AES narxi mahalliylashtirish orqali kamaytiriladi — O‘zatom

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tish Azim Axmedxadjayev
 Azim Axmedxadjayev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.10.2025
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda quriladigan atom elektr stansiyasining yakuniy narxi hali aniqlanmagan.
TOShKENT, 1 okt — Sputnik. Jizzaxda AES qurilish xarajatlari mahalliylashtirishning yuqori darajasi orqali imkon qadar kamaytiriladi. Bu haqda “O‘zatom” direktori Azim Axmedxadjayev Moskvada bo‘lib o‘tgan Jahon atom haftaligi davomida Spot nashriga ma’lum qildi.
"Qiymat hali aniqlanmagan. Qurilishning ma’lum parametrlari bor. Loyiha yagona maydonda umumiy infratuzilma bilan amalga oshirilayotganligi sababli u imkon qadar optimallashtiriladi. Buning natijasida biz xarajatlarni sezilarli darajada optimallashtirishga (kamaytirishga – tahr.) erishmoqdamiz. Biroq yakuniy xarajatlar mahalliy va xalqaro mutaxassislar hamda O‘zbekistondagi manfaatdor tuzilmalarni jalb qilgan holda, barcha kerakli kalkulyatsiyalardan so‘ng aniqlanadi”, - dedi “O‘zatom” rahbari.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya tomoni O‘zbekistonning AES loyihasi narxini optimallashtirish borasidagi sa’y-harakatlarini tushunadi va buyurtmachi talablariga peshvoz chiqmoqda.
Axmedxadjayevning ta’kidlashicha, “mahalliylashtirishning yuqori darajasiga” erishilgan taqdirda “O‘zatom” loyihaning yakuniy qiymati bilan maqtana oladi.
AES qurilishi bo‘yicha muhim hujjatlar imzolandi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.09.2025
O‘zbekiston va “Rosatom” Jizzaxda katta AES qurish to‘g‘risida kelishuv imzoladi
Yangiliklar lentasi
0