https://oz.sputniknews.uz/20240821/eoii-briks-mamlakatlar-muloqot-45302555.html
YeOII BRIKS mamlakatlari bilan tizimli muloqotni rivojlantiradi
YeOII BRIKS mamlakatlari bilan tizimli muloqotni rivojlantiradi
Sputnik O‘zbekiston
“YeOII-BRIKS” munozara formatini sanoatni rivojlantirishning dolzarb masalalarini muhokama qilish uchun yillik platformaga aylantirish taklif etildi. 21.08.2024, Sputnik O‘zbekiston
2024-08-21T14:30+0500
2024-08-21T14:30+0500
2024-08-21T14:30+0500
o‘zbekiston va yeoii
yeoii
briks (brics)
yeik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/08/15/45300893_0:63:1200:738_1920x0_80_0_0_c43d22b9d17132090e5e070c0c4d2b4e.jpg.webp
TOShKENT, 21 avg — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) BRIKS mamlakatlari bilan tizimli muloqotni rivojlantiradi. Bu haqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) sanoat va agrosanoat majmui vaziri Goar Barsegan ma’lum qildi, deb yozmoqda YeIK matbuot xizmati. U hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari sifatida YeOII mamlakatlari ishlab chiqarish majmualarini yaratish va modernizatsiya qilish uchun investitsiyalarni jalb qilish, ilg‘or texnologiyalar transferi tizimini shakllantirish, shu jumladan YeOII va BRIKS uchun umumiy raqamli xizmatni yaratishni qayd etdi. Shuningdek, u ilmiy-texnikaviy va innovatsion sohalarda o‘zaro manfaatli ko‘p tomonlama hamkorlik mexanizmlarini ishlab chiqish muhimligini ta’kidladi. YeIK vaziri “YeOII-BRIKS” munozara formatini sanoatni rivojlantirishning dolzarb masalalarini muhokama qilish uchun yillik platformaga aylantirishni taklif qildi. Barsegan BRIKS vakillari bilan faol hamkorlik mamlakatlarning sanoat o‘sishi va farovonligiga yo‘naltirilgan integratsiya jarayonlarini rivojlantirishda muhim amaliy natijalarga erishish imkonini berishiga ishonch bildirdi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/08/15/45300893_67:0:1134:800_1920x0_80_0_0_0aebcab72c254d6c23d716f95149bd00.jpg.webpSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
yeoii, briks (brics), yeik
yeoii, briks (brics), yeik
YeOII BRIKS mamlakatlari bilan tizimli muloqotni rivojlantiradi
“YeOII-BRIKS” munozara formatini sanoatni rivojlantirishning dolzarb masalalarini muhokama qilish uchun yillik platformaga aylantirish taklif etildi.
TOShKENT, 21 avg — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) BRIKS mamlakatlari bilan tizimli muloqotni rivojlantiradi. Bu haqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) sanoat va agrosanoat majmui vaziri Goar Barsegan ma’lum qildi, deb yozmoqda YeIK
matbuot xizmati. “Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqini yanada rivojlantirishning ustuvor vazifasi uning xalqaro maydonda iqtisodiy joziba qutbi sifatida mavqeyini egallashdir. Bu borada BRIKS mamlakatlari bilan real sektorda hamkorlikni chuqurlashtirish biz uchun juda muhim”, – dedi Barsegan Nijniy Novgorodda bo‘lib o‘tgan BRIKS sanoat vazirlari yig‘ilishida.
U hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari sifatida YeOII mamlakatlari ishlab chiqarish majmualarini yaratish va modernizatsiya qilish uchun investitsiyalarni jalb qilish, ilg‘or texnologiyalar transferi tizimini shakllantirish, shu jumladan YeOII va BRIKS uchun umumiy raqamli xizmatni yaratishni qayd etdi.
Shuningdek, u ilmiy-texnikaviy va innovatsion sohalarda o‘zaro manfaatli ko‘p tomonlama hamkorlik mexanizmlarini ishlab chiqish muhimligini ta’kidladi.
YeIK vaziri “YeOII-BRIKS” munozara formatini sanoatni rivojlantirishning dolzarb masalalarini muhokama qilish uchun yillik platformaga aylantirishni taklif qildi.
Barsegan BRIKS vakillari bilan faol hamkorlik mamlakatlarning sanoat o‘sishi va farovonligiga yo‘naltirilgan integratsiya jarayonlarini rivojlantirishda muhim amaliy natijalarga erishish imkonini berishiga ishonch bildirdi.