MDH chegarachilari Afg‘onistondan narkotrafik hajmi ko‘payganini ma’lum qildi. Shuningdek, Badaxshon rasmiylari “ID”* va “Al-Qoida”* terrorchilik tashkilotlari hududda harbiy ishtirokini kuchaytirishga urinishlari haqida ma’lum qilishdi.
Doimiy harbiy harakatlar Afg‘oniston Islom Respublikasining deyarli barcha viloyatlarida davom etmoqda.
“KXShT tojik-afg‘on chegarasidagi keskinlikni kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar ro‘yxatini amalga oshirmoqda. Shuningdek, jangarilar harakati ustidan razvedkani kuchaytirish va eng xavfli hududlarni monitoring qilish yuzasidan choralar ishlab chiqilmoqda", - dedi Zaxarova har hafta o‘tkaziladigan brifingda.
KXShT Afg‘onistondagi vaziyatni har qanday rivojlanishiga tayyor, deb qo‘shimcha qildi u.
"Tojikistonning Afg‘oniston bilan chegaradosh hududlarida kollektiv kuchlarning mashqlarini o‘tkazish amaliyoti ham kuchaytirildi", - dedi TIV vakili.
Eslatib o‘tamiz, KXShT a’zolari - Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya va Tojikiston.