O‘zbekiston Qozonda bo‘lib o‘tadigan birinchi BRIKS adabiy forumida ishtirok etadi

© Sputnik / Anton Denisov / Mediabankka o‘tishIII Mejdunarodniy festival teatralnix shkol stran BRIKS
III Mejdunarodniy festival teatralnix shkol stran BRIKS - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.08.2024
Obuna bo‘lish
BRIKS adabiy forumi 11-13 sentabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
TOShKENT, 27 avg — Sputnik. O‘zbekiston Qozonda bo‘lib o‘tadigan birinchi BRIKS adabiy forumida ishtirok etadi, deya xabar berdi Tatariston poytaxti meriyasi.
BRIKS mamlakatlari birinchi adabiy forumi “Jahon adabiyoti yangi voqelikda. An’analar, milliy qadriyatlar va madaniyatlar muloqoti” 11-13 sentabr kunlari Qozon shahrida bo‘lib o‘tadi.

“Shaharga Xitoy, Braziliya, Hindiston, BAA, O‘zbekiston va Erondan mutaxassislar va taniqli yozuvchi, shoir va adabiyotshunos olimlar keladi", — deyiladi xabarda.

Forum dasturidan ijodiy uchrashuvlar, “Yulduzli chipta” mukofoti taqdimoti va musiqiy chiqishlar mavjud.
Qozon shahar meriyasida 11-sentabr kuni forum ishtirokchilari bilan yalpi majlis bo‘lib o‘tadi. Maydonda kitob sanoatining zamonaviy rivojlanishi, adabiy yo‘nalishlar va dunyo xalqlari an’analari bilan bog‘liqlik haqida fikr almashiladi.
Milliy kutubxonada forum ishtirokchi davlatlarining kitob ko‘rgazmasi ochiladi. Tashrifchilar Xitoy va Hindiston yozuvchilari bilan ijodiy uchrashuvlar hamda bastakor Anna Korolova va ishtirokchi mamlakatlar shoirlari ishtirokidagi sessiyadan bahramand bo‘lishadi.
Forum doirasida tadbirlarning bir qismi Vasiliy Aksonov xotirasiga bag‘ishlanadi - ishtirokchilar Qozon uy-muzeyi va yozuvchi merosi bilan tanishishidi.
YeOII BRIKS mamlakatlari bilan tizimli muloqotni rivojlantiradi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.08.2024
O‘zbekiston va YeOII
YeOII BRIKS mamlakatlari bilan tizimli muloqotni rivojlantiradi
Yangiliklar lentasi
0