Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozidan o‘tish shartini ma’lum qildi — OAV

© NASAOrmuzskiy proliv - vid iz kosmosa
Ormuzskiy proliv - vid iz kosmosa - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.03.2026
Obuna bo‘lish
Neft uchun to‘lov yuanda amalga oshirilsa, Eron cheklangan miqdordagi neft tankerlari uchun Ho‘rmuz bo‘g‘ozini ochishi mumkin.
TOShKENT, 14 mar — Sputnik. Agar olib o‘tilayotgan yuk (neft va gaz) uchun to‘lov yuanda amalga oshirilsa, Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini cheklangan miqdordagi neft tankerlari uchun ochishi mumkin, deb xabar beradi CNN.

"Bu Eronning dunyoning asosiy arteriyasini nazorat qilish bo‘yicha yangi rejasining bir qismidir <...>", - deya yozadi nashr yuqori lavozimli Eron rasmiysiga tayanib.

Payshanba kuni Oliy rahbar Mujtaba Xomeneiy bo‘g‘oz yopiq qolishi kerakligini aytdi: Eron AQSh va Isroil bilan mojarosida undan ta’sir o‘tkazuvchi vosita sifatida foydalanishni niyat qilgan.
"Financial Times" xabariga ko‘ra, Fransiya va Italiya kabi bir qator Yevropa mamlakatlari o‘z kemalarining xavfsiz o‘tishini kafolatlash uchun Tehron bilan muzokaralar olib borishga harakat qilmoqda.
Ma’lumot uchun, dunyo neft bozoridagi jami uglevodorodlarning beshdan bir qismi Xo‘rmuz bo‘g‘ozi orqali o‘tadi. AQSh va Isroilning Eronga hujumi tufayli bo‘g‘oz orqali yuk tashish deyarli to‘xtadi. Bu energiya narxlariga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi. Dushanba kuni Brent markali neft narxi 2022-yil iyun oyidan beri birinchi marta barrel uchun 119 dollardan oshdi, bu +29-31 foizga o‘sishni anglatadi. Benzin narxlari ham o‘sib bormoqda, ayniqsa Yevropa mamlakatlarida: fevral oyi oxiridan beri birja narxlari 100 foizdan oshdi.
AQSh va Isroilning Eronga hujumi

28 fevral kuni AQSh va Isroil Eronga zarba berishni boshladi. Zarbalar Eronning yadroviy dasturi borasida muzokaralar olib borilayotgan vaqtda amalga oshirildi.

AQSh va Isroil zarbalari oqibatida Eron Oliy rahbari oyatulloh Ali Xomanaiy halok bo‘ldi. Undan tashqari, Minob shahrida qizlar boshlang‘ich maktabiga berilgan zarba oqibatida 171 nafar bola va 15 nafar o‘qituvchilar halok bo‘ldi.

Eron Isroil hududiga, shuningdek, Yaqin Sharqdagi AQSh harbiy bazalariga javob zarbalari berdi. Bir necha kun davomida BAA, Bahrayn, Ummon, Iroq, Saudiya Arabistoni, Qatar va boshqa qator davlatlardagi AQSh harbiy bazalari zarbaga uchradi.

Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini yopib qo‘ydi va kemalar faqat Eron bilan kelishilgan tartibda undan o‘tishi mumkinligini e’lon qildi. Buning ortidan jahon bozorlarida neft narxi oshishni boshladi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Eron oliy rahbariga suiqasd barcha insoniy axloq normalari va xalqaro huquqni buzish ekanini ta’kidladi. Rossiya va Xitoy 1-mart kuni BMT Xavfsizlik Kengashining favqulodda majlisini chaqirdi.

KengaytirishYig‘ishtirish
Yangiliklar lentasi
0