MDH, ShHT va KXShT orasida uch tomonlama hamkorlikning asosi yaratilmoqda

© AP PhotoFlagi stran-uchastnis ShOS
Flagi stran-uchastnis ShOS - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti ShHT va MDH bilan ikki va uch tomonlama hamkorlikni rivojlantiradi.

TOShKENT, 27-may - Sputnik. Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkilotiga a’zo davlatlar xavfsizligiga tahdidlar oshib bormoqda, dedi KXShT bosh kotibi Stanislav Zas ushbu tashkilotning tashqi ishlar vazirlari kengashining videokonferensiya shaklida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishidan keyin.

Prezident RF V. Putin prinimayet uchastie v zasedanii Soveta glav gosudarstv – chlenov ShOS v Bishkeke - Sputnik O‘zbekiston
Putin ShHT sammitini kuzga ko‘chirdi

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu "bo‘yoqlarni qandaydir sun’iy to‘qlashtirilishi yoki qadr-qimmatlarni keskinlashtirish emas" - "haqiqat shunday achchiqdir" va bu ham hisobga olinishi kerak.

Bunday vaziyatda KXShT a’zolari xavfsizligini ta’minlash uchun boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirishlari kerak - Zas ta’kidlaganidek, bunday fikrni Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bildirdi.

KXShT bosh kotibi so‘nggi yillarda katta ishlar amalga oshirilganini va MDH bilan  harbiy sohada va ShHT bilan terrorizmga qarshi kurashda amaliy hamkorlik tashkil etilganini eslatdi, deb yozadi Sputnik Belarus.

"Biz o‘tgan yildan bunday uch tomonlama hamkorlikning asosini yaratishni boshladik. Ikki tomonlama hamda uch tomonlama hamkorlikni ham rivojlantirib oldinga harakatlanishimiz kerak, - dedi Stanislav Zas. Va biz MDH va ShHTning yuqori martabali mulozimlari bu kabi hamkorlikni barcha tashkilotlarimiz uchun afzalliligini tushunayotganidan mamnunmiz. Bu kelgusi oldinga harakat uchun ajralmas shartdir".

To‘liq sharhni audiofaylda tinglang.

Zas: ugrozi stranam ODKB — realnost, a ne "sgushenie krasok"
Yangiliklar lentasi
0