https://oz.sputniknews.uz/20250926/ozbekiston-rosatom-aes-52278066.html
O‘zbekiston va “Rosatom” Jizzaxda katta AES qurish to‘g‘risida kelishuv imzoladi
O‘zbekiston va “Rosatom” Jizzaxda katta AES qurish to‘g‘risida kelishuv imzoladi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonning qoq markazida, Jizzax viloyatida biz misli ko‘rilmagan energetika loyihasini yaratmoqdamiz. Markaziy Osiyoda atom energetikasini rivojlantirishda peshqadam bo‘lib, biz nafaqat mintaqada birinchi stansiyani qurmoqdamiz, balki birinchi bo‘lib kelajakning innovatsion yechimini yaratmoqdamiz,” — deya ta’kidladi "O‘zatom" agentligi direktori Azim Axmedxadjayev.
2025-09-26T15:19+0500
2025-09-26T15:19+0500
2025-09-26T15:24+0500
iqtisod
jamiyat
o‘zbekiston
rossiya
o‘zbekistonda atom elektrostansiyasi qurilishi
atom energetikasi
aes
rosatom
hamkorlik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/09/1a/52277849_0:133:1280:853_1920x0_80_0_0_e5dd12c516681ec7c3ad38030ba5debd.jpg
TOShKENT, 26 sen – Sputnik. O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida mamlakatdagi birinchi atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha ikki strategik muhim hujjat imzolandi. Bu haqda "O‘zatom" agentligi xabar berdi.Uning so‘zlariga ko‘ra, loyiha kichik modulli AES texnologiyasi bilan klassik yirik quvvatli atom stansiyalarining sinovdan o‘tgan yechimlarini dadil birlashtirgan model bo‘lib, butun mintaqa uchun innovatsion va barqaror energetika namunasi bo‘ladi.Avvalroq O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xodjayev Jizzax viloyatida quvvati 2 GVt bo‘lgan katta atom elektr stansiyasi va 110 MVt bo‘lgan kichik atom elektr stansiyasi qurilishi rejalashtirilayotganini ma’lum qilgan edi.Mazkur loyiha doirasida atomchilar shaharchasi ham barpo etiladi. Qurilish va ekspluatatsiya bosqichida jami 14 ming nafargacha mutaxassis, jumladan 1000 nafargacha yuqori malakali kadrlar jalb qilinadi. Bu esa yangi infratuzilma va yashash sharoitlarini shakllantirishni taqozo etadi.
https://oz.sputniknews.uz/20250926/jizzaxda-katta-va-kichik-aeslar-quriladi---xodjaev-52259974.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/09/1a/52277849_40:0:1177:853_1920x0_80_0_0_3a08c818ea649f83c7a0ed15cf012933.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jizzaxda katta aes ma’lumot atom elektr stansiyasi
jizzaxda katta aes ma’lumot atom elektr stansiyasi
O‘zbekiston va “Rosatom” Jizzaxda katta AES qurish to‘g‘risida kelishuv imzoladi
15:19 26.09.2025 (yangilandi: 15:24 26.09.2025) Jizzaxda quriladigan atom stansiyasi uchun texnik konfiguratsiya va yadro yoqilg‘isi bo‘yicha kelishuvlar kuchga kirdi. Endilikda O‘zbekiston energiya mustaqilligi sari jiddiy qadam tashlamoqda.
TOShKENT, 26 sen –
Sputnik. O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida mamlakatdagi birinchi atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha ikki strategik muhim hujjat imzolandi. Bu haqda "O‘zatom" agentligi
xabar berdi.
Birinchi hujjat — “Rosatom Energetika loyihalari” AJ va “AES qurilishi direksiyasi” DK o‘rtasida 2025-yil 20-iyundagi bitimga qo‘shimcha kelishuv bo‘lib, u O‘zbekistonda quriladigan integratsiyalashgan AES loyihasi konfiguratsiyasini belgilab beradi. Loyihaga 3+ avloddagi ikkita yirik VVER-1000 reaktori (har biri 1000 MVt) va ikkita kichik quvvatli RITM-200N reaktori (har biri 55 MVt) kiradi. Ushbu kombinatsiya energetik barqarorlik va tizimdagi moslashuvchanlikni ta’minlashi kutilmoqda.
Ikkinchi hujjat esa yadro yoqilg‘isini yetkazib berish bo‘yicha shartnomalarning asosiy shartlarini belgilovchi kelishuv bo‘lib, RITM-200N va VVER-1000 reaktorlari uchun yoqilg‘i, ehtiyot qismlar, montaj hamda nazorat-uskunalarni yetkazib berish bo‘yicha asosiy tamoyillarni mustahkamlaydi.
“O‘zbekistonning qoq markazida, Jizzax viloyatida biz misli ko‘rilmagan energetika loyihasini yaratmoqdamiz. Markaziy Osiyoda atom energetikasini rivojlantirishda peshqadam bo‘lib, biz nafaqat mintaqada birinchi stansiyani qurmoqdamiz, balki birinchi bo‘lib kelajakning innovatsion yechimini yaratmoqdamiz,” — deya ta’kidladi "O‘zatom" agentligi direktori Azim Axmedxadjayev.
Uning so‘zlariga ko‘ra, loyiha kichik modulli AES texnologiyasi bilan klassik yirik quvvatli atom stansiyalarining sinovdan o‘tgan yechimlarini dadil birlashtirgan model bo‘lib, butun mintaqa uchun innovatsion va barqaror energetika namunasi bo‘ladi.
Avvalroq O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xodjayev Jizzax viloyatida quvvati 2 GVt bo‘lgan katta atom elektr stansiyasi va 110 MVt bo‘lgan kichik atom elektr stansiyasi qurilishi rejalashtirilayotganini
ma’lum qilgan edi.Mazkur loyiha doirasida atomchilar
shaharchasi ham barpo etiladi. Qurilish va ekspluatatsiya bosqichida jami 14 ming nafargacha mutaxassis, jumladan 1000 nafargacha yuqori malakali kadrlar jalb qilinadi. Bu esa yangi infratuzilma va yashash sharoitlarini shakllantirishni taqozo etadi.