O‘zbekistonlik bokschi qizlar Serbiyada tarixiy natija ko‘rsatdi
13:40 14.03.2025 (yangilandi: 13:51 14.03.2025)
© NOK UzbekistanaNish-2025: Istoricheskiy rezultat ot nashix devushek

© NOK Uzbekistana
Obuna bo‘lish
To‘rt nafar o‘zbekistonlik bokschi qizlar yarim final yo‘llanmasiga sazovor bo‘ldi.
TOShKENT, 14 mar — Sputnik. Serbiyada o‘tkazilayotgan boks bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi jahon chempionatida 4 nafar o‘zbekistonlik bokschi qizlar yarim final yo‘llanmasiga sazovor bo‘ldi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
© NOK UzbekistanaNish-2025: Istoricheskiy rezultat ot nashix devushek

Nish-2025: Istoricheskiy rezultat ot nashix devushek
© NOK Uzbekistana
“Bu bosqichga yetib kelgan har bir ishtirokchi o‘zi uchun kamida bronza medalini naqd qiladi. O‘zbekistonlik bokschi qizlar hali hech bir dunyo birinchiligida 4 ta medal qo‘lga kiritmaganini inobatga olsak, bu jamoamiz uchun tarixiy chempionatga aylanmoqda”, - deyiladi xabarda.
© NOK UzbekistanaNish-2025: Istoricheskiy rezultat ot nashix devushek

Nish-2025: Istoricheskiy rezultat ot nashix devushek
© NOK Uzbekistana
Ortda qolgan chorak final bahslari:
-50 kg: Sabina Boboqulova - Zlatislava Chukanova (Bolgariya) 5:2
-60 kg: Sitora Turdibekova - Viktoriya Grafeyeva (Qozog‘iston) 0:5
-66 kg: Navbahor Hamidova - Muniya Tutire (Marokash) 5:0
-81 kg: Sohiba Ro‘zmetova - Busra Isildar (Turkiya) 0:5
-48 kg: Farzona Fozilova - Anaxanim Ismailova (Ozarbayjon) 5:0
-52 kg: Feruza Kazakova - Imane El A’zami (Marokash) 5:0
-57 kg: Nigina O‘ktamova - Andela Brankovich (Serbiya) 0:5
-75 kg: Aziza Zokirova - Aofe Orurki (Irlandiya) 1:4.
Bugun yarim final bosqichida ringga ko‘tariladigan o‘zbekistonlik bokschi qizlar va ularning raqiblari:
-48 kg: Farzona Fozilova - Yuliya Chumgalakova (Rossiya)
-50 kg: Sabina Boboqulova - Xu Meiyi (Xitoy)
-52 kg: Feruza Kazakova - Pang Chol Mi (KXDR)
-66 kg: Navbahor Hamidova - Albina Moldajanova (Rossiya).