TOShKENT, 2-iyul - Sputnik. AQSh kongressi vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi Rossiyaga nisbatan "toliblar bilan til biriktirganligi uchun" sanksiya kiritish zarur, deb hisoblaydi. Ammo RF va "Tolibon" o‘rtasidagi ehtimoliy aloqalar Moskva va Oq uy tomonidan rad etilib kelinmoqda.
"Biz Rossiyaga qarshi sanksiyalarni hozirning o‘zidayoq kiritishimiz shart", - degan Pelosi MSNBC kanaliga bergan intervyusida.
Sal oldin AQSh demokrat-senatori Bob Menendes mamlakat mudofaa budjetiga toliblar bilan bo‘lgan ehtimoliy "til biriktiruv" uchun prezident Vladimir Putin va Rossiya hukumatiga qarshi sanksiyalarni nazarda tutuvchi tuzatishlarni kiritgan edi.
AQSh milliy razvedkasi direktori Rossiya hukumati "Tolibon" uyushmasi jangarilariga ular Afg‘onistondagi amerika askarlariga hujum uyushtirishlari uchun mukofot pullarini to‘laganliklari tasdiqlagan taqdirda ushbu sanksiyalar kiritiladi.
Bu ish shunday ma’lumot kelib tushgan kundan 15 kun o‘tmay amalga oshirilishi lozim.
Rossiya prezidenti matbuot-kotibi Dmitriy Peskov, amerikalik senator tashabbusini izohlar ekan, AQShda ayni vaqtda "ko‘plab tushuntirishi qiyin" holatlar yuz berayotganini aytdi.
Sal oldin Pentagon The New York Times gazetasida e’lon qilingan, rossiya harbiy razvedkasining toliblar bilan aloqalari haqidagi ma’lumotlarni tasdiqlovchi dalillarga ega emasligi haqida ma’lum qilgan edi.
AQSh prezidenti Donald Tramp, New York Timesdagi maqolaga sharh berar ekan, uni "navbatdagi buyurtma" deb atadi, va na o‘ziga, na vitse-prezidentga, na Oq uy apparatiga shu paytgacha hech kim ruslar Afg‘onistondagi AQSh qo‘shinlariga hujum uyushtirganlari haqida ma’lumot yetkazmaganligini ta’kidladi.
O‘z navbatida, "Tolibon" radikal harakati vakillari Afg‘onistonagi xalqaro koalitsiya kontingentiga hujum uyushtirish uchun pul mablag‘lari organliklari haqidagi ma’lumotlarni rad etdi.