske - Sputnik O‘zbekiston
Minskdagi tartibsizliklar: saylovlardan keyin nimalar yuz berdi - video

"Ushbu taklif - jinoyatchi o‘z harakatlari o‘zini tutib berishi turkumidan bo‘ladi. Axir, Belarusdagi protestlar G‘arb, xususan Polsha tomonidan uyushtirilgani allaqachon ayon. Agar Belarus prezidentligiga nomzod bo‘lolgan va bo‘lolmagan shaxslarning qayerga qochayotganiga e’tibor beradigan bo‘lsak, ular G‘arbga ketayotganini ko‘rish mumkin. (Svetlana) Tixanovskaya, misol uchun, Litvaga ketdi. Bularning hammasini Polsha muvofiqlashtirmoqda. Varshavada joylashgan Nexta kanali juda katta axborot faoliyatini amalga oshirmoqda. Buning uchun maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan, kontentni yaxshi tushunadigan va uni tarqatish uslublarini biladigan katta jamoa zarur. Shunday qilib, kimning telpagi yonayotgani ayon", - dedi Yuriy Baranchik.

Belarusda 9-avgustda bo‘lib o‘tgan prezident saylovida amaldagi rahbar Aleksandr Lukashenko g‘olib bo‘lgach, butun mamlakat bo‘ylab ko‘p sonli norozilik namoyishlari boshlandi. MSK ma’lumotlariga ko‘ra, Lukashenko 80,08 foiz ovoz olgan. Yakshanba kunidan beri norozilik aksiyalari davom etmoqda, ammo kuchishlatar idoralar tomonidan ular qat’iyan bostirilmoqda.    

Yangiliklar lentasi
0