AQSh “Tolibon” jangarilariga aviazarba berdi

© AP Photo/Rahmat GulAvtomobili oxvachennie ognem v odnoy iz provinsiy Afganistana
Avtomobili oxvachennie ognem v odnoy iz provinsiy Afganistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Tolibon”* Afg‘oniston qurolli kuchlarining nazorat-o‘tkazish punktiga hujum uyushtirganligi sababli jangarilarga qarshi havo hujumi - o‘zini himoya qilish maqsadida amalga oshirildi.

TOShKENT, 4 mar – Sputnik. AQSh Qurolli kuchlari Afg‘onistonda "Tolibon" harakati jangarilariga 11 kun ichida birinchi marta aviazarba berdi.

AQSh Qurolli kuchlarining Afg‘onistondagi vakili polkovnik Sonni Leggett Twitter’da yozishicha, Qo‘shma Shtatlar jangarilarga qarshi o‘zi himoya qilish maqsadida havo hujumini amalga oshirdi, chunki ular Gilmand viloyatidagi Nahr-e-Saraj okrugida afg‘on qurolli kuchlariga qarashli NO‘Jga faol hujum qilmoqdalar.

“Bu hujumni barbod qilish chiqarish uchun mudofaa zarbasi bo‘ldi. Bu 11 kun ichida “Tolibon”ga birinchi hujum edi”, - dedi u.

AQSh harbiy amaldorining so‘zlariga ko‘ra,  “Tolibon” rahbarlari zo‘ravonlik ko‘lamini kamaytirishga va’da berganiga e’tibor qaratdi.

Sonni Leggett “Tolibon”ni keraksiz hujumlarni to‘xtatishga va majburiyatlarni bajarishga chaqirdi. Aks holda, uning bayonotiga ko‘ra, AQSh qurolli kuchlari ittifoqchilarini himoya qilishni davom etadi.

* Rossiyada va boshqa bir qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti.

Yangiliklar lentasi
0