Afg‘onistonda harbiylar 17 nafar “Tolibon”* jangarilarini yo‘q qilishdi

© AP Photo/Rahmat GulAfganskie sili bezopasnosti. Arxivnoe foto
Afganskie sili bezopasnosti. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Afg‘on harbiylari bir sutka davomida kamida 17 nafar “Tolibon”* radikal harakat jangarilarini yo‘q qilishdi.

TOShKENT, 4 mar — Sputnik. Afg‘on harbiylari bir sutka davomida kamida 17 nafar “Tolibon”* radikal harakat jangarilarini yo‘q qilishdi. Bu haqda mamlakat Ichki ishlar vazirligi vakili Nasrat Rahimi ma’lum qildi.

“Mamlakat xavfsizlik va mudofaa kuchlari o‘zini va xalqni himoya qilish maqsadida “Tolibon”*ga hujum qildi. Buning natijasida 17 nafar dushman o‘ldirildi, 11 nafari esa yaralandi”, - deya yozgan Rahimi o‘zining Twitter᾽dagi sahifasida.

​Shuningdek, u toliblar* tinch aholiga hujum qilishni va terrorchilik aktlarini uyushtirishni bas qilishlari lozimligini qo‘shimcha qilgan.

Ucheniya ShOS Mirnaya missiya - Sputnik O‘zbekiston
“Tolibon” Kobulga keskin talab qo‘ydi: ShHT davlatlari qanday javob beradi?

AQSh va “Tolibon”* radikal harakati 29-fevral kuni Qatarda tinchlik bitimini imzoladi. Bitim Afg‘onistondan amerika qo‘shinlari chiqarilishini hamda afg‘onlararo muloqot boshlanganligini nazarda tutadi. Hujjatga muvofiq, AQSh Afg‘onistondagi qo‘shinlari sonini 135 kun davomida 12 mingdan 8,6 ming kishigacha qisqartirish majburiyatini oladi. “Tolibon”* kelgusida zo‘ravonlikdan o‘zini tiysa, amerikaliklar 14 oy davomida o‘z kuchlarini va NATO kuchlarini olib chiqishni davom ettiradilar. “Tolibon”* ushbu harakatlarga javoban afg‘on hududidan AQSh va boshqa davlatlarga hujum qilish uchun foydalanishdan voz kechishi lozim.

Ammo ilgariroq “Tolibon”* jangarilari Afg‘oniston shimolida hujum uyushtirgani xabar qilindi. Buning oqibatida 20 dan ortiq harbiylar halok bo‘lgan. So‘ngra AQSh Qurolli kuchlari Afg‘onistonda "Tolibon"* harakati jangarilariga 11 kun ichida birinchi marta aviazarba berganini xabar qildi.

* Rossiyada va boshqa bir qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti.

Yangiliklar lentasi
0