Neft bozoriga yangi xavf: husiylar Qizil dengizdan chiqishni ham yopishi mumkin

© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Mediabankka o‘tishNeftanoy tanker Calida na reyde v Semesskoy buxte.
Neftanoy tanker Calida na reyde v Semesskoy buxte. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.03.2026
Obuna bo‘lish
Husiylar Qizil dengizdan chiqishni ham yopish bilan tahdid qilmoqda. Ho‘rmuz yopilgandan keyin Saudiya neftini bozorga chiqarish uchun shu dengizdadan foydalana boshlagan edi.
TOShKENT, 15 mar — Sputnik. Yaman shimolida hukmronlik qilayotgan “Ansor Alloh” harakati rahbariyati Qizil dengizdagi Bob al-Mandeb bo‘g‘ozini to‘sib qo‘yish ehtimolini bildirdi.
Harakat vakillariga ko‘ra, ehtimoliy choralar qatorida dengiz harakatini cheklash ham bor.
Avvalroq “Ansor Alloh” yetakchisi Abdul Malik al-Husiy, agar Eronni himoya qilishda husiychilarning ishtiroki talab etilsa, ularning “barmoqlari tepkida” ekanini aytgan edi.

Bu tahdid neft bozori uchun ayniqsa muhim, chunki Saudiya Arabistoni so‘nggi kunlarda Ho‘rmuzdagi uzilishlar sabab neft yuklamalarini Qizil dengizdagi Yanbu portiga ko‘chirmoqda.

"Bloomberg" kemalar harakatini kuzatish ma’lumotlariga tayanib, Saudiyaning Yanbu portiga kamida 25 ta supertanker yo‘l olganini yozdi. Keyinroq agentlik bu tankerlar soni yanada ko‘payganini ham xabar qildi.
Shu bois Bob al-Mandeb atrofidagi xavf nafaqat Yaqin Sharq, balki jahon neft bozori uchun ham yangi zarba bo‘lishi mumkin. Ma’lumotlarga ko‘ra, Saudiya Yanbu orqali yetkazib berishni oshirayotgan bo‘lsa-da, bu yo‘nalish ham husiylar tahdidi sabab to‘liq xavfsiz emas va Ho‘rmuz orqali yo‘qolgan hajmlarni to‘liq qoplab bermaydi.
AQSh va Isroilning Eronga hujumi

28 fevral kuni AQSh va Isroil Eronga zarba berishni boshladi. Zarbalar Eronning yadroviy dasturi borasida muzokaralar olib borilayotgan vaqtda amalga oshirildi.

AQSh va Isroil zarbalari oqibatida Eron Oliy rahbari oyatulloh Ali Xomanaiy halok bo‘ldi. Undan tashqari, Minob shahrida qizlar boshlang‘ich maktabiga berilgan zarba oqibatida 171 nafar bola va 15 nafar o‘qituvchilar halok bo‘ldi.

Eron Isroil hududiga, shuningdek, Yaqin Sharqdagi AQSh harbiy bazalariga javob zarbalari berdi. Bir necha kun davomida BAA, Bahrayn, Ummon, Iroq, Saudiya Arabistoni, Qatar va boshqa qator davlatlardagi AQSh harbiy bazalari zarbaga uchradi.

Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini yopib qo‘ydi va kemalar faqat Eron bilan kelishilgan tartibda undan o‘tishi mumkinligini e’lon qildi. Buning ortidan jahon bozorlarida neft narxi oshishni boshladi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Eron oliy rahbariga suiqasd barcha insoniy axloq normalari va xalqaro huquqni buzish ekanini ta’kidladi. Rossiya va Xitoy 1-mart kuni BMT Xavfsizlik Kengashining favqulodda majlisini chaqirdi.

KengaytirishYig‘ishtirish
Ormuzskiy proliv - vid iz kosmosa - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.03.2026
Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozidan o‘tish shartini ma’lum qildi — OAV
Yangiliklar lentasi
0