Putin va Lukashenko Belarusdagi vaziyatni muhokama qildi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin provel vstrechu s premyer-ministrom RF M. Mishustinim
Prezident RF V. Putin provel vstrechu s premyer-ministrom RF M. Mishustinim - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Belarusda vaziyat keskinlashishi va tashqi tahdidlar yuzaga kelgan taqdirda ikki davlat rahbarlari KXShT shartnomasiga muvofiq javob berishga kelishib oldilar.

TOShKENT, 16 avg — Sputnik. Yakshanba kuni Rossiya va Belarus prezidentlari telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Belarus prezidentining matbuot xizmati xabar qildi.

Vladimir Putin i Aleksandr Lukashenko na zasedanii VGS - Sputnik O‘zbekiston
Lukashenko Putinga qo‘ng‘iroq qilib, namoyishlarni muhokama qilmoqchi

“Aleksandr Lukashenko va Vladimir Putin Belarusdagi vaziyatni muhokama qildi. Rossiya prezidenti mamlakatimizdagi vaziyat yuzasidan o‘z qarashlarini bildirdi”, - deyilgan xabarda.

Suhbat davomida barcha dolzarb masalalar bo‘yicha maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tdi. Prezidentlar "tashqi tahdidlar nuqtayi nazaridan vaziyat yomonlashsa, tomonlar Kollektiv xavfsizlik shartnomasida ko‘zda tutilgan qoidalarga muvofiq birgalikda harakat qilishga" kelishib oldi.

"Aleksandr Lukashenko Belarusdagi prezidentlik saylovlaridan keyin yuzaga kelgan vaziyat haqida ma’lumot berdi. Ikkala tomon ham yuzaga kelgan barcha muammolar tez orada hal qilinishiga ishonch bildirdi", - deyiladi Kreml bayonotida.

Minsk va Moskva vayronkor kuchlar mavjud muammolardan foydalanmasliklari kerak degan fikrni bildirdi. Chunki ular Ittifoq davlati doirasidagi ikki tomonlama hamkorlikka zarar yetkazmoqchi.

"Bir kun oldin Belarusa hibsga olingan 32 nafar fuqaroning Rossiyaga qaytishi munosabati bilan ushbu masala bo‘yicha tegishli idoralarning yaqin hamkorligi ijobiy baholandi", - deb ta’kidlandi Rossiya prezidenti matbuot xizmati.

Yangiliklar lentasi
0