Shifokorlar ko‘p suv ichish sog‘liqqa zarar ekanligi haqida ogohlantirishdi

Obuna bo‘lish
Olimlar inson o‘z sog‘ligiga zarar yetkazmasligi uchun kuniga necha litr suv ichishi kerakligini aniqlashdi.

TOShKENT, 19 noya - Sputnik. Shifokorlar haddan ziyod miqdorda suv ichish - sog‘liqqa xavf tug‘dirishi mumkin degan xulosaga kelishdi, bu haqida RIA Novosti xabar bermoqda.

Stroitelstvo Rogunskoy GES - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston suv xo‘jaligi vaziri Rog‘un GESini ishga tushirish marosimida ishtirok etadi

Inson buyraklari soatiga qariyb 800-1000 millilitr suvni qayta ishlashi mumkinligi ma’lum qilinmoqda. Agar bu miqdor oshsa, organizmdagi natriy muvozanati buziladi. Suvdan “mast” bo‘lish qon bosimini tartibga solishni og‘irlashtiradi. Bu esa o‘z o‘rnida miya funksiyasini ishdan chiqishiga, hattoki o‘lim bilan tugashga sabab bo‘ladi.

Bundan tashqari, shifokorlar haddan tashqari gidratsiya suvsizlanish kabi xavfli bo‘lishi mumkinligini aytishmoqda. Ayniqsa buyrak xastaligiga chalinganlar esa juda zaif bo‘lishadi. Katta yoshdagi odam kuniga uch-to‘rt litrdan ziyod suv ichmasligi kerak.

Yangiliklar lentasi
0