TOShKENT, 19-may - Sputnik. Abdul-Rashid Do‘stumning tarjimai xoli - murakkab va yorqin, mushkul voqealarga boy. U Do‘stumning professional faoliyatini tahlil qiladigan siyosatshunoslar bilan bir qatorda, fe’l-atvorining qaysi xususiyatlari bunday ziddiyatlarga limmo-lim shaxsga gaz ishlab chiqarish korxonasining oddiy ishchisidan yuqori rutbadagi harbiy amaldorga qadar yo‘lni bosib o‘tishga yordam berganini aniqlashga urinayotgan olimlar uchun ham qiziq.
Abdul-Rashid Do‘stum 1954-yilda Jauzjan provinsiyasining Xojadukux qishlog‘ida kambag‘al internatsional oilada dunyoga kelgan. Uning otasi o‘zbek, onasi turkman bo‘lgan, bu kelajakda Do‘stumning armiyadagi karyerasiga halal bermagan.
Harbiy-siyosiy yo‘lda g‘alabali ko‘tarilishi 1979-yilda, u Afg‘oniston Xalq Demokratik Partiyasi "Parcham" ("Bayroq") fraksiyasiga a’zo bo‘lganidan so‘ng boshlangan. Shu yilning o‘zida Do‘stum mahalliy mudofaa otradining fidokorlaridan biriga aylandi, harbiy ishni o‘rganishga kirishdi. 1980-yilda u SSSRga o‘qishga yuborildi, bu uning sovet tuzumi tarafdori bo‘lgan afg‘on hukumatining davlat xavfsizlik organlarida xizmat qilishiga turtki berdi.
1979-1989 yillarda Afg‘oniston urushi davrida Do‘stum 53-sonli hukumat qo‘shinlari diviziyasi qo‘mondoni etib tayinlangan, unda o‘zbek millatiga mansub ko‘plab askarlar bo‘lgan. U prezident Muhammad Najibulloh boshchiligidagi sovet tuzumi tarafdori bo‘lgan afg‘on hukumatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlagan, davlatni federalizatsiya qilish chaqirig‘i bilan chiqqan "Afg‘oniston milliy islomiy harakati"ga rahbarlik qilgan. 1989-yil 10-iyulda Do‘stum general-mayor unvonini olgan.
1992 yil, sovet hukumati tarafdori bo‘lgan rejim qulagach, u poytaxti Mozori-Sharif bo‘lgan va to‘rt viloyatni o‘z ichiga olgan Afg‘onistonning mustaqil shimoliy mintaqasiga rahbar bo‘ldi. Birozdan so‘ng u hududga "Do‘stumiston" nomi berildi, bu hududning o‘z hukumati va 65 ming kishilik qurollangan armiyasi bor edi.
1996 yilda mintaqa toliblarning afg‘on hukumatiga qarshi chiqqan ikkinchi Shimoliy Ittifoqning tarkibiga kirdi, ammo 1997-yil mayda Do‘stumistan to‘xtatildi va toliblar hukmronligiga o‘tdi, ushbu mintaqadagi ikkinchi shaxs Malikning xiyonati tufayli Do‘stum Turkiyaga emigratsiya qilishga majbur bo‘ldi.
Abdul-Rashid 1997-yil sentabrda Malik yana Shimoliy Ittifoq tomoniga o‘tib, Do‘stumistonni ozod qilganidan keyin o‘z vataniga qaytdi. Toliblarning Do‘stumistonga ikkinchi hujumi 1998-yil avgustida yuz berdi. Do‘stum yana mamlakatni tark etishga majbur bo‘ldi - u O‘zbekistonga yo‘l oldi. U 2001-yilda, toliblar mag‘lubiyatidan keyin qaytib keldi va yangi hukumat tarkibiga kirdi, shu yilning dekabr oyida esa Hamid Karzay boshqaruvi paytida Afg‘oniston mudofaa vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi.
2004 yilda Do‘stum prezidentlikka o‘z nomzodini qo‘ydi, ammo atigi 10 foiz ovoz yig‘ib, to‘rtinchi o‘rinni egalladi. Undan keyin u Afg‘oniston Qurolli kuchlari oliy qo‘mondonligi shtab boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Biroq, 2008-yilda Abdul-Rashid sobiq ittifoqchisi Akbar Boyga hujum qilganlikda ayblanib, lavozimidan chetlatilib, surgun qilindi.
Bir yil o‘tgach, Do‘stum Afg‘onistonga qaytib keldi va uning siyosiy hayotida faol ishtirok etdi. 2009-yil oxirida u avvalgi lavozimiga qayta tiklandi, 2014-yilda esa birinchi vitse-prezident etib saylandi.
General Abdul Rashid Do‘stumning Afg‘onistonning katta siyosatiga qaytishi Markaziy Osiyo mamlakatlarida katta qiziqish uyg‘otmoqda, chunki u ilgari turli diasporalardagi afg‘on etnik, shu jumladan o‘zbek va tojik ozchiliklarining asosiy rahbarlari o‘rtasida ittifoq tuzish uchun ko‘p harakat qilgan.
Do‘stum rus tilini juda yaxshi biladi, shuningdek, ona tili – o‘zbek, pushtu va dariy tillarida ham so‘zlashadi. Uning bir necha tillarni bilishi, shubhasiz, unga amal pog‘onasida ko‘tarilishida yordam berdi - harbiy-siyosiy sohada o‘zining kasbiy rivojlanishining boshida u Sovet Ittifoqi bilan xizmat aloqalarini o‘rnatishga muvaffaq bo‘ldi.
Afg‘oniston Demokratik respublikasining ikki marotaba qahramoni Abdul-Rashid Do‘stum juda murakkab yo‘lni bosib o‘tdi, karyerasi davomida u bir nechta suiqasdlardan omon qoldi. Ammo u mamlakatning harbiy-siyosiy hayotida faol ishtirok etishda davom etmoqda.
17-may kuni Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani va sobiq bosh vazir Abdulla Abdulla o‘rtasida imzolangan kelishuvda Do‘stumga Afg‘oniston Qurolli kuchlarining marshali unvoni berilishi aytib o‘tilgan.