Eron o‘zining eng yangi droni haqida aytib berdi

© Armiya IranaIranskiy dron "Arash-2"
Iranskiy dron Arash-2 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.03.2026
Obuna bo‘lish
Tehron kecha "Ben Gurion" aeroportiga hujumda yoqilg‘i quyuvchi samolyotlarga xizmat ko‘rsatish uchun ishlatiladigan yoqilg‘i baklarini nishonga olgan edi.
TOShKENT, 22 mar — Sputnik. Eron harbiylari Tel-Avivning "Ben Gurion" aeroportiga qilingan hujumda eng yangi "Arash-2" kamikaze dronlaridan foydalangan, deb xabar beradi "Tasnim" axborot agentligi.
"Arash-2" dronlari uchish masofasi 2000 kilometrni tashkil etadi va bizning terminologiyamizda Isroilga zarba beradigan dronlar sifatida tanilgan", - deyiladi xabarda.
Ushbu dronning radar kesimi juda kichik bo‘lgani uchun u dushman radar tizimlaridan osongina o‘ta oladi. Uni aniqlash juda qiyin. Bundan tashqari, u uzoq vaqt davomida parvoz qilishi mumkin va boshqa dronlarga nisbatan arzon. Shu sababli u dronga qarshi uchirilgan zenit raketalariga nisabatan tejamkor yechim hisoblanadi.
"Arsh-2" droni juda tez ishlab chiqariladi va uni uchishga tayyorlash tezligi juda yuqori. Shuning uchun, qachon qaror qilsak, biz bu dronlarning ko‘p sonini juda osonlik bilan uchirishimiz mumkin, deyiladi xabarda.
AQSh va Isroilning Eronga hujumi

28 fevral kuni AQSh va Isroil Eronga zarba berishni boshladi. Zarbalar Eronning yadroviy dasturi borasida muzokaralar olib borilayotgan vaqtda amalga oshirildi.

AQSh va Isroil zarbalari oqibatida Eron Oliy rahbari oyatulloh Ali Xomanaiy halok bo‘ldi. Undan tashqari, Minob shahrida qizlar boshlang‘ich maktabiga berilgan zarba oqibatida 171 nafar bola va 15 nafar o‘qituvchilar halok bo‘ldi.

Eron Isroil hududiga, shuningdek, Yaqin Sharqdagi AQSh harbiy bazalariga javob zarbalari berdi. Bir necha kun davomida BAA, Bahrayn, Ummon, Iroq, Saudiya Arabistoni, Qatar va boshqa qator davlatlardagi AQSh harbiy bazalari zarbaga uchradi.

Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini yopib qo‘ydi va kemalar faqat Eron bilan kelishilgan tartibda undan o‘tishi mumkinligini e’lon qildi. Buning ortidan jahon bozorlarida neft narxi oshishni boshladi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Eron oliy rahbariga suiqasd barcha insoniy axloq normalari va xalqaro huquqni buzish ekanini ta’kidladi. Rossiya va Xitoy 1-mart kuni BMT Xavfsizlik Kengashining favqulodda majlisini chaqirdi.

KengaytirishYig‘ishtirish
Yangiliklar lentasi
0