Rossiya olimlari tajribasi yerlarning dashtu biyobonga aylanishini to‘xtatishda yordam beradi

© Iz lichnogo arxiva Valeriya EviyevaPitomnik prutnyaka radom s xurulom v Arshani
Pitomnik prutnyaka radom s xurulom v Arshani - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.06.2021
Obuna bo‘lish
Qalmiq davlat universiteti olimlarining ko‘p yillik loyihasi hosildorligi buzilgan yerlarni qayta tiklashga imkon beradi.
TOShKENT, 23-iyun — Sputnik. B.B. Gorodovikov nomidagi Qalmiq davlat universiteti (QDU) olimlari maxsus urug‘ ekuvchi (seyalka) va cho‘lu biyobonga aylanishga qarshi kurashishda yordam berishga qodir o‘simliklarga ishlov berish uchun texnologiyalarni yaratishdi. Ularning so‘zlariga ko‘ra, universitetning ko‘p yillik loyihasi hosildorligi buzilgan yerlarni qayta tiklashga imkon beradi ularda mahsulotning jiddiy o‘sishini ta’minlaydi. Bu haqda oliygoh matbuot xizmati xabar qildi.
Yer sharining ko‘plab hududlarida iqlim va xo‘jaliklarni oqilona yuritmaslik yem-xashak zaminlarining zavol topishi va quruq yerlarda o‘simliklar xilma-xilligining kamayishiga olib keladi, deya ma’lum qilishdi QDU olimlari. Natijada yaylovlar va shudgorlarning unumdorligi keskin pasayadi hamda ochiq ko‘chma qumlar shakllanadi, qum bo‘ronlari ro‘y beradi.
Yem-xashak o‘simliklari urug‘larining yetishmasligi buzilgan tuproqni keng ko‘lamda yaxshilashni ortga tortayotgan asosiy muammolardan biridir. Tayyorlashning asosiy manbai bo‘lgan ularning yovvoyi tarzda o‘suvchi turlari standart sifatdagi urug‘larning kerakli hajmini ta’minlash holatida emas. Bu muammoni hal qilishga QDU agromuhandislarining yangi keng ko‘lamdagi loyihasi mo‘ljallangan.
© Iz lichnogo arxiva Valeriya EviyevaKolleksionniy pitomnik prutnyaka na opitnom pole KalmGU
Kolleksionniy pitomnik prutnyaka na opitnom pole KalmGU - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.06.2021
Kolleksionniy pitomnik prutnyaka na opitnom pole KalmGU
“Sahro paydo bo‘lishi va tuproqning buzilishi juda tez ro‘y beradi, shu bois quruq yem-xashak o‘simliklari urug‘chilik sanoatini tizimni ishlab chiqish va joriy etish – kechiktirib bo‘lmaydigan vazifa. Qiyinchilikdan chiqishga maxsus ekishlar va tabiiy o‘simlik muhitini yaxshilash yordam beradi, jumladan, o‘t va yangi daraxtzorlarni o‘tqazish hisobiga”, - deydi agromuhandislik kafedrasi professori, QDU muhandis-texnologiya fakulteti dekani Valeriy Eviyev.
QDU mutaxassislari tajribasi ko‘plab mamlakatlar agromuhandislari uchun foydali bo‘ladi, Olimlarning ular orasida Qozog‘iston, Turkmaniston, O‘zbekiston, Mo‘g‘uliston va boshqa mamlakatlar borligiga ishonchi komil. Universitet huzurida yem-xashak o‘simliklari urug‘chiligi markazi ochilgan. Ular tuproq sifatini yaxshilaydi. Shu bilan bir qatorda agroxo‘jalik sanoati uchun moslashgan yangi navlarni chiqarish ustida ish olib borilmoqda.
QDU olimlari hisob-kitoblariga ko‘ra, loyihani amalga oshirish pichan olishni har bir tiklangan yaylov gektaridan 2 tonnaga yetkazishga imkon beradi. Go‘shtning umumiy ko‘payishini mavsumiga 5 000 gektardan 650 tonnaga yetkazish mumkin bo‘ladi.
Shuningdek, QDU olimlari kichik gabaritli texnikadan foydalangan holda yem-xashak o‘simliklarini ekish mashinalarini yaratishmoqda. Ular ekish vaqtida tuproq va ekinga jiddiy zarar yetkazishning oldini olishga xizmat qilishadi.
© Iz lichnogo arxiva Valeriya EviyevaZimniy posev prutnyaka modernizirovannoy seyalkoy
Zimniy posev prutnyaka modernizirovannoy seyalkoy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.06.2021
Zimniy posev prutnyaka modernizirovannoy seyalkoy
Qolaversa, universitetda prutnyak, kamforosma va teresken kabi o‘simliklar uchun maxsus seyalka ishlangan. U Rossiya patenti bilan himoyalangan. Olimlarning so‘zlariga ko‘ra, tuprog‘i buzilgan 10 ming gektar yaylovni yaxshilash uchun prutnyak urug‘iga bo‘lgan talab yiliga taxminan 100 tonnani tashkil etadi. Yaratilgan seyalka urug‘larni bir tekisda va sifatli taqsimlash imkonini beradi. Bu ularning behuda sarflanishining oldini oladi.
Universitet mutaxassislari tomonidan topilgan yechimlar, ularning so‘zlariga ko‘ra, ular ishlab chiqayotgan universial quruq yem-xashak o‘simliklari urug‘larini ishlab chiqish sanoat texnologiyasining zamini bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0