Rossiyada sotilayotgan choylar yoppasiga tekshiruvdan o‘tkazildi

Choy ichish zararlimi? "Rospotrebnadzor" magazinlarda sotilayotgan choylarni yoppasiga tekshiruvdan o‘tkazib, o‘z xulosasini ma’lum qildi.
Sputnik

TOShKENT, 4-iyun - Sputnik. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, dunyodagi har bir kishi yiliga 1,16 kg choy iste’mol qilar ekan. Siz choy xarid qilganda uning sifatini qanday aniqlaysiz?

Ko‘p choy yoki qahva ichish saraton rivojlanishi xavfini oshiradi - olimlar

Afsuski, xaridorlar choyning brendi, chiroyli qutisi yoki narxiga qarab xarid qilishga o‘rganib qolishgan. Vaholanki, hech qanday “mashhur brend” yoki qimmat narx – mahsulot sifati yaxshiligini kafotlatlamaydi. Choy sifatini jiddiy tekshirish - kamdan-kam o‘tkaziladi.

Rossiya iste’molchilar huquqlarini himoya qiluvchi muassasi 35 ta brendga qarashli bo‘lgan 48 xil paketlangan va bargli qora choylarni 178 ta ko‘rsatgichi bo‘yicha tekshiruvdan o‘tkazib o‘z xulosasini ma’lum qildi.

O‘z tekshiruvida Rospotrebnadzor qaysi choyning sifati  yaxshiroq, barg choy yaxshimi yoki paketlangan choy, paketlangan choyda bo‘yoq ishlatiladi deyishadi shu rostmi, kabi savollarga javob topishga harakat qildi.

Qaynoq choy iste’mol qilish o‘limga olib kelishi mumkin – olimlar

Tekshiruv

Choyning aksariyat ishlab chiqaruvchilari Hindiston, Shiri-Lanka, Seylon yoki Xitoyda joylashgan. Ushbu mamlakatlarda choy qanday yetishtiriladi, uni yetishtirishda qanday kimoviy moddalardan foydalaniladi va ularning qanchasi keyinchalik ham choy barglarida saqlanib qoladi?

Rossiya nazorat organi aytishiga ko‘ra tekshirilgan choylar orasida birorta ham autsayder bo‘lmagan. Ularda hech qanday bo‘yoq, toksik va radioaktiv moddalar topilmagan. Shuningdek kofein, tanin va polifenollar miqdori GOST normalariga mos bo‘lgan. Xullas ularning hammasi choy degan nomga munosib.

Rospotrebnadzor aniqlagan kamchiliklar esa quyidagilardan iborat bo‘lgan: ayrim choylarda mog‘or, ichak tayoqchalari topilgan. Shuningdek 48tadan 40ta choyda – pestitsidlar borligi aniqlangan.

O‘zbekistonda yirik sanoat choy plantatsiyalari tashkil qilinadi

Ushbu “topilmalar” orasida, shartli ravishda eng xavflisi bu – mog‘or desak bo‘ladi. Mog‘or - choylar “Krasnodarskiy” va “Dilmah” brendlarining paketlangan choyidan topilgan.

“Ichak tayoqchalari” ham juda xavfli, lekin ular 60 daraja issiqda qurbon bo‘ladi. Shuning uchun aksariyat hollarda uldardan hech kim zarar ko‘rmaydi. Ichida “ichak tayoqchalari” topilgan choylar quyidagilar: “Traditsiya” barg choyi va Booke Bond, Gordon, Riston, Twinings, Richard, Alokozay, “Imperatorskiy”, “Azerchay”, “Tot samiy chay”, “Zolotaya chasha” paketli choylaridir.  

Tekshirilgan 48 ta choydan 40 tasida pestitsidlar topilgan, quyida ularning nomlari va necha xil pestitsid topilganini keltirib o‘tamiz: Akbar – 8, Dilmah – 1, Lipton – 1, Greenfield – 1, Curtis – 1, Velikiy tigr – 2, Maitre De The – 2, Tess – 1, Ahmad barg – 5, Ahmad paket – 2,  Booke Bond – 1, Gordon – 1, Riston – 1, Beseda – 6, Lisma – 6, “Imperatorskiy” – 1, Twinings – 1, Richard – 1, “Azerchay” – 4, “Tot samiy chay” – 6, “Krasnodarskiy” – 5, “Prinsessa Nuri” barg – 1, “Prinsessa Nuri” paket – 6, “Zolotaya chasha” – 3, Alokozay – 3, “Mayskiy” barg – 2, “Mayskiy” paket – 8.

Hindlar Trampga ko‘k choy sovg‘a qildi va "aqlingizni tozalab oling" deb tilak bildirdi

Aytish joizki, ushbu choylardagi pestitsidlar miqdori Rossiyada belgilangan norma darajasida, ya’ni juda kam miqdorda. Ularni toksik deb bo‘lmaydi, lekin shu bilan birga yuqoridagi choylarni “organik”, ya’ni sof tabiiy mahsulot deb atash ham noto‘g‘ri bo‘ladi. 

Zararli moddalar topilmagan choylar

Ichida umuman pestitsid topilmagan choylar quyidagilar bo‘ldi: Milford, Basilur, Lipton, Greenfield, Dilmah, Brooke Bond – paketli choylari. Shuningdek Akbar va “Traditsiya” nomli barg choylar.

Ma’lumot uchun: Rossiyadan oldin faqat 2 xil pestitsidlar ta’qiqlangan edi. 2018-yilda kiritilgan normalarga ko‘ra, yana 16 xil pestitsidlar ta’qiq ostiga tushdi. Yevropada, AQSh va Yaponiyala esa 280 xil pestitsidlar ta’qiqlangan. Bugungi kunda dunyo qishloq xo‘jaligida jami 1000ga yaqin pestitsidlar qo‘llaniladi. Yana yil sayin yangi turdagi pestitsidlar paydo bo‘lmoqda.  Ularning barchasini tekshirib aniqlashning iloji yo‘q.

Choy qanday turlarga bo‘linadi?

Choyning yana bir foydali xususiyati aniqlandi

Choy va kofe ichimliklari bo‘yicha mutaxassis Andrey Kolbasinov aytishiga qaraganda, choy o‘simligi yig‘ib olinib quritilganidan so‘ng u bir necha bosqichda g‘alvirdan o‘tkaziladi. Dastlabki bosqichda choy gullari va eng yuqori barglari saralab olinadi. Keyin esa butun barglar tanlab olinadi. Savdoda bunday choy “yirik bargli choy” yoki Orange Pekoe deb sotiladi. Ishlov jarayonida singan barglar esa – “kichik bargli choy”  sifatida arzonroq sotiladi. Choyning eng mayda bo‘laklar va ququmlari esa – paketlarga solinib paketli choy sifatida sotiladi.

Mutaxassislar, sifati noma’lum bo‘lgan bargli choylardan foydalanganda dastlab ularni qaynoq suvda chayib olib, suvini to‘kib tashlab, keyin damlab ichishni maslahat berishdi. Shunda choydagi zararli moddalar yuvilib ketishi kafolatlanadi.

Choy ta’mi nimaga bog‘liq ?

Yurak uchun eng foydali vitamin ma’lum qilindi

Biz ushbu maqoladia ataylab choyning ta’mi haqida hech qanday fikr bildirmadik, chunki choy ta’mi juda ko‘p faktorlarga bog‘liq bo‘ladi. Andrey Kolbasinov aytishiga qaraganda, choy ta’mi nafaqat uning navi, balkim uning o‘sgan joyi, dengiz sathidan balandligi, tog‘ning quyoshli yoki soya tomonidan o‘sgani, qanday ishlov berilgani va yana ko‘plab faktorlarga bog‘liq bo‘ladi. Undan tashqari ko‘plab ishlab chiqaruvchilar turli nav choylarni aralashtirib o‘zlarining “blend”ini yaratishadi. Ikkinchidan odamlarning ham ta’bi turlicha bo‘lishi mumkin. Birovga yoqqan choy boshqalarga unchalik yoqmasligi mumkin.

Choyning foydasi bormi?

Shifokorlar ko‘p suv ichish sog‘liqqa zarar ekanligi haqida ogohlantirishdi

Tibbiyot fanlari doktori, diyetolog Mariyat  Muxina aytishiga qaraganda qora choy inson ichak mikroflorasini yaxshilashda yordam beradi.  Bakteriya, toksin va shlaklar miqdorini kamaytirib, ovqat hazm qilishni yaxshilaydi, organizmdan ortiqcha suyuqliklarni chiqarishga yordam beradi. Kuniga 3-4 piyoladan ortiq iste’mol qilmagan ma’qul.

Xulosa qilib aytganda, barg choylarning sifati paket choylarga nisbatan yuqori. Paket choylar ichida ham hech qanday bo‘yoq yoki musor yo‘q. Ular ham choy, faqat juda mayda bo‘laklarga bo‘lingan, shuni uchun ham rangi tez chiqadi.

Choy ustida ba’zan ko‘rinadigan plenka – bu suvning sifatiga bog‘liq. Agar suvda turli kalsiy birikmalari miqdori ko‘p bo‘lsa – ana shunday plenka paydo bo‘ladi.