TOShKENT, 4-iyul — Sputnik. "Choy yetishtirishni tashkil etish va aholini mamlakatimizda ishlab chiqarilgan sifatli choy hamda choy mahsuloti bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risi"gi Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi, deb xabar qildi Adliya vazirligining Telegram'dagi "Huquqiy axborot" kanali.
Qaror bilan Choy yetishtirishni rivojlantirish ilmiy-ishlab chiqarish markazi tashkil etildi.
Markazning asosiy vazifasi choy urug‘lari va ko‘chatlarini tayyorlashni tashkil qilish, bu sohada mehnat qilayotgan fermer xo‘jaliklari hamda tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, choy yetishtirish texnologiyasini ishlab chiqish va yirik sanoat choy plantatsiyalarini tashkil qilish hisoblanadi.