TOSHKENT, 31 okt - Sputnik. Organizmda D vitaminni darajasi yurak va qon tomirlarining sogʻligʻiga va inson chidamlilik qobiliyatiga taʼsir qiluvchi eng kuchli omillardan biri ekanligi isbotlandi. RIA Novosti xabariga asosan.
“Tadqiqotlarimiz organizmda D vitamini katta miqdorda boʻlishi inson chidamliligi bilan bogʻliqligi koʻrsatdi. Bu vitamin suyak va yurakka foydali. Shuning uchun barcha odamlar ozuqa qoʻshimchalari yoki quyoshda koʻproq boʻlish bilan uning darajasini ushlab turishi kerak”, - dedi AQSH Virjiniya universitetidan Amr Maravan.
Baliq yogʻi va D vitamini soʻnggi yillarda olib borilgan tadqiqotlar natijalariga koʻra, koʻplab foydali xususiyatlarga ega.
Olimlar fikriga koʻra, D vitamini yurak xuruji, skleroz, spirtli ichimliklarni bosh miyaga taʼsir qiluvchi zararlardan himoya qiladi.
AQSH molekulyar biologlari D vitamini organizm xujayralarini qarishdan va uning oqibatlari, shu jumladan saraton rivojlanishini himoya qilishda muhim rol oʻynashi mumkinligini aniqladilar.
Shuningdek, baliq yogʻi diabet kasalligi rivojlanishidan asrashi mumkin.
Olimlar maʼlumotlariga koʻra, baliq yogʻi va D vitaminli ozuqa qoʻshimchalarni miqdorini koʻpaytirish kerak emas. Ulardan oshib ketishi organizmda jiddiy buzilishlarni keltirib, barcha foydali xususiyatlarini yoʻqqa chiqarishi mumkin.
Yaqin vaqtlarda kardiologlar D vitamin maqbul dozasini hisoblashni rejalashtirishmoqda.