Bu muammoni faqat ODKB(KXShT) va ShHT davlatlari salohiyatini faol jalb qilgan holda, o‘zaro ko‘pqirrali hamkorlik formatida hal qilish mumkin.
Afg‘onistonning asosiy avtomagistrallarida iyul oyi boshida toliblar tajovuzi keskin oshdi va kuch tuzilmalari bu holatga samarali qarshilik ko‘rsata olmaydilar. Terrorchilar o‘zaro uyushgan va qurollangan. Mamlakat shimolida amerikaning zamonaviy, o‘q uzish masofasi 1 800 metrgacha bo‘lgan o‘z-o‘zini zaradlovchi 12,7-mmli Barrett M82 snayper miltiqlaridan foydalanganlik holatlari qayd etildi. Bu holat esa Afg‘oniston poytaxti Qo‘shma Shtatlar bilan tinchlik bitimi majburiyatlarini bajarmaydigan "Tolibon"ning qattiq qamali ostida ekanligini anglatadi.
Abdul Rashid Do‘stum iyul oyi boshida Afg‘oniston tarixida uchinchi marshalga aylandi (shoh Vali Xon va Muhammad Qosim Faximdan tashqari), ammo bu tayinlov g‘alabalar sonini ko‘paytirmadi.
Afg‘oniston kuch tuzilmalari 22-iyun kuni 19-yil davom etgan harbiy harakatlar davomida ma’lum bir vaqt mobaynida yuz bergan eng katta yo‘qotishlar haqida bayonot berishdi: bir hafta ichida toliblar 32 provinsiyada 422 ta hujumni amalga oshirib, 290 dan oshiq harbiy xizmatchi va politsiyachilarni o‘ldirganlar.
Bundan tashqari, 42 nafar tinch aholi, shu jumladan, ayollar va bolalar halok bo‘lgan. Sal oldin (19 iyun kuni) AQSh Markaziy qo‘mondonligi rahbari general Kennet Makkenzi Qo‘shma Shtatlar toliblar bilan fevral oyida imzolagan bitim doirasida o‘z majburiyatlarini bajarib, Afg‘onistondagi qo‘shinlari sonini 8600 nafargacha qisqartirgani haqida ma’lum qildi. Terrorchilar faollashuvi amerika qo‘shinlari chiqarilishi bilan bog‘liqligi aniq. Shu bilan birga, NATOning "Qat’iy ko‘mak" missiyasi vazifalari bajarilmagan. Amerikaliklar tomonidan Afg‘onistonning milliy xavfsizlik kuchlari tayyorgarligiga milliardlab dollar sarflangan bo‘lsa-da, bu harakatlar samara bermadi. 2001-yilda "Mustahkam ozodlik" operatsiyasi o‘tkazilganidan buyon afg‘on geroinining ishlab chiqarilishi ko‘lami o‘n karra oshdi va dunyoda giyohvand moddalar noqonuniy aylanmasining 80%dan ortig‘ini tashkil qildi. Toliblar hukumatni kuch bilan bosib olishga intilmoqda, "Al-Qoida" jangarilarini yashirib, Afg‘oniston va Markaziy Osiyo mamlakatlari hududida terrorchilik tashkilotlari rivojlanishi va kuchayishiga hissa qo‘shmoqda.
Qarama-qarshi hamkorlik
Pentagon toliblar harakati Afg‘onistondagi barqarorlikning bosh xatari bo‘lib qolayotganini tan oladi. AQSh harbiy idorasi iyul oyidagi dokladda toliblar harakatiga salbiy baho bergan, ularning Al-Qoida bilan aloqasi ta’kidlab o‘tilgan: "Al-Qoida"ning mintaqaviy filiali – AKIS – uzluksiz ravishda "Tolibon"ning quyi zvenosi rolini bajarib keladi va unga afg‘on hukumatini yo‘q qilish bo‘yicha intilishlarida yordam beradi, shuningdek, mintaqadagi AQSh kuchlari va g‘arb maqsadlariga bo‘lgan hujumlarga doimiy qiziqishni qo‘llab-quvvatlab keladi. Har holda "Tolibon" ushbu dokladni propagandistik va asossiz, deb atadi. Chiqarilgan amerika qo‘shinlari ortga qaytishi dargumon. Afg‘onistondagi tinchlik jarayoni katta ehtimol bilan virtual loyiha, koalitsiya hukumati esa - erishib bo‘lmas ideallik ramzi bo‘lib qoladi.
Pentagonning "Tolibon" bilan birodarlashuvi qanday yakun topadi?
Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani "Men afg‘on xalqiga xizmat qilaman, toliblar xohishiga emas", deya vaqtinchalik hukumat foydasiga lavozimni tark etish imkoniyatini rad etmoqda. Afg‘oniston milliy yarashuv bo‘yicha Oliy kengashi rahbari Abdulla Abdulla yaqinda "Tolibon" harakati ishtirokida vaqtinchalik hukumatni shakllantirish masalasi qurollangan mojaro tomonlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot tashabbusi bilan chiqqan taqdirda ro‘y berishi mumkinligini aytdi.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot esa o‘zaro asirlar almashinuvi jarayoni yakunlangach boshlanishi lozim.
Jarayon mantiqiy yakuniga yetishdan yiroq, va boshi berk ko‘chaga kirib qolgan, axir "Tolibon" ozod etishni talab qilayotgan jangarilar ro‘yxatida "Al-Qoida", "Lashkar-i-Tayba" va boshqa terrorchilik tashkilotlari a’zolari nomlari keltirilgan.
Afg‘on hukumati 4 015 mahbuslarni ozodlikka chiqardi va o‘ta og‘ir jinoyatlar uchun sud qilingan 597 nafar mahbusni chiqarmoqchi emas. Misol uchun, ular orasida - Qobuldagi Germaniya elchixonasida portlash tashkilotchilari bor, ushbu terakt oqibatida 150ga yaqin inson halok bo‘lgan. "Tolibon"ga yaqin manbalarning ta’kidlashicha, nomma-nom keltirilgan 5000 mahbusning ozodlikka chiqarilmasidan afg‘onlararo muzokaralar boshlanishidan umid qilish kerak emas.
O‘zbekiston va Tojikistondagi tayanch nuqtalari
Vashington Afg‘oniston uchun tayanchni, afg‘on turbulentligi ularning xavfsizligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xavf soladigan chegaradosh Markaziy Osiyo davlatlaridan izlamoqda. Iyul oyi boshida AQShning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zalmay Xalilzod va AQSh Xalqaro taraqqiyotni moliyalashtirish korporatsiyasi rahbari Adam Boyler Toshkentga tashrif uyushtirdilar.
Mahalliy hukumat bilan Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish istiqbollari, O‘zbekistonda investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish uchun DFC moliyaviy mablag‘larini jalb qilish masalalari muhokama qilingan. Sal oldin Xalilzod Pokiston va Qatarda bo‘lib, u yerda ham Afg‘onistondagi tinchlik muzokaralari jarayonini qo‘llab-quvvatlash masalalarini muhokama qilgandi.
Shu bilan bir qatorda Toshkentda o‘zbek jihodchilari faolligi kuzatilmoqda - DXX va IIV xodimlari 30-iyun kuni "Tavhid va jihod katibasi" xalqaro terroristik tashkilotining "jihodga" tayyorlanayotgan 11ta tarafdori faoliyatiga chek qo‘ydi.
Oradan to‘rt kun o‘tib respublikada "Jihodchilar" ekstremistik oqimining ikkita yashirin guruhlari, jami 25 kishi faoliyatiga chek qo‘ydi.
Ehtimol, toliblar bilan tinchlik muzokaralari va Afg‘oniston iqtisodiyotiga investitsiya loyihalari qachonlardir ishtirokchilarga dividendlar olib kelar ham. Shunday bo‘lsada, bugungi kunda ODKB va ShHT singari "tayanch nuqtalari" foydaliroq. Birinchi galda Afg‘oniston hududidan qo‘shnilar territoriyasiga muqarrar xavf tug‘dirayotgan terroristik faollika kuch bilan javob qaytarish davlatlararo salohiyatini rivojlantirish lozim. ID strategiyasi ekspansiyani ko‘zda tutadi. Markaziy Osiyo respublikalaridan bo‘lgan 4200 nafar jihodchilar Iroq va Suriyada jangovar tajriba orttirdilar.
Amerikaning Soufan Group kompaniyasi dokladiga muvofiq, terroristik tashkilotlar tomonidan Yaqin Sharqda amalga oshirgan jangovar harakatlarda 2018-yilda 1 300ga yaqin tojik, 1 500 o‘zbek, 500 qozoq va 500 qirg‘iz fuqarolari ishtirok etishgan. Bu odamlarning aksariyati yangi "qahramonliklar"ga tayyorligi ehtimoldan holi emas.
Ta’kidlash muhimki, O‘zbekistonning mudofaa va xavfsizlik sohasidagi mustahkam pozitsiyalari asosan Rossiya Federatsiyasi va MDHdagi boshqa davlatlar bilan harbiy va harbiy-texnikaviy hamkorlik tufayli yaratilgan.
Markaziy-Osiyo mintaqasidagi barqarorlik ODKB kuchlari: tezkor yoyiladigan kollektiv kuchlar (10 dan ortiq batalonlar) va tezkor javob qaytaruvchi kollektiv kuchlar (maxsus bo‘linma tarkibidagi 22 ming harbiy xizmatchilar) tomonidan muntazam ta’minlanadi. O‘zbekiston ODKBga a’zo emas, ammo shunday bo‘lsada, ushbu "xavfsizlik gumbazi" ostidadir. Kuch tuzilmalarining ko‘pmillatli kontrterroristik hamkorligi muntazam rivojlanadi. Sal oldin O‘zbekiston va Tojikiston "Sheriklik-2020" deb nomlangan harbiy hamkorlik to‘g‘risida ikkiyoqlama bitimni imzolagan edi.
Tojikistonda joylashgan Rossiyaning 201-harbiy bazasi o‘z harbiy imkoniyatlarini doimiy ravishda kuchaytirib va oshirib boradi. Motoo‘qchilar bo‘linmalari muhim obyektlarni minalashtirilgan dushman avtomobillari hujumlaridan himoya qilish mashg‘ulotlarini muntazam amalga oshirib keladi.
"Jihodchilar"ning taktik harakatlariga "Orlan-10" uchuvchisiz uchish qurilmalari va broneurallarda joylashgan "ZU-23" mobil zenit qurilmalari yordamida chek qo‘yiladi. Bu ishlar hatto tungi vaqtlarda ham tegishli pritsel va priborlar yordamida amalga oshiriladi.
Mobil guruhlar tog‘da joylashgan Lyaur poligonida pozitsiya mudofaasidan hujumga o‘tishni, ortga tisarilayotgan dushmanni ta’qib qilish va yo‘q qilishni o‘rganadilar.
Markaziy Osiyo strategik yo‘nalishida 2020-yilda Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkiloti (KXShT) davlatlari qurolli kuchlarining 40 ga yaqin qo‘shma mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tadi. Bir nechta davlatlar hududlarida 20dan ortiq poligonlardan foydalaniladi.
Bundan tashqari, avgust oyida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo sakkiz davlatning 10 mingdan ziyod harbiy xizmatchilari keng ko‘lamli "Tinchlik missiyasi-2020" aksilterror mashg‘ulotlarida ishtirok etadilar. Terrorchilar bilan muvaffaqiyatli "muzokaralarning" real va almashtirib bo‘lmaydigan instrumentlari mana shundan iborat. Ammo g‘arblik "sheriklar" ba’zida Rossiyaning mintaqaviy rolini (ODKB va ShHT) boshqacha mazmunda ko‘rsatishga harakat qilishadi.
G‘alati voqea
Amerika jurnalistlari xavf-xatarni pisand qilmagan holda 6-iyul kuni allaqanday Rahmatulla Aziziyni topish uchun afg‘onistonning Qunduz provinsiyasiga keladilar. Aziziyni The New York Times nashri iyun oyida "rossiyalik agentlar" va "Tolibon" o‘rtasida vositachi deb atagan edi. Eslatib o‘taman, NYT versiyasiga ko‘ra, Rossiya razvedkasi toliblarga amerika harbiylari qotilligi uchun pul to‘lagan bo‘lishi mumkin. Tabiiyki, Aziziyni topishning imkoni bo‘lmadi. Qunduzda u haqda hech kim hatto eshitmagan bo‘lib chiqdi. Sal oldin "Tolibon": Islom amirligining 19-yillik jihodi allaqanday razvedka organi yoki chet davlatning sadaqasiga muhtoj emas", deya o‘z e’tirozini bildirgan edi.
AQSh HK Markaziy qo‘mondonligi rahbari general Kennet Makkenzi 8-iyul kuni milliy razvedkadan Rossiyaning toliblar bilan ehtimoliy til biriktiruvi haqida xabarlar kelib tushganligi haqida bayonot berdi. Ammo bu xabarlar yetarlicha asos bazasiga ega emasdi. Makkenzining ta’kidlashicha, toliblar ko‘p yillar davomida amerikalik askarlarga hujum uyushtirib keladi The New York Timesdagi maqolalar Afg‘onistonda amerika qo‘shinlari xavfsizligini ta’minlash algoritmini o‘zgartira olmagan.
So‘nggi yillarda Rossiyaning Markaziy Osiyoda ijobiy ta’siri ortgan, va bu G‘arbdagi eng tor doirada mintaqaviy muammolarni o‘z foydasiga "tartibga solib turishni" istovchi alohida kuchlarga yoqmayapti. Ammo Afg‘onistondagi urush va tinchlik masalalari ustidan monopol nazorat o‘tmishda qolmoqda. RF Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev seshanba kuni bejizdan: "Rossiya va amerika maxsus xizmatlari keng ko‘lamli yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlik qiladilar. Terrorizmga qarshi kurash - aniq amaliy natijalar bor sohadir", deya ta’kidlamadi. Murakkab masalalar faqatgina hamkorlikdagi xalqaro urinishlar bilan hal etiladi. Afg‘on yo‘nalishida ODKB va ShHTga a’zo har bir davlatning o‘rni beqiyosdir.