AQSh 2019-yil 29-dekabr kuni Iroq va Suriyadagi shialarning “Kataib Hizbullah” guruhi obyektlariga zarba berdi.
2020 yil 3-yanvarga o‘tar kechasi AQSh Bag‘dod xalqaro aeroporti yaqinida amaliyot o‘tkazdi, uning davomida eronlik general Qosim Sulaymoniy va Iroq shia ko‘ngilli qo‘shinlari rahbarining o‘rinbosari Abu Mahdi al-Muhandis o‘ldirildi. Vashington ularni 31-dekabr kuni AQShning Iroqdagi elchixonasi va koalatsiya bazasiga uyushtirilgan hujumlarga aloqador deb hisobladi.
Eron oliy yetakchisi Ali Xominaiy Sulaymoniyning o‘limi uchun AQShdan qasos olishga va’da berdi.
Iroq parlamenti "Islom davlati"*ga qarshi kurash koalitsiya bitimini bekor qilish va mamlakatdan xorijiy qo‘shinlarni olib chiqilishiga ovoz berdi.
8 yanvarda Eron AQShning Iroqda joylashtirilgan bazalari bo‘ylab 15 ta ballistik raketalarni uchirdi.