Endi Rossiyada ishlamoqchi bo‘lganlarga Jizzaxda ham sertifikat beriladi

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Mediabankka o‘tishVidacha pervix patentov v Yedinom migratsionnom sentre Moskovskoy oblasti
Vidacha pervix patentov v Yedinom migratsionnom sentre Moskovskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.03.2025
Obuna bo‘lish
Tez orada o‘zbekistonliklar Rossiyaga borish uchun Jizzaxda imtihondan o‘tishi mumkin bo‘ladi.
TOShKENT, 16 mar — Sputnik. Qozon Federal universitetining Jizzax filiali Rossiyada ishlovchilar uchun sertifikat berishni yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda Migratsiya agentligi rahbariyatining universitet rektori bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvida ma’lum qilindi.
Qayd etilganidek, vaqtincha ishlash istagini bildirgan mutaxassislar Rossiya qonunchiligi, tarixi va rus tili bo‘yicha imtihonlardan o‘tishi majburiy hisoblanadi.
Rossiyalik ish beruvchilarning talabnomalari: nomzodlar qanday imtihondan o‘tishmoqda?
“Shu bois uchrashuvda imtihonlarni O‘zbekiston hududida, Qozon Federal universitetining Jizzax filialida tashkil qilish masalasi muhokama qilindi. Tomonlar tez orada buni yo‘lga qo‘yishga kelishib olishdi”, — deyiladi xabarda.
Shuningdek, Tatariston Savdo-sanoat palatasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda 30 ga yaqin tadbirkorlar ishtirok etdi.
“Muloqot juda samarali kechdi. Shartnomalar imzolandi. “Apgreyd staff”, “Kazanskiy DSK”, “Passajirskoe avtotransportnoe predpriyatie №2”, “PPT Alabuga”, PAO “KAMAZ”, “Arteks Stroy Proyekt” va “KZTM” kabi qurilish, logistika, avtomobilsozlik, haydovchilik, ishlab chiqarish kabi sohalarga doir 7 ta kelishuv imzolandi va 11 mingta ish o‘rni aniqlandi”, — deya qayd etilgan xabarda.
Chelyabinskdagi korxona o‘zbekistonliklarni ish bilan ta’minlamoqchi
Migrantlar uchun oila va bolalar eng oliy qadriyat — so‘rov xulosasi
Podpisan memorandum o sotrudnichestve mejdu krupnoy ekonomicheskoy zonoy Tatarstana Alabuga i Migratsionnoy slujboy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.03.2025
Tataristonning yirik iqtisodiy zonasi va Migratsiya agentligi o‘rtasida memorandum imzolandi
Yangiliklar lentasi
0