AQSh aksilterror markazi sobiq rahbari: Eronga hujum chalg‘ituvchi ma’lumotlar sabab boshlangan

© AP Photo / /Jenny KaneEks-glava Natsionalnogo kontrterroristicheskogo sentra SShA dal intervyu o konflikte vokrug Irana
Eks-glava Natsionalnogo kontrterroristicheskogo sentra SShA dal intervyu o konflikte vokrug Irana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.03.2026
Obuna bo‘lish
Jo Kent Eron AQShga tahdid tug‘dirmagani, Trampga noto‘g‘ri ma’lumotlar yetkazilganini hamda qizlar maktabiga berilgan zarba bo‘yicha koordinatalarni AQShga Isroil bergan bo‘lishi mumkinligini aytdi.
TOShKENT, 19 mar — Sputnik. Urush boshlangan paytda Eron AQSh uchun tahdid tug‘dirmagan va Tehron yadro quroliga ega bo‘lish arafasida ham emas edi. Bu haqda AQSh Milliy aksilterror markazining sobiq rahbari Jo Kent amerikalik jurnalist Taker Karlsonga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Seshanba kuni Kent e’lon qilgan bayonotda u AQShning Eronga qarshi harbiy operatsiyasiga rozi bo‘lmagani uchun o‘z lavozimini tark etayotganini aytdi. Uning fikricha, Amerika rahbariyati dezinformatsiya kampaniyasi qurboniga aylangan.
Kentning ta’kidlashicha, qaror qabul qilish jarayonida barcha muhim fikrlar prezidentga yetkazilmagan, ayrim mansabdorlar esa o‘z nuqtayi nazarini bildirish imkoniyatidan mahrum bo‘lgan.
Sobiq amaldor, shuningdek, Isroilning Vashingtonning Yaqin Sharq siyosatiga ta’siri ortib ketganini, AQShni to‘qnashuvga olib kirgan asosiy omillardan biri shu tashqi bosim bo‘lganligini aydi.
U, ayniqsa, Eron oliy rahbari Ali Xomanaiyni yo‘q qilish yoki mamlakatda tashqi bosim orqali hokimiyat almashinuviga erishish urinishlari teskari samara berishini ta’kidladi. Kentning fikricha, Xomanaiyning "tajovuzkorona o‘ldirilishi" Eron xalqining mamlakatdagi hokimiyat atrofida birlashishiga olib keldi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Isroil rasmiylarining xabarlari AQSh razvedkasiga zid bo‘lgan.
Shu bilan birga, u Isroil uchun unchalik yomon variant bo‘lmagan Eronning ehtimoliy "tartibsizlanishi" Qo‘shma Shtatlar va Yevropa uchun iqtisodiy va ommaviy migratsiya sohasidagi katta muammoga aylanishini aytdi.
AQSh va Isroil urush olib borish maqsadlari va standartlari tubdan farq qiladi, Kentning so‘zlariga ko‘ra, Amerika nishonlari faqat harbiy obyektlarga tegishli, isroilliklar esa "harbiy maqsadlardan tashqariga" qaratilgan.
Kentning fikricha, Radikallashgan yolg‘iz terrorchilar bu xakiqiy tahdid, AQShda terrorchilik hujumlarini amalga oshirishi mumkin bo‘lgan tobora ko‘proq odamlarning radikallashuvi sodir bo‘ladi
Eron janubidagi qizlar maktabiga berilgan zarba bo‘yicha koordinatalar Isroil tomonidan berilgan bo‘lishi mumkinmi, degan savolga Kent buni “to‘liq mumkin” deb baholadi.
“Ha. Biz Isroil bilan juda katta hajmda razvedka ma’lumotlarini almashamiz. Shuning uchun bu to‘liq mumkin. Lekin bu haqda hozircha hech kim hech nima degani yo‘q. Koordinatalar bizga Isroil tomonidan berilgan bo‘lishi mumkin. Nega endi bunday bo‘lmasin?” — deya javob berdi.

AQSh va Isroilning Eronga qarshi tajovuzining birinchi kuniyoq, respublika janubidagi qizlar maktabi zarbaga uchradi. 168 nafar o‘quvchi qiz, shuningdek, 14 nafar o‘qituvchi va maktab xodimi halok bo‘lgan. Eron Tashqi ishlar vazirligi AQSh qizlar maktabiga "Tomahawk" qanotli raketalari bilan zarba berganini ma’lum qildi.

KengaytirishYig‘ishtirish
Ispitatelnie strelbi iz ZRK Patriot. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.03.2026
Xavoga uchayotgan pul: AQSh kuniga deyarli $1 mlrd sarflamoqda, Eron esa 6 oylik urushga tayyor
Yangiliklar lentasi
0