Xotira muqaddasdir: Toshkentda urush yillariga bag‘ishlangan fotoko‘rgazma ochildi

Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Toshkent muzeyida 9-may – Xotira va Qadrlash kuniga bag‘ishlab ochilgan yangi fotoko‘rgazma urush yillarining og‘ir sinovlari, xalq jasorati va insoniylik timsoliga aylangan tarixiy suratlar orqali o‘tmishga nazar tashlaydi.
8 may kuni O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi filiali – Toshkent muzeyida muhim madaniy voqea bo‘lib o‘tdi. 9-may – Xotira va Qadrlash kuniga bag‘ishlangan “Xotirlash muqaddas burchimizdir” nomli fotoko‘rgazma tantanali tarzda ochildi. Tadbir O‘zbekiston davlat Akademik rus drama teatri va O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi hamkorligida tashkil etildi.

Ko‘rgazmada O‘zbekiston tarixi davlat muzeyining “Arxiv” fondidan olingan, Ikkinchi jahon urushi yillarini aks ettiruvchi 20 dan ortiq noyob fotosuratlar namoyish etildi. Suratlarda 1941–1945 yillardagi jang maydonlari, front ortidagi fidokorona mehnat va o‘zbekistonlik jangchilarning mardonavorlik lavhalari tasvirlangan. Shuningdek, muzey kutubxonasida saqlanayotgan urush mavzusiga oid tarixiy adabiyotlar ham ko‘rgazma mehmonlariga taqdim etildi.

Ushbu tashabbusning asosiy maqsadi – urush yillarida halok bo‘lgan, bedarak ketgan va tirik qolgan fidoyilar xotirasini abadiylashtirish, ularning jasoratini yodga olish hamda yosh avlod qalbida tarixga hurmat, tinchlik va vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlashdir.

Fotoko‘rgazmada shuningdek, urush faxriylariga bag‘ishlangan videoroliklar, tarixiy ma’lumotlar hamda Akademik rus drama teatrining badiiy chiqishlari ham namoyish etildi.

Tarix va madaniyatga befarq bo‘lmagan barcha ushbu fotoko‘rgazmaga tashrif buyurishi mumkin.
Sputnik O‘zbekiston fotomuxbiri ko‘rgazmadan qiziqarli fotolarni taqdim etdi.
© Sputnik / Baxrom Xatamov

Toshkent muzeyi binosi

Toshkent muzeyi binosi - Sputnik O‘zbekiston
1/14

Toshkent muzeyi binosi

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Ko‘rgazma mehmonlari

Ko‘rgazma mehmonlari - Sputnik O‘zbekiston
2/14

Ko‘rgazma mehmonlari

© Sputnik / Baxrom Xatamov

G‘alabaning shukuhli onlari. 1945-yil

G‘alabaning shukuhli onlari. 1945-yil - Sputnik O‘zbekiston
3/14

G‘alabaning shukuhli onlari. 1945-yil

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Harbiy radio aloqachilarining frontdagi faoliyati

Harbiy radio aloqachilarining frontdagi faoliyati - Sputnik O‘zbekiston
4/14

Harbiy radio aloqachilarining frontdagi faoliyati

© Sputnik / Baxrom Xatamov
V Tashkente otkrilas fotovistavka ko Dnyu pamati i pochestey - Sputnik O‘zbekiston
5/14
© Sputnik / Baxrom Xatamov

G‘alabaning shukuhli onlari. 1945-yil

G‘alabaning shukuhli onlari. 1945-yil - Sputnik O‘zbekiston
6/14

G‘alabaning shukuhli onlari. 1945-yil

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Qo‘chqor Turdiyev - Sovet Ittifoqi qahramoni

Qo‘chqor Turdiyev - Sovet Ittifoqi qahramoni - Sputnik O‘zbekiston
7/14

Qo‘chqor Turdiyev - Sovet Ittifoqi qahramoni

© Sputnik / Baxrom Xatamov
V Tashkente otkrilas fotovistavka ko Dnyu pamati i pochestey - Sputnik O‘zbekiston
8/14
© Sputnik / Baxrom Xatamov
V Tashkente otkrilas fotovistavka ko Dnyu pamati i pochestey - Sputnik O‘zbekiston
9/14
© Sputnik / Baxrom Xatamov

Ko‘rgazma mehmoni

Ko‘rgazma mehmoni - Sputnik O‘zbekiston
10/14

Ko‘rgazma mehmoni

© Sputnik / Baxrom Xatamov
V Tashkente otkrilas fotovistavka ko Dnyu pamati i pochestey - Sputnik O‘zbekiston
11/14
© Sputnik / Baxrom Xatamov

Harbiy radio aloqachilarining frontdagi faoliyati

Harbiy radio aloqachilarining frontdagi faoliyati - Sputnik O‘zbekiston
12/14

Harbiy radio aloqachilarining frontdagi faoliyati

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Ilk safarbarlik oldidan partizanlar qasamodi. 1941-yil

Ilk safarbarlik oldidan partizanlar qasamodi. 1941-yil - Sputnik O‘zbekiston
13/14

Ilk safarbarlik oldidan partizanlar qasamodi. 1941-yil

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Staliningrad mudofaasidagi hizmatlari uchun mukofotlangan harbiy askar Xudoyor Bashmanov

Staliningrad mudofaasidagi hizmatlari uchun mukofotlangan harbiy askar Xudoyor Bashmanov - Sputnik O‘zbekiston
14/14

Staliningrad mudofaasidagi hizmatlari uchun mukofotlangan harbiy askar Xudoyor Bashmanov

Yangiliklar lentasi
0