Toliblar Afg‘oniston shimolida hukumat qo‘shinlarini siquvga olishda davom ettirmoqda

Kelgindi terroristik uyushma - "ID"ga qarshi kurash kabi olijanob maqsadni ko‘z-ko‘z qilib, "Tolibon" qonunga itoatkor vatandoshlarni yo‘q qilishda davom etmoqda
Sputnik

Amerikaning toliblar bilan bog‘liq tinchlik o‘rnatishga qaratilgan tajribalari Afg‘onistondagi vaziyatni yanada izdan chiqarmoqda va qo‘shni Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun yangi xatarlarni yuzaga keltirmoqda. "Afg‘onlararo muloqotni rivojlantirish"ga urinish mart oyiga kelib jangovar harakatlar yaqqol o‘sganini ko‘rsatmoqda.

Toliblar "dunyo tomida": chegara oldi Darvozda nimalar bo‘lyapti

Qo‘shma Shtatlar 29-fevralda "Tolibon" terrorchilik uyushmasi bilan tinchlik bitimini imzoladi va Afg‘onistondan o‘z qo‘shinlarini olib chiqishni boshladi. Ammo Islom respublikasidagi qirg‘in keltiruvchi urush hozirda yangicha shiddat bilan avj olmoqda.

Toliblar faol jangovar harakatlarni olib borishmoqda, va mamlakatning 34ta provinsiyasidan 27tasida hukumat qo‘shinlarini siquvga olmoqda. "Tolibon" otradlari mamlakatning yettita yirik shaharlarini, shu jumladan, Qunduz (Tojikiston bilan chegaradan 50 kilometr masofada joylashgan) shimoliy provinsiyasining ma’muriy markazini qurshab olgan.

Afg‘onistonda harbiylar 17 nafar “Tolibon”* jangarilarini yo‘q qilishdi

Shu bilan birga Vashington Qobuldan hibsga olingan toliblarning tezkorlik bilan ozod etilishini talab qilmoqda. Birinchi bosqichda - besh mingga yaqin jangarilarni. "Tolibon" fikricha, bu odamlarni ozodlikka chiqarmay turib, afg‘onlararo muloqot bo‘lishi mumkin emas. Ular bilan esa Afg‘oniston provinsiyalarida shunday "muloqot" boshlanishi mumkin-ki, qo‘shnilar buni hatto tasavvur qilmagani aniq.

Avvaliga Afg‘oniston prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani AQShga toliblar bilan kelishuvga borish huquqida keskin rad javobini bergandi, ammo keyinchalik u bu pozitsiyani yumshatdi (axir g‘azablangan Vashington Islom respublikasining davlat tuzilmalarini moliyalashtirishni to‘xtatib qo‘yishi mumkin). Endi Ashraf G‘ani vaqtni cho‘zmoqda - 18-martga qadar e’lon qilinishi rejalashtirilgan "dozalangan amnistiya" formati bo‘yicha hali bironta mahbus ozodlikka chiqarilmadi va bunda prezidentni tushunish mumkin. Amerikaliklar bilan qo‘l berib ko‘rishgan toliblar terrorchi bo‘lmay qolgan emas. Ushbu bitim islomchilarga o‘z mamlakatining qonuniy hukumatiga qarshi kurash olib borishni taqiqlamaydi.

Kelgindi terroristik uyushma - "ID"ga qarshi kurashish kabi olijanob maqsadni ko‘z-ko‘z qilib, "Tolibon" qonunga itoatkor vatandoshlarni qirishda davom etmoqda. Afg‘onistonda o‘tgan haftadagi "tinchlik sulhi" mobaynida 23 nafar harbiy xizmatchi va 23 nafar tinch aholi halok bo‘ldi.

AQSh “Tolibon” jangarilariga aviazarba berdi

Mo‘’jizakor yangi dunyo

16-mart kuni Mozori-Sharif shahri(Balx provinsiyasining ma’muriy markazi)da portlash yuz berdi va unda politsiya xizmatchilari qurbon bo‘ldi. Afg‘oniston kuniga 30ga yaqin harbiy xizmatchi va politsiyachilarni yo‘qotib kelmoqda. Bu dahshatli statistikadan barcha xabardor.

Shunday bo‘lsa-da, Vashington 135 kun davomida (hisob 29-fevraldan so‘ng boshlangan) Islom respublikasidagi qo‘shinlari sonini 12000dan 8600gacha kamaytirishga taraddudlangan. Agar keyinchalik toliblar zo‘ravonlikdan o‘zini tiysa, AQSh va ittifoqdosh-davlatlar tomonidan qo‘shinlar chiqarilishi davom ettiriladi. Yangi dunyo sxemasi reallikka mos emas. Toliblar bilan bitim imzolashdan oldin, faqat fevral oyining o‘zida AQSh HHK jangarilar ustiga 360ta aviabomba tashlagan. 2018-2019 yillar oralig‘ida davom etgan muzokaralar davomida amerika aviatsiyasi Afg‘onistonda jangovar harakatlarni ayniqsa faol davom ettirgan va bunga 14 ming dona aviabomba sarflagan. Ko‘ndirish va dalillarning bunday usuli toliblar bilan kelishuv asosida o‘rnatilayotgan afg‘on tinchligi mustahkamligiga shubha uyg‘otadi.

“Tolibon” Kobulga keskin talab qo‘ydi: ShHT davlatlari qanday javob beradi?

AQSh va NATOning Afg‘onistondagi harbiy bazalari va bo‘linmalari "Tolibon" harakatlari erkinligini qaysidir ma’noda cheklaydi. Amerikaliklar bilan imzolangan bitim esa ayni vaqtda bundan buyog‘iga terrorchilar xatti-harakati nazoratdan chiqishini anglatadi, ayrim maxfiy bayonnomalar esa davlatning qayta tuzishda taqdim etilayotgan behudud imkoniyatlarni yodga solmoqda. Toliblar Afg‘onistondagi hokimiyat uchun muzokarasiz va shafqatsiz kurashni davom ettirmoqda, ularga bu borada 1996-yildagi Qobulning bosib olinishi singari tarixda bo‘lmagan voqelik ilhom bermoqda. Meni nazdimda, tinchparvar toliblar yoki tolib-parlamentariylar umuman bo‘lishi mumkin emas.

"Tolibon"ning hayotchanligi - afg‘on zaminidagi chet elliklar, qo‘g‘irchoq hukumat, g‘arbliklarga xos hayot tarziga qarshi qaratilgan oddiy e’tiroz g‘oyalariga asoslangan emas. "Tolibon" strategiyasi - terroristik jihod, tizim faqat xaos sharoitida barqarorlikni saqlaydi. Agar strategiya o‘zgarsa (zo‘ravonlik to‘xtatilsa) – mafkuraviy birdamlik(majohidlar 1992-yilda hukumatni egallab, uni bo‘lisha olmagach, aynan shu tufayli yutqazishgan edi), iqtisodiy baza (urush bo‘lmas ekan, afg‘onlarning oxirgi narsani qurbon qilishiga ne hodat), mobil resurslar (yoshlarni kurash romantikasi qiziqtiradi) yo‘qoladi va o‘shanda harbiy-diniy harakat o‘z-o‘zidan barbod bo‘ladi.

Ekspansiya – vaqtinchalikmi?

"Tolibon" terroristik uyushmasining amerikaliklar bilan imzolangan bitimi - AQSh va ittifoqdoshlarga 19-yillik shonsiz afg‘on kampaniyasidan nisbatan hotirjam chiqish imkonini beruvchi taktik manyovrdir. Va aynan shu holat Afg‘onistonga uzoq muddat davom etadigan beshafqat zo‘ravonlikka, hayot tarzida esa o‘rta asr holatiga qaytishni kafolatlaydi.

Ekspert “Tolibon” bilan kelishuvdagi O‘zbekiston uchun xavflar to‘g‘risida gapirdi

Toliblar yarim yo‘lda to‘xtamaydi va AQSh prezidentining: "Men bugun "Tolibon" yetakchisi bilan suhbatlashdim. Bizning suhbatimiz yaxshi o‘tdi", deya bayonot berishi shunchaki mintaqada soat mexanizmli bombani ishga tushirish bilan tengdir.

Bugungi kunda toliblar Afg‘onistonda ustunlikka ega va bir qarashda qo‘shni respublikalar resurslariga da’vogarlik qilmayotgandek. Ertaga-chi, nima bo‘ladi? Shuni qayd etish kerak-ki, AQSh bilan imzolangan tinchlik bitimini toliblarning hammasi ham qo‘llab-quvvatlagani yo‘q, harbiy-diniy harakatning ayrim, muzokara neligini bilmaydigan a’zolari bundan umidsizlikka tushgan va aynan shu holat tashqi o‘yinchilarga qo‘l kelmoqda. Kunar provinsiyasi gubernatori  - Abdul Sattor Mirzakva – bugungi kunda pokiston idoralararo razvedkasi (ISI) agentlari, "Al-Qoida" va "Islom davlati" uyushmalari vakillari tomonidan toliblarni o‘z tomoniga og‘dirishga faol urinishlar bo‘layotganini ma’lum qildi.

Tolibon Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatishda O‘zbekiston harakatlarini qayd etdi

Tabiiyki, qo‘shnining uyidagi yong‘in Afg‘oniston bilan chegaradosh bo‘lgan Markaziy Osiyo mamlakatlari hotirjamliligi va xavfsizligiga imkon yaratmaydi. Alanga tarqalishi mumkin. Turli taxminlarga ko‘ra, faqatgina "Tolibon" saflarida 10 mingdan 15 minggacha chet el fuqarolari bo‘lishi mumkin, ularning deyarli yarmining kelib chiqishi - Tojikiston, O‘zbekiston, Qozog‘istondan. Ular vatanga ekstremistik g‘oyalar va jangovar tajriba bilan qaytib kelishi mumkin. Ko‘p holatlarda terroristik uyushmaning bir mamlakatdagi g‘alabasi bunday "muvafaqiyatning" din va etnik jihatdan yaqin bo‘lgan qo‘shni respublikalarda ham tarqalishi mexanizmini ishga tushiradi.

Bundan tashqari, Afg‘onistonning shimoliy provinsiyalarida toliblar bilan raqobatlashuvchi, ma’lum ta’sir kuchiga ega, qolaversa, boshqa davlatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan "ID" terroristik tashkiloti ham bor. Bu tashkilotning destruktiv mafkurasi, ko‘p yillik jangovar tajribasi va moliyaviy imkoniyatlarini baholashda bepisandlikka yo‘l qo‘ymaslik lozim.

Xususan, "ID" hujumi tufayli, 6-mart kuni Qobulda 29 kishi halok bo‘ldi va yana 61 nafari jarohat oldi. Shu bois, sal oldin Ashraf G‘anining "Biz "ID"ni yakson qildik", degan bayonoti ko‘proq ma’noda tashviqot xarakteriga ega. Ba’zan shu holat ayon bo‘ladiki, ID jangarilari o‘rniga hukumatga ularning oilalari taslim bo‘ladi, bu davlat statistikasigagina ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin, birok terroristik xavf darajasini pasaytirmaydi. O‘n yilliklar davomida urush alangasida bo‘lgan Afg‘oniston esa boshqa haqiqatni bilmaydi ham.