KXShT hududidagi G‘arb biolaboratoriyalarini tezkorlik bilan yo‘qotish kerak

© Sputnik / Tabildi KadirbekovDmitriy Belyakov
Dmitriy Belyakov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sobiq SSSR hududidagi G‘arb biolaboratoriyalari – bu raqib chegarasi yaqinida joylashtirilgan ommaviy qirg‘in qurolidir.

Belorussiyalik siyosatchi, xalqaro munosabatlar buyicha mutaxassis Dmitriy Belyakov G‘arb mamlakatlari nima maqsadda sobiq SSSR huudida biolaboratoriyalar joylashtirayotganiga izoh berdi.

Mutaxassis fikriga ko‘ra, boshqa mamlakat hududida joylashtirilgan biologik laboratoriyalar – bu raqib chegarasiga yaqin masofada joylashtirilgan ommaviy qirg‘in qurolidir. Buni yaxshi tushunish kerak, - deydi Belyakov.

KXShT hududida biolabaratoriyalar mavjudligiga, G‘arb hamjamiyati, birinchi navbatda anglo-sakslarning axloqiy xususiyatlaridan kelib chiqqan holda,  juda jiddiy munosabatda bo‘lish kerak. Britaniya, AQSh va Kanada boshqa millatlar farovonligini o‘ziga maqsad qilib qo‘ymaydi: butun dunyo tarixi bunga misol”, - dedi mutaxassis.

Belyakov aytishiga qaraganda, ushbu biolaboratoriyalar birinchi navbatda o‘zlari joylashgan hudud uchun xavfli. Chunki biror avariya oqibatida yuqori patogenli viruslar tashqariga chiqib ketsa, birinchi navbatda ularning ta’sirini ushbu mamlakatlar va ularning qo‘shnilari his qiladi.  

Xitoy bu borada 2013-yildan boshlab Britaniya talablariga zid ravishda o‘zining mustaqil siyosatini olib bora boshladi. Buning oqibatida G‘arb mamlakatlari unga nisbatan iqtisodiy sanksiyalar kiritdi.

Belyakov mulohazasini to‘liq Sputnik audiopodkastida tinglang. 

Politolog: biolaboratoriy Zapada ne doljno bit na territorii stran ODKB
Yangiliklar lentasi
0