Rossiyaga qarshi ekoterrorchilarni tayyorlashapti

© AFP / HENRIK MONTGOMERYPolitsiya zaderjivayet uchastnikov ekologicheskoy aksii protesta v Stokgolme, Shvetsiya
Politsiya zaderjivayet uchastnikov ekologicheskoy aksii protesta v Stokgolme, Shvetsiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.10.2021
Obuna bo‘lish
Amerikaning eng nufuzli OAVlari o‘z nomi u qanaqaligini aytib turuvchi “Quvurlarni qanday portlatsa bo‘ladi” kitobi va uning muallifi Andreas Malmni qo‘qqisdan piar qilishga kirishishdi.
TOShKENT, 18 okt – Sputnik. U o‘ziga xos personaj. Uning tug‘ilgan kuni aniq ma’lum emas – hozir u 43 va 46 yoshlar atrofida. Malm – Shvetsiya sotsialistik partiyasi faxriysi, Lund universiteti dotsenti hamda dunyo inqilobiga va “eko-leninizm 2.0” qurishga dav’at etuvchi ekolog-ekstremist.
Albatta, hamma narsani qanday portlatib yuborish, tortib va bo‘lish olish mumkinligi haqida kitobchalar yozuvchi bunday ziyoli soqollilar Yevropada to‘lib toshib yotibdi. Odatda ular qandaydir olisdagi oliygohlarda bema’ni hayot kechirishadi. Biroq massmedia aynan Malmani xuddi u Benedikt Kambertetchdek superulduz qiladi.
Malm ekologiya uchun kurashishini o‘rtoqlari bilan birgalikda Stokgolmning badavlat tumanlariga kelib, qimmatbaho jiplarning shinalarini teshishdan boshlagan. Malm “New Yorker” intellektual jurnaliga bergan intervyusida qo‘poruvchilik texnikasini batafsil bayon qilib beradi. Ma’lum bo‘lishicha, bu shunchaki oddiy ish emas ekan, o‘ziga yarasha nozik tomonlariga ega ekan.
Miting s uchastiyem ekoaktivistki Greti Tunberg v SShA - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.08.2021
Greta Tunberg endi kerakmas, undan voz kechishdi
2000 yil boshida “ekologlar” Shvetsiyada bir necha ming jiplarga shikast yetkazishdi. O‘shandan buyon bu ommaviy moda tusiga kirdi. Toza havo uchun kurashuvchi bezorilar muntazam Londondan tortib Los-Anjelesgacha badavlat mahallalardagi qimmatbaho jiplar shinasini teshib, tirnab ketishmoqda.
Shvetsiyalik o‘rtoqlarning ehtiyotkorligiga baho bering. Malm doimo Lenindan iqtibos keltirishi va qandaydir abstrakt “superboyvachchalarni” bo‘ralab so‘kishiga qaramasdan, uning miyasiga haqiqiy shved oligarxlarining yaxtalariga yoki xususiy samolyotlariga chang solish kelmadi. Siyosiy his-tuyg‘u unga qo‘riqchilar shunchalik do‘pposlashi va uni hatto tuqqan onasi taniyolmasligini shipshitib qo‘ygan. Huquqshunoslar esa qamoqda chiritishadi. Ekologiya haqida o‘ylashga fursat ham bo‘lmaydi.
Yo‘q, o‘rtoqlar anglagan holda aynan hech kim tomonidan qo‘riqlanmaydigan o‘rta toifadagi shvedlarning avtomobillariga e’tiborlarini qaratishgan. Ular jiplar ko‘p yoqilg‘i sarflashi va tabiatga zarar yetkazishini bahona qilib olishgan. Shunii qiziqki, Malm va uning o‘rtoqlariga qarshi birorta ham jinoiy ish ochilmagan. Shvedlar qimmatbaho mashina olmay qo‘yishdi. Ular birdaniga modadan qoldi.
Pitomnik prutnyaka radom s xurulom v Arshani - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.06.2021
Rossiya olimlari tajribasi yerlarning dashtu biyobonga aylanishini to‘xtatishda yordam beradi
“Aynan shu payt Al Gor bizga qiziqish bildirib qoldi”, - deya hikoya qiladi “ekolog”. Qiziqish bildirmay qayoqqa ham borardi. Azaliy amerikalik siyosatchi va omadli investor turli yashil tashabbuslar ustidan yuz million dollarlab ishlab olgan. Malm Shvetsiyada bezorilik qilib yurgan paytda Nobel mukofoti sovrindori va ko‘zga ko‘ringan ekologiya kurashchisi Al Gor do‘sti Genrik Fiskarning qimmatbaho elektromobil ishlab chiqaruvchi firmasi uchun kredit izlayotgandi.
Bu yerda esa hammasi juda bir-biriga mos kelib qoldi: parketniklarga qarshi kampaniya, matbuotdagi shov-shuv. Omma ekologik bo‘lmagan jiplar o‘rniga elektrokarlarga sarmoya kiritishga qiziqib qoldi. Kredit bir zumda topildi. Yana qancha deng: yarim milliard dollardan ko‘proq. Keyin, rosti, elektrokarlarning omadi yurishmadi. “Fisker” bankrotlik yoqasiga kelib qoldi, lekin tolmas Gor yangi bizneslar bilan shug‘ullanib ketdi.
O‘shandan buyon Malm elita o‘quvchilar bilan ta’minlandi. Uning kitoblari esa turli tillarga tarjima qilinib, xayrixohlik taqrizlarga ega bo‘la boshladi.
“Qo‘zg‘olondagi sustkashlik o‘limga teng”, - Malm Lenin iqtibosini har doim takrorlab keladi. U koronavirus Birinchi jahon urushiga o‘xshaydi deb hisoblaydi. Bugungi kunda haqiqiy ekojangchilarning vazifasi – pandemiyani siyosiy inqirozga o‘tkazish. Bu yerda, ma’lumki, namoyishlar va plakatlar kamlik qiladi. Iqlim sammitlari, bayonnomalar, norozilik namoyishlari, hatto Greta Tunberg - bari ish bermayapti. “Dunyo olov ichida”. Unga zudlik bilan inqilobiy kuch ishlatish kerak.
Ugol - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.10.2021
Rossiya yoqilg‘isi Yevropaga nega bunchalik qimmatga tushmoqda
Kuch ishlatish choralaridan Malm gaz va neft korporatsiya top-menejerlarini garovga olishni taklif qilmoqda. Yakun tariqasida neft va gaz quvurlarini portlatish. Bularning bari ekolog-anarxist bayonida “ziyoli sabotaj” deb ataladi.
“Lekin kechirasizu, - deya fikr bildiradi “New Yorker” jurnalisti, - gaz quvuridagi har qanday avariya gaz narxining ko‘tarilishiga olib keladiku, demak elektr energiyasi narxi ham oshadi. Bu avvalo qashshoq kishilarga zarba bo‘ladt...”
- Ha, shunday, - deb ko‘zlarini pirpiratmasdan javob beradi Malm. – Odamlarning biro uzoqlashini xavfi bor... Iqtisod uchun ham xafv bor... Lekin sabojash akti iqlim o‘zgarishi vaqtiga to‘g‘ri kelsa, unda bizning yaxshigiga imkoniyatimiz bor. Odamlar hammasini tushunadi va biz xalqning ko‘magiga ega bo‘lamiz”.
Demak, zamonaviy ekojangchilar bolsheviklarcha kun tartibini aynanligini aksincha qiligan. Lenin va uning vorislariga qanday munosabatda bo‘lishmasin, biroq ular davrida Rossiyadagi millionlab nochor odamlar turmushi haqiqatdan ancha yaxshilandi. Ular ta’lim olishdi, tibbiyotdan foydalanishdi, munosib maosh olishdi, o‘sha davrdagi misli ko‘rilmagan ijtimoiy huquqiga ega bo‘lishdi.
Yevropaliklarning nevaralari yaxshi yashashi uchun ularning o‘zlariga juda yomon kun kechirish taklif qilinmoqda. Hozirning o‘zida, kechiktirmasdan. Bu qanday ro‘y beradi, bugungi kundagi energetika inqirozi misolida bu yaqqol namoyon. Malm o‘rtoqlari bilan bo‘lib o‘tayotgan voqealarni ma’qullashmoqda. U “yomon” gaz narxi kaltafahm yevropaliklar uni sotib olishni bas qilishlari va yashil energiyasga o‘tishlari uchun ataylab ko‘tarilmoqda deb hisoblaydi.
Energetika inqirozi amerikalik kompaniyalarga Britaniya bozoriga kirishga va u yerdan mahalliy kompaniyalarni siqib chiqarish imkonini berdi. Odatlanib qolgan ekojangchilarining norozilik namoyishlari va janjalli bayonotlari bu zerikarli tarzaksiyalardan diqqatni chalg‘ituvchi ajoyib harakat bo‘ldi. Buning natijasida amerikalik firmalarning hisoblariga ingliz pullari yog‘ildi.
Beliy dom. Vashington - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.04.2021
AQSh iqlim bo‘yicha sammitni chaqirmoqda - taklif etilgan davlatlar "labbay" deb javob berdi
Albatta, bularning barini tuzatsa bo‘ladi. Angliyani Amerika kapitalidan qutqarib bo‘lmaydi endi, lekin kontetinental Yevropa “Shimoliy oqim – 2” orqali gazni o‘ziga ulab olgan bo‘lishi mumkin edi. Ehtimol, bunday holatga ham ekodiversantlarning jangovar guruhi hozirlanmoqda.
Aytgancha, “ekoterrorchi” – bu umuman haqorat emas. Bob Xanter Greenpeace bo‘yicha o‘z safdoshlarini shunday deb atagandi. U yana o‘z hamkasblarini ekofashistlar deb ham atagan. Qiziq, nima sababdan?
Rossiya kompaniyalari allaqachon ekojangchilarning xavfli qo‘poruvchilik holatlariga duch kelishgan. Eng shov-shuvli ish Greenpeace tomonidan tashkil etilgan “Prirazlomnaya” burg‘ulash platformasini egallab olishga urinish bo‘lgan. Hozir, ko‘rib turibmizki, jangchilarning yangi avlodi o‘sgan. Ular “sayyorani qutqarish” uchun ham tabiat, ham olamlar hayotini xavf ostiga qo‘yishga tayyorlar.
FQB allaqachon Greenpeace, PETAning ko‘plab vakillari, turli zoohimoyachilar va ekojangchilarni xavfli terrorchilar ro‘yxatiga kiritib bo‘lgan. shtatlar ekodiversantlarni faol ko‘paytirib oziqlantirib kelmoqda, ammo ular o‘zga hududda ishlarini qattiq nazorat qilishmoqda – Amerika manfaatlaridagi ishlar uchun, albatta.
Yangiliklar lentasi
0