Tailanddagi musobaqalarda o‘zbekistonlik sportchi oltin va kumush medallarini qo‘lga kiritdi

© NOK UzbekistanaAnvar Klevleyev podnyalsya na pyedestal mejdunarodnix turnirov v Tailande
Anvar Klevleyev podnyalsya na pyedestal mejdunarodnix turnirov v Tailande - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.03.2025
Obuna bo‘lish
Anvar Klevleyev “Sea Open” musobaqasida kumush, “Thailand open” turnirida esa oltin medal sohibiga aylandi.
TOShKENT, 11 mar — Sputnik. Tailandda o‘tkazilayotgan slalomda eshkak eshish bo‘yicha xalqaro musobaqalarda o‘zbekistonlik Anvar Klevleyev oltin va kumush medallariga sazovor bo‘ldi, deb yozmoqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.
Tailandning Pattaya shahrida slalomda eshkak eshish bo‘yicha xalqaro musobaqalar bo‘lib o‘tmoqda. Ularda O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Anvar Klevleyev oltin va kumush medallarini qo‘lga kiritdi.
“U dastlab “Sea Open” musobaqasida kumush, so‘ngra “Thailand open” turnirida oltin medal sohibiga aylandi”, — deyiladi xabarda.
Endi sportchilar 12-martgacha tashkil etiladigan U18 va U23 yosh toifalaridagi qit’a birinchiliklarida ishtirok etishadi.
Akademicheskie grebsi Uzbekistana zanyali vtoroe mesto na chempionate Azii 
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.10.2024
O‘zbekistonlik akademik eshkak eshuvchilar Osiyo chempionatida ikkinchi bo‘lishdi
Yangiliklar lentasi
0