Tarixchi urush davrida sovet askarlarining eng mashhur taomi haqida gapirdi

© Sputnik / Olga LanderSoldatskiy obed (arxivnoe foto)
Soldatskiy obed (arxivnoe foto) - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.05.2026
Obuna bo‘lish
Tarixchi Ra’no Tursunova Ulug‘ Vatan urushi davrida askarlar orasida mashhur bo‘lgan “makalovka” taomi qanday tayyorlanganini tushuntirdi.
TOShKENT, 5-may — Sputnik. Ulug‘ Vatan urushi davrida sovet askarlari orasida “makalovka” taomi keng tarqalgan. Bu taom o‘z nomini uni iste’mol qilish usulidan olgan. Bu haqda M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkentdagi filiali professori, tarixchi Ra’no Tursunova ma’lum qildi.
U Toshkentda “Umumiy g‘alaba — kelajakka nazar” mavzusida o‘tayotgan xalqaro davra suhbatida so‘zga chiqdi. “Ma’no” markazi tomonidan tashkil etilgan tadbirda Markaziy Osiyo mamlakatlari va Rossiyadan siyosatshunoslar, tarixchilar hamda oliy o‘quv yurtlari o‘qituvchilari ishtirok etmoqda.
Tursunovaning aytishicha, “makalovka” front sharoitida tayyorlash oson va to‘yimli bo‘lgani uchun ommalashgan.

“Mashhur "makalovka" keng tarqalgan. Bu muzlatilgan go‘shtni mayda to‘g‘rab, qovurilgan piyoz bilan aralashtirib, suv qo‘shib qaynatishdan iborat edi. Askarlar ovqati shunday bo‘lgan. Quyuq qismi qoshiq bilan yeyilgan, yog‘li qismiga esa non botirilgan. Shuning uchun u "makalovka" deb atalgan ("makat" rus tilida "botirmoq" degani - tahr.)”, — dedi Tursunova.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu taomning mashhurligi bir nechta sabab bilan bog‘liq bo‘lgan. “Makalovka”ni tayyorlash oson, u to‘yimli va og‘ir front sharoitida kam mahsulot bilan ovqat tayyorlash imkonini bergan.
Yog‘li sho‘rva askarlarga tez to‘yish va isinishga yordam bergan, non esa issiq taomning to‘laqonli qismiga aylangan.
Tarixchining ta’kidlashicha, dala oshxonasida askarlar sevib iste’mol qilgan taomlar orasida kulesh, borsh, shi, palov, dimlangan kartoshka va go‘shtli grechka ham bo‘lgan. Shu bilan birga, bo‘tqa qizil askarlar ratsionida alohida o‘rin tutgan.
“Albatta, pishirilgan yormaning o‘zi tezda jonga tegardi. Shuning uchun oshpazlar ba’zan oddiy qorag‘at va olcha barglarini qo‘shishgan”, — dedi Tursunova.
Uning ma’lum qilishicha, qizil askarlar va kichik komandirlar tarkibining kunlik ratsioni yil fasliga qarab 800–900 gramm non, 500 gramm kartoshka, 140 gramm yorma, sabzavotlar, o‘simlik yog‘i, tuz hamda 30 gramm yog‘ yoki yog‘ aralashmasidan iborat bo‘lgan.
Tursunova frontda ovqat tayyorlash og‘ir va xavfli sharoitlarda kechganini ham ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, dala oshpazlaridan nafaqat pazandachilik mahorati, balki jasorat va harbiy ko‘nikma ham talab qilingan.
1943 yil 8-iyulda SSSRda “A’lo oshpaz” ko‘krak nishoni ta’sis etilgan. Unda Rossiya chor armiyasi ofitseri Anton Turchanovich tomonidan yaratilgan dala oshxonasi tasvirlangan. Ushbu mukofot bilan 33 mingga yaqin kishi taqdirlangan.
Tarixchining aytishicha, oshpazlar mehnatiga eng yuqori bahoni askarlarning o‘zlari bergan.
“Askarlar oshpaz jang maydonida komandirdan keyingi ikkinchi odam ekanini tan olishgan. Uni imkon qadar asrashgan, himoya qilishgan. Chunki ba’zida o‘qlar ostida ovqat tayyorlashga, ba’zida esa uni to‘g‘ridan-to‘g‘ri jang maydoniga yetkazib berishga to‘g‘ri kelgan”, — deya qo‘shimcha qildi tarixchi.
V Tashkente otkrilas fotovistavka ko Dnyu pamati i pochestey - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.05.2025
Xotira muqaddasdir: Toshkentda urush yillariga bag‘ishlangan fotoko‘rgazma ochildi
Yangiliklar lentasi
0