Choyning yana bir foydali xususiyati aniqlandi

CC0 / /pixabay / Protsess zavarivaniya chaya
Protsess zavarivaniya chaya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tarkibida 500 milligrammgacha flavonoid moddasi bo‘lgan mahsulotlarni iste’mol qilish insultdan himoya qiladi.

TOShKENT, 13 noya — Sputnik. Kuniga atiga bir chashka choy ichish yurak-qon tomir kasallik xavfini oldini oladi. G‘arbiy Avstraliya universiteti olimlari shunday xulosaga kelishgan.

Prazdnovanie Mejdunarodnogo dnya studenta vo Vladivostoke - Sputnik O‘zbekiston
Olimlar kechki ovqatlanish qanday kasalliklarga olib kelishi mumkinligini aytishdi

Live Science nashri ma’lumotiga ko‘ra, mutaxassislar 23-yil davom etgan va 53 ming nafar odam ishtirok etgan tadqiqot ma’lumotlarini tahlil qilishdi. Ulardan taxminan 12 mingtasi yurak kasalligiga chalingan edi.

Ekspertlar ishtirokchilarning ovqatlanish tartibini o‘rganib chiqib, tarkibida 500 milligrammgacha flavonoid moddasi bo‘lgan mahsulotlarni iste’mol qilish yurak ishemik kasalligi, insult, sirtqi arteriya xastaligi paydo bo‘lishi va rivojlanishidan himoya qiladi degan xulosa kelishdi. Ushbu elementning yallig‘lanishga qarshi xususiyati borligi sabab bo‘lishi mumkin.

Shuncha miqdordagi flavonoidlar – 500 milligramm – masalan, bir chashka choy tarkibida ham bor.

Oldinroq, kechki ovqatlanish inson biologik ritmlarini buzilishi oqibatida yurak-qon tomir kasalliklari va diabetni keltirib chiqarishi haqida ma’lumot bergandik.

Yangiliklar lentasi
0