"Xaosni ko‘rishni xohlamaymiz": Xitoy Belarusdagi vaziyat bo‘yicha bayonot berdi

© Sputnik / Viktor Tolochko / Mediabankka o‘tishAksiya protesta v Minske posle prezidentskix viborov
Aksiya protesta v Minske posle prezidentskix viborov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xitoy Belarusdagi joriy vaziyatning rivojlanishini diqqat bilan kuzatmoqda. Xitoy TIV Belarus ishlariga tashqi kuchlarning aralashishiga qarshi ekanligini bildirdi.

TOShKENT, 19 avg - Sputnik. Xitoy Belarus ishlariga tashqi kuchlarning aralashishiga qarshi, mamlakatlarni strategik sheriklik bog‘lab turibdi, deb bayonot berdi XXR TIV rasmiy vakili Chjao Liszan.

"Xitoy va Belarusni har tomonlama strategik sheriklik munosabatlari bog‘lab turadi, biz bir-birimizga ishonamiz va o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirmoqdamiz. Belarus xalqi o‘z mamlakatidagi vaziyatdan kelib chiqqan holda tanlagan rivojlanish yo‘lini, shuningdek, o‘z mustaqilligi, suvereniteti, xavfsizligi va rivojlanishini himoya qilish borasidagi sa’y-harakatlarini hurmat qilamiz", - dedi u.

Chjao Liszanning ta’kidlashicha, Xitoy Belarusdagi joriy vaziyatning rivojlanishini diqqat bilan kuzatmoqda.

"Yaxshi do‘st va hamkor sifatida biz Belarusda xaosni ko‘rishni xohlamaymiz, biz tashqi kuchlar Belarus jamiyatida parchalanish va tartibsizliklarni keltirib chiqarishiga qarshimiz", - TIV vakili so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltiradi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, noroziliklarning dastlabki kunlarida 6,7 mingdan ortiq odam hibsga olindi. Respublika IIV xabar berishicha, tartibsizliklar paytida yuzlab odamlar jarohatlandi, ulardan 120 nafari huquq-tartibot xodimlari. Belarus SSVning ma’lumotlariga ko‘ra, 2 namoyishchi halok bo‘ldi.

Yangiliklar lentasi
0