Fransuzcha globallashuv: Parijda Makron va Mirziyoyev nima haqida gaplashishadi

Maxsus mediametrik tadqiqotlar eksperti Igor Nikolaychuk Mirziyoyevning Parijga amalga oshirilishi rejalashtirilgan tashrifi mamlakatning xalqaro imidjiga qanday yutuqlar olib kelishi mumkinligi haqida o‘z fikrlarini bayon etdi.
Sputnik

O‘zbekiston diplomatiyasi yangi siyosiy mavsumini Yevropa taqdimoti bilan ochishni rejalashtirmoqda. 

O‘zbekiston yetakchisi Shavkat Mirziyoyev 2018-yil oktabrida Fransiyaga tashrif buyurmoqchi. Bu prezident lavozimiga kirishgandan beri Yevropaga birinchi tashrifi bo‘ladi.

O‘zbekiston va Fransiya ekstraditsiya to‘g‘risida shartnoma tuzishni muhokama qildi

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi bu tarixiy tashrifga faol va professional tarzda tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Bunga misollar. “Chorvoq” erkin turistik zonasining bosh rejasini ishlab chiqadigan Fransiya kompaniyalari bilan muzokaralar o‘tkazildi. Xususan, 26-avgust kuni Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev boshchiligidagi delegatsiya Thales Alenia Space kompaniyasi vitse-prezidenti Erik Imbert bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Respublika vakillari Thales Alenia Space sun’iy yo‘ldoshlarni yig‘ish bo‘yicha sanoat obyektlariga borishdi. Tomonlar kosmik tizimlar, shu jumladan turli maqsadlarda sun’iy yo‘ldoshlari uchirish va boshqarish, mahalliy mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha O‘zbekistonda texnologik bazani tashkil qilish loyihalarini hamkorlikda bajarish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.

Fransiya kompaniyasi O‘zbekistonda kommunal xizmatlarni yaxshilash bilan shug‘ullanadi

Undan oldin, 22-avgustda, O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi o‘z qarori bilan Madaniyat vazirligi qoshida Fransiya madaniyat markazini tashkil etishni tasdiqlagandi.

Bundan tashqari, bosh vazirning o‘rinbosari Aziz Abduxakimov Parijda Markaziy Osiyo ishlari bo‘yicha Fransiya alyansi mintaqaviy direktori Mikael Fuente bilan uchrashdi. Unda O‘zbekiston oliygohlarida fransuz tili kaferalarini tashkil qilish, maxsus maktablar sonini va fransuz tilini o‘qitish soatlarini ko‘paytirish, shuningdek ta’lim muassasalari uchun o‘quv qo‘llanmalarni ishlab chiqishni muhokama qilishdi. 

Shuningdek, Fransiyada O‘zbekiston delegatsiyasi Parij akademiyasi rektori Jil Peko bilan muzokara o‘tkazdi. Unda ta’lim sohasida hamkorlikni mustahkamlash va ikki davlat ta’lim vazirliklari o‘rtasida hamkorlik qilish to‘g‘risida yangi bitim va dasturlarni imzolashdi.

Tomonlar Fransiya universitetlaridan birining filialini Toshkentda ochish, O‘zbekistonda oliygoh rektorlarining birinchi sammitini o‘tkazish, shuningdek o‘qituvchilar va talabalar almashinuviga kelishib oldilar.

23 avgustdagi xabarga ko‘ra, Fransiyaning CIFAL kompaniyasi O‘zbekistonga atom energetikasini rivojlantirish borasida ko‘mak bermoqchi. Jumladan, ushbu kompaniya o‘zining tinch atom sohasida mutaxassislarini tayyorlash bo‘yicha o‘zining tajribasini va yangi izlanishlarini taqdim etishga tayyor.

Fransiya kompaniyasi Sirdaryoda yangi IES quradi

CIFAL qayd etishicha, “O‘zatom” agentligiga O‘zbekistonda atom elektr stansiyasi loyihasi bo‘yicha Rossiyaning “Rosatom” davlat korporatsiyasi bilan texnik, tijorat va moliyaviy muzokaralarini o‘tkazishga yordam berishni rejalashtirmoqda.

Shu bilan birga, Fransiya kompaniyasi O‘zbekiston va Rossiya tomonlari bilan kelishilgan holda loyihani moliyalashtirish masalalarini hal qilishda ishtirok etishi mumkinligini ta’kidlab, atom stansiyasini qurish va ishga tushirish uchun jihozlarni tashlashga yordam berishga tayyor ekanligini ma’lum qildi.

Keyingi xulosani asoslash uchun men ataylab “butun ro‘yxatni sanab o‘tdim”: Mirziyoyev Parij safariga tayyorgarlik ko‘rish ishlari Fransiya tomoniga qulay bo‘lgan namunaga muvofiq amalga oshirilmoqda.

Fransuzlar 15-yil davomida “alohida kontragentlar” bilan faqat ikkita – madaniyat, ayniqsa frankovofiya va xorijiy bozorlarga o‘zining yuqori texnologiyalarini sotish mavzusini muhokama qiladilar.

Kosmik tizimlar va yadroviy energetika texnologiyalari sohasida Fransiya mutaxassislari oldinda, biroq muhim tashqi iqtisodiy ta’siri hozircha yo‘q. Bu yerda O‘zbekiston tanlovi xatosizdir.  O‘zbekiston hamkorlari Fransiya farmatsevtlari yonidan o‘tib ketishdi. Bu darajadagi ishbilarmonlar butun Markaziy Osiyo manfaatlari yo‘lida ko‘p miqdorda dori ishlab chiqaruvchi zavodni qurishga quvonch bilan investitsiya kiritishardi.  

Biroq, rejalashtirilgan tashrifning asosiy voqeasi, madaniyat va iqtisodiyot sohasida qator bitimlarni imzolanishini emas, balki Shavkat Mirziyoyev va Emmanuel Makron uchrashuvi bo‘ladi.

Fransiya tarixida eng yosh prezident saylandi

Ikki prezident birinchi navbatda global siyosat, undan keyin esa ikki tomonlama aloqalar haqida gaplashishadi. Bu uchrashuv kun tartibining muhim qismidir.  

Bu yerda gap shundaki. Mirziyoyev an’anaviy “urushdan keyingi”, diplomatik nuqtayi-nazardan hamma narsani hisob-kitob qiladigan Fransiyaga kelmayapti. O‘zbekiston prezidenti yangi jahon qutbi kuchining markazidagi davlatga kelmoqda.  

Xalqaro munosabatlar tizimi keskin o‘zgarish jarayonida ekanligini ochiqchasiga e’lon qilish vaqti keldi. “Postsovet” Yevroosiyo va Yevroatlantika o‘rtasidagi geosiyosiy mojarosi maydonida geosiyosiy uchlikni ko‘rishimiz mumkin: Yevroatlantika, Kontevropa va Yevrosiyo.

Makron, aslida, Germaniya bilan bir qatorda kuchli Kontrevropa qurish borasida lokomotiv vazifasini bajarayotgan davlat yetakchisi hisoblanadi.  

Bu xalqaro munosabatlarning subyekti sifatida (hozircha uni Yevroittifoq deb atayotgan bo‘lsada, bu anaxronizm (eskirgan hodisa) dunyoning birinchi iqtisodiyotini yaratishga davogarlik qilmoqda. Xitoy ikkinchi o‘rinni qo‘lda ushlab turadi. Yevroatlantika uchinchi o‘ringa tushib qoladi, bu qutbning milliy elitalar uchun keskin va yomon oqibatlarni olib keladi. Hozircha Tramp vaziyatni ushlab turgan bo‘lsada, o‘yin kuchayib bormoqda.  

O‘zbekistonga Fransiya tashqi ishlar vaziri keladi

Shunday qilib, 27-avgust kuni Emmanuel Makron fransuz diplomatlari oldida qilgan ma’ruzasida, AQSh xalqaro munosabatlarida yangi modelni yaratishi – gegemonistik va Yevropa qadriyatlariga zid bo‘lgan yangicha modelni yaratishga harakat qilayotganligini ma’lum qilgandi. Fransiya prezidenti so‘zlariga ko‘ra, Vashington hozirgi siyosiy pozitsiyasi globallashuvning amaldagi kapitalistik modeli inqiroz alomatlari sifatida qarash kerak. Ya’ni, Makron Tramp administratsiyasi siyosatini shunchaki tanqid qilmadi, balki AQShning yetakchiligi va farofonligining asosiy manbasini shubha ostiga oldi va bunda to‘xtab qolmasdan oldinga ketdi: globallashuvning yangi konsepsiyasini ishlab chiqishni taklif qildi. Bu o‘z navbatida kapital, texnologiya va qobiliyatli kadrlarning giperkonsentratsiyasiga olib keladi.    

Mana bu yerda Shavkat Miromonovich o‘z davlatining siyosiy vaznini sezilarli darajada oshirishi mumkin va Yevropada o‘z imidjini shaklantirishi mumkin.

Ehtimol, agar Yevroosiyo a’zosi bo‘lsa, uning qaysidir manfaatlari Kontrevropa bilan bir-biriga to‘g‘ri keladi. Bu yerda istiqbollar katta.

Fransiya G‘arbning ma’naviy zaifligi haqida gapirgan Soljenitsinni haq deb topdi

Mirziyoyev qiziq va o‘ziga xos bo‘lgan Yevropa siyosatini yaratishi mumkin. Buning uchun muayan siyosiy iroda kerak bo‘ladi.

O‘tgan 30-yil mobaynida O‘zbekiston jamiyati amerikalik lobbistlar, demokratik qadriyatlarining tarafdorlari, “inson huquqlari himoyachilari” va “globallashuvning amaldagi kapitalistik modeli” boshqa atributlari bilan to‘lgan (o‘z-o‘zidan emas, bu maqsadga qaratilgan ish olib borilgan!).  

Mirziyoyev Yevroatlantika bo‘yicha davlatning xalqaro imidjini shakllantirdi. Bu borada katta ish amalga oshirilgan. Biroq endi hozir boshqa, undan ham qiziqarli model paydo bo‘ldi.

O‘zbekiston rahbariyati buni o‘zgartirishga harakat qiladimi? Biz oktabrda bilib olamiz!...