Tataristonning yirik iqtisodiy zonasi va Migratsiya agentligi o‘rtasida memorandum imzolandi

© Agentstvo migratsii pri Kabmine RUzPodpisan memorandum o sotrudnichestve mejdu krupnoy ekonomicheskoy zonoy Tatarstana "Alabuga" i Migratsionnoy slujboy
Podpisan memorandum o sotrudnichestve mejdu krupnoy ekonomicheskoy zonoy Tatarstana Alabuga i Migratsionnoy slujboy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.03.2025
Obuna bo‘lish
Migratsiya agentligi rahbariyati ushbu korxonada vaqtincha mehnat faoliyatini olib borayotgan o‘zbekistonliklar bilan uchrashdi.
TOShKENT, 14 mar — Sputnik. Tataristonning yirik iqtisodiy zonasi "Alabuga" va Migratsiya agentligi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Bu haqda agentlik axborot xizmati xabar berdi.
Migratsiya agentligi rahbariyati ushbu korxonada vaqtincha mehnat faoliyatini olib borayotgan o‘zbekistonliklar bilan uchrashib, ularning yashash, ovqatlanish va mehnat sharoitlarini o‘rgandi. Hozirda jamiyatda 1150 nafar o‘zbekistonlik faoliyat olib bormoqda.
O‘tkazilgan uchrashuvlar natijasida "Alabuga" korxonasi va Migratsiya agentligi o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra, o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun qo‘shimcha 10 ming bo‘sh ish o‘rniga talab olindi. Agentlik tomonidan ushbu yangi ish o‘rinlari borasidagi tanlov haqida e’lon joylashtiriladi.
Migratsiya agentligi rahbariyati "Alabuga" maxsus iqtisodiy zonasida dual ta’lim asosida ham o‘qib, ham ishlayotgan, “Alabuga Start” loyihasi ishtirokchilari bo‘lgan, O‘zbekistondan borgan bir guruh qizlar bilan ham uchrashdi. Ularning yashash va ishlash sharoitlari ko‘zdan kechirildi.
© Agentstvo migratsii pri Kabmine RUz
Podpisan memorandum o sotrudnichestve mejdu krupnoy ekonomicheskoy zonoy Tatarstana Alabuga i Migratsionnoy slujboy - Sputnik O‘zbekiston
1/4
© Agentstvo migratsii pri Kabmine RUz
Podpisan memorandum o sotrudnichestve mejdu krupnoy ekonomicheskoy zonoy Tatarstana Alabuga i Migratsionnoy slujboy - Sputnik O‘zbekiston
2/4
© Agentstvo migratsii pri Kabmine RUz
Rukovodstvo Migratsionnoy slujbi takje vstretilos s gruppoy devushek iz nashey strani, uchastnis proyekta Alabuga Start - Sputnik O‘zbekiston
3/4
© Agentstvo migratsii pri Kabmine RUz
Rukovodstvo Migratsionnoy slujbi takje vstretilos s gruppoy devushek iz nashey strani, uchastnis proyekta Alabuga Start - Sputnik O‘zbekiston
4/4
1/4
2/4
3/4
4/4
“Alabuga Start” - xalqaro dastur bo‘lib, xorijlik yoshlarga Rossiyada ishlab chiqarish va ta’lim olish imkoniyatini taqdim etadi. Dastur asosan 18-22 yoshli ayollarga mo‘ljallangan bo‘lib, ularni “Alabuga” maxsus iqtisodiy zonasida ishga joylashtiradi. Qatnashchilarga yuqori oylik maosh, bepul kasbga o‘qitish va turar joy taklif qilinadi. Dasturda ishtirok etuvchilar keytering, servis, mehmonxona xizmati va ishlab chiqarish sohasida malaka oshirish imkoniga ega bo‘ladi.
Nomzod loyihada qatnashish uchun Migratsiya agentligi va uning hududiy filiallariga uchrashishi yoki o‘zi mustaqil ravishda ishtirok etishi mumkin.
OOO Russkie praniki - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.03.2025
Chelyabinskdagi korxona o‘zbekistonliklarni ish bilan ta’minlamoqchi
Yangiliklar lentasi
0